91
2. Xalqaro kompaniyalarning xorijiy filiallari qabul qiluvchi
mamlakat iqtisodiy rivojlanishiga ko‘maklashishi zarur. Ularning
texnologiyasi
qabul
qiluvchi
mamlakat
mahalliy
resurslaridan
foydalanishga mo‘ljallangan mehnat sig‘imli bo‘lishi kerak.
3. Xalqaro korporatsiyalarning xorijiy tadbirkorligi bosh kompaniya
joylashgan mamlakat iqtisodiyotiga
ishlab chiqarish, bandlik va h.k.ga
zarar yetkazmasligi kerak. Masalan, Janubiy Koreya Moliya va iqtisodiyot
vazirligi kapital chiqib ketishini to‘xtatish uchun ichki kapital
qo‘yilmalarni xorijga investitsiyalar chiqarish sharti deb belgiladi. 100
mln. AQSh dollaridan ortiq xorijiy loyihalarni moliyalashtirayotgan milliy
kompaniyalar ichki kapital qo‘yilmalar hajmini 20 %ga ko‘paytirishni
ta’minlashi kerak.
Sarmoyador
mamlakatlar
hukumatlari
xorijiy
tadbirkorlikni
rag‘batlantirib, o‘z milliy firmalariga nisbiy afzalliklarni amalga
oshirishga ko‘maklashadi. Masalan, YеIda investitsiyalarga ko‘makla-
shish dasturi (European Community Investment Partners Program) amalga
oshiriladi.
90-yillarda
uning
asosida
YеIga
a’zo mamlakatlar
kompaniyalarini ularning O‘rta yer dengizi, Osiyo va Lotin Amerikasi
davlatlaridagi faoliyatida qo‘llab-quvvatlash amalga oshirildi. YеIga a’zo
mamlakatlarning 1000 dan ortiq kompaniyalari qabul qiluvchi
mamlakatlar firmalari bilan qo‘shma korxonalar faoliyatida va uzoq
muddatli litsenzion kelishuvlarda ushbu dastur ko‘magida foydalandilar.
Dastur
qabul
qiluvchi
mamlakatlarda
YеI
a’zo
mamlakatlari
kompaniyalari loyihalarining barcha bosqichlarini moliyalashtirishga
yordam beradiki, unga texnik-iqtisodiy asoslarni tayyorlashga grantlar,
qabul qiluvchi mamlakatda qo‘shma korxonalar tashkil qilish sharoitlarini
oldindan o‘rganishga, personal o‘qitishga va ITTKIga foizsiz qarzlar
kiradi.
AQShda Amerikalik investorlarning xorijda xususiy xorijiy kapital
qo‘yilmalarini moliyalashtirish bo‘yicha davlat korporatsiyasi – OPIK
moliyalashtiradi. U Amerika kompaniyalarining bevosita xorijiy
investitsiyalarini siyosiy tavakkalchilikdan sug‘urtalaydi va ularning
samarali xorijiy faoliyati uchun yana qator xizmatlar ko‘rsatadi.
Lotin
Amerikasi va Karib havzasi mamlakatlarining iqtisodiy o‘sishini
ta’minlash uchun maxsus rivojlanish dasturlari alohida ajralib turadi.
OPIK yordami quyidagi shartlarga rioya qilinganda beriladi:
a) Amerika kompaniyalarining bevosita xorijiy investitsiyalari
AQShda bandlik darajasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi kerak;
92
b) ular moliyaviy jihatdan oqlangan bo‘lishi va yuqori foyda keltirishi
kerak;
v) ular qabul qiluvchi mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga
munosib hissa qo‘shishi lozim.
Yaponiya Eksport-import banki Yapon firmalarining bevosita xorijiy
investitsiyalarini moliyalashtiradi va Yapon firmalari bilan qo‘shma
korxonalar tashkil qilish uchun xorij hukumatlari va xususiy
kompaniyalarga qarzlar beradi. Bu bank, shuningdek, xorijda ijtimoiy
infratuzilma loyihalarini sarmoyalovchi Yapon firmalariga kafolatlar
beradi. Bundan tashqari Yaponiyada rivojlanayotgan davlatlarni
investitsiyalashga budjetga soliq ajratmalarni kamaytirish ko‘rinishidagi
imtiyozlar mavjud.
TMK, odatda, bosh kompaniyalar joylashgan
mamlakatlar va qabul
qiluvchi
mamlakatlar hokimiyat tuzilmalarida
o‘z manfaatlarini
himoyalashni tashkil etadi. Bunda iqtisodiyotni muvofiqlashtirish davlat
organlari xalqaro kompaniyalar istaklarini har doim ham va darhol
bajarmaydilar. Bu istaklar ba’zan milliy firmalar, ishchi va xodimlar
manfaatlariga, muayyan mintaqa ekologiyasiga va budjet imkoniyatlariga
zid keladi.
Shu
bilan birga, davlat iqtisodiyot tarmoqlarini va mintaqalarni
cho‘zilib ketgan inqirozdan chiqarish maqsadida ustuvor rivojlantirishdan,
jadal fan-texnika taraqqiyoti sharoitlarini yaratishdan, tarmoqlar va
mintaqalar ichki va butun xalq xo‘jaligida ilg‘or tarkibiy o‘zgarishlarni
amalga oshirish uchun sharoitlar yaratishdan manfaatdor bo‘lganda, u
xalqaro kompaniyalarga moliyaviy stimul va davlat kapital qo‘yilmalari
yo‘li bilan rag‘batlantiruvchi ta’sir etadi. 90-yillarda ko‘p davlatlar
siyosatida ichki bozorlar hajmini kengayishi, iqtisodiyotni tartibga
solishda davlat rolini cheklash, korxonalarni xususiylashtirish, erkin savdo
zonalarini tashkil qilish kabi xalqaro kompaniyalar uchun jozibali
tendensiyalar namoyon bo‘ldi.
Global menejer xalqaro kompaniya xorijiy
filiali tashabbuslariga
qabul qiluvchi mamlakat ma’muriy organlarining munosabatini oldindan
ko‘ra olishi muhim. Turli vaziyatlarda xalqaro tashkilotlarning qabul
qiluvchi davlatlar hukumatlari bilan ko‘p yillik munosabatlari tajribasi
xalqaro iqtisodiy hamkorlikning uchta asosiy komponentini (tovarlar va
xizmatlar, texnologiyalar, bevosita xorijiy investitsiyalar) mamlakatga
kiritish va chiqarishga qarab qabul qiluvchi mamlakat siyosatidagi
yo‘nalishlarni turkumlash imkoniyatini beradi (3-jadval).