Menejerning uch toifadagi shaxs talablarini hisobga olish




Download 3,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet74/148
Sana16.09.2024
Hajmi3,95 Mb.
#271354
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   148
Bog'liq
150 Xalqaro menejment. Darslik. T 2018

6.3. Menejerning uch toifadagi shaxs talablarini hisobga olish 
zarurati 
 
Xaridorlar, ma’muriy organlar, bo‘ysunuvchilar talablariga yuqori 
e’tibor bilan qarash va to‘g‘ri, adolatli va qonuniy bo‘lganda imkoniyat 
boricha ularni bajarish zarur. Bunda qabul qiluvchi mamlakatlarda


149 
global menejer qaror qabul qilishdan oldin quyidagi savollarga 
javoblarni tahlil qilib, muammoni aniqlab olishi kerak:
Talab mazmuni nimada? 
Kim so‘rayapti? 
Uni bu talabga nima undadi? 
Talab bajarilganda kimga zarar yetishi mumkin? 
Qanday qarorni kutishmoqda? 
Ushbu qaror bo‘yicha qanday fikrlar va qarshiliklar mavjud? 
Ushbu qaror qanchalik tezkor bo‘lishi zarur? 
Uni qanchalik tez bajarish kerak? 
U nima beradi? 
Bunda qo‘yilayotgan talablardan qat’iy nazar quyidagilarni yashirish
odobsizlikdir:

aksiyadorlardan – aksiyadorlik jamiyatining qo‘shilishi yoki qo‘shib 
olinishining haqiqiy sabablarini; 

bo‘shatilayotgan xodimlardan – shtatning qisqartirilishi
sabablarini. 
Oxirgi holatda, masalan, firmani qayta tashkil etishning istiqbolli
rejasiga muvofiq shtatni qisqartirish zaruratini ishonchli tushuntirish 
axloqiydir. 
Ko‘rsatilgan uch toifa shaxslar talablari bo‘yicha qaror qabul 
qilinayotgan har qanday vaziyatda xalqaro menejer kompaniyaning 
ijtimoiy mas’uliyatidan kelib chiqishi kerak. U esa bir tomondan xo‘jalik 
samarasiga erishishga, boshqa tomondan esa qabul qiluvchi mamlakatda 
kompaniya uchun qulay ijtimoiy fikrni yaratish zaruratiga asoslanadi. 
Qabul qiluvchi mamlakatda xorijiy kompaniya faoliyati bilan bog‘liq 
shaxslarning barcha toifalari uchun menejer tomonidan qabul qilingan 
biznes samaradorligi me’yorlariga mos keluvchi qaror tushunarlidir. 
Biznes samaradorligining me’yorlari esa quyidagi asosiy omillar bilan 
aniqlanadi: 

mavjud resurslardan maksimal foydalanish; 

har bir kishining o‘z ishi uchun ma’suliyati; 

bilimdonligi; 

erkin bozor axborotini o‘z vaqtida qo‘llash.

Download 3,95 Mb.
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   148




Download 3,95 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Menejerning uch toifadagi shaxs talablarini hisobga olish

Download 3,95 Mb.
Pdf ko'rish