Rivojlantirishning ilmiy asoslari va muammolari ilmiy tadqiqot markazi xalqaro menejment




Download 3,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet71/148
Sana16.09.2024
Hajmi3,95 Mb.
#271354
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   148
Bog'liq
150 Xalqaro menejment. Darslik. T 2018

 
Xulosalar 
Milliy xususiyatlar, ya’ni madaniyat, psixologiya, temperament, 
an’analar ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni tushunish va hal qilish hamda 
korxonalarning samarali faoliyati uchun zarur tashkiliy sharoitlarni 
yaratish usuli sifatidagi menejment uslubiga ta’sir ko‘rsatadi. 
Global menejment bo‘yicha mutaxassislar tashqi iqtisodiy bitimning 
qabul qiluvchi mamlakatda xalqaro menejer faoliyatining dastlabki 
davrida qiyinchiliklar tug‘dirishi mumkin bo‘lgan yettita asosiy elementini 
ajratadilar: 1) yangi xorijiy sheriklar bilan muzokaralar muhiti; 2) qabul 
qiluvchi mamlakatning madaniy va tarixiy xususiyatlari; 3) qabul qiluvchi 
mamlakat mafkurasi; 4) byurokratik an’analar; 5) qabul qiluvchi 


142 
mamlakat qonunchiligi; 6) pul tizimlaridagi farqlar; 7) qabul qiluvchi 
mamlakatda siyosiy va iqtisodiy barqarorsizlik. 
G‘arbiy menejment uslubi xususiyatlariga firma va biznes alohida 
yo‘nalishlari rahbarlarining yuqori individual mas’uliyati va o‘ziga 
ishonchi kiradi.
Yevropa mamlakatlari orasida menejment uslublarida jiddiy 
tafovutlar kuzatiladi. 
Osiyo boshqaruv uslubiga quyidagilar xos: “yumshoq” tuzilmalarga 
urg‘u berish, menejerlarning yuqori ta’lim darajasiga, kompaniya strategik 
rejalari muvaffaqiyatiga ishonish va sheriklarning bir-biriga ishonchi, 
firma umumiy maqsadiga hissa qo‘shish hissiyoti. 
 
Tayanch iboralar 
Menejment uslubi, g‘arbiy menejment uslubi, sharqiy menejment 
uslubi “Sifat to‘garaklari”, “Sogo shosha” (Sogo Shosha), “aniq 
muddatda” (Just in time) shartlarida yetkazib berish. 
 
Nazorat savollari 
1.
Qabul qiluvchi mamlakatda xalqaro menejer faoliyatining dastlabki 
davrida qiyinchiliklar tug‘dirishi mumkin bo‘lgan tashqi iqtisodiy 
bitimning asosiy elementlarini aytib bering. 
2.
Menejment uslubi deganda nimani tushunasiz? 
3.
G‘arbiy menejment uslubini ta’riflang. 
4.
Osiyo menejment uslubini ta’riflang. 
5.
Sanoat korxonalariga “Sogo shosha” qanday imkoniyat beradi?
6.
Umumqabul qilingan ishbilarmonlik etikasining asosiy talablari
nimalardan iborat? 

Download 3,95 Mb.
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   148




Download 3,95 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Rivojlantirishning ilmiy asoslari va muammolari ilmiy tadqiqot markazi xalqaro menejment

Download 3,95 Mb.
Pdf ko'rish