185
tashkil etish, O‘zbekistonning transmilliy korporatsiyalarini shakllantirish
uchun maqsadga muvofiq va ob’yektiv zarurat hisoblanadi.
Bundan tashqari Markaziy Osiyo integratsiyasi va MDH doirasida
ham o‘ziga xos xalqaro qo‘shma konsernlarni tashkil etish mumkin.
Bunday kompaniyalarning tashkil topishi, hamkor mamlakatlarning sanoat
ishlab chiqarishi sohasidagi xo‘jalik subyektlari orasida tarixiy
murakkab
kooperatsiya aloqalarining qo‘llab-quvvatlanishiga, Markaziy Osiyo va
MDH mamlakatlari o‘rtasidagi integratsiya jarayonlarining tezlashishi va
rivojlanishiga olib keladi.
Amaliyot shuni ko‘rsatadiki, sanoati
rivojlangan mamlakatlar,
shuningdek,
“yangi
industrial
mamlakatlar”ning
transmilliy
korporatsiyalari ular iqtisodiyotining asosi bo‘lib xizmat qiladi. Masalan,
AQSh transmilliy korporatsiyalari mamlakat tashqi iqtisodiy aloqalarida
muhim rol o‘ynaydi va tashqi savdo aylanmasining 2/3 qismi ular
hissasiga to‘g‘ri keladi.
Bizning sharoitimizda ham ular moliyaviy va sanoat sarmoyalarining
organik hamkorligini ta’minlovchi xo‘jalik subyektlari
faoliyatini tashkil
etishning nisbatan samarali shakli bo‘la olishi mumkin. Moliya-sanoat
guruhlari, ularni davlat tomonidan maqsadli qo‘llab-quvvatlash sharoitida
O‘zbekiston iqtisodiyoti uchun ilg‘or o‘zgarishlarni vujudga keltiruvchi
iqtisodiy o‘sishning eksportga mo‘ljallangan obyekti bo‘lib xizmat qilishi
lozim.
TMKni
shakllantirish, o‘z navbatida texnologik innovatsiya
jarayonlarining tezlashuviga ham olib keladi. Bu esa O‘zbekistonda texnik
taraqqiyotning ichki omillari uchun juda katta imkoniyatlar yaratadi.
Shuningdek, TMKlar mamlakatimizdagi mavjud bandlik muammolarini
bartaraf etishda ham muhim rol o‘ynaydi.