|
O‘zbekiston Respublikasida xizmatlar sohasining rivojlanishiBog'liq 150 Xalqaro menejment. Darslik. T 2018
1.5.2. O‘zbekiston Respublikasida xizmatlar sohasining rivojlanishi
Iqtisodiyotning barqaror rivojlanishini ta’minlash, aholining turmush
darajasini oshirish va samarali bandligini ta’minlashda xizmatlar
sohasining har tomonlama rivojlanishi muhim masalalardan biri bo‘lib
hisoblanadi.
Tajribalarga ko‘ra, hozirgi kunda rivojlangan va rivojlanayotgan
mamlakatlar iqtisodiy o‘sishni ta’minlash uchun xizmatlar sohasini jadal
rivojlantirishni eng muhim vazifalardan biri sifatida qo‘yishmoqda.
Manba: stat.uz
1.5.19-rasm. Xizmatlar sohasini rivojlantirish dasturi bo‘yicha
xizmatlarning asosiy turlari
Xizmatlar sohasi aholining barcha qatlamlarini qamrab oladi va
jamiyatda sodir bo‘layotgan deyarli barcha ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarga
ta’sir ko‘rsatadi, bu esa mazkur masalaning qanchalik muhim va
ahamiyatli ekanligini ko‘rsatib beradi.
O‘zbekistonda mustaqillik yillarida, iqtisodiyotni diversifikatsiyalash
va tarkibiy o‘zgartirishlarni chuqurlashtirish, mamlakat aholisining
bandligini, daromadlarini va turmush sifatini oshirishning muhim
yo‘nalishlari va omillaridan biri sifatida xizmatlar sohasi va servisni jadal
rivojlantirish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirildi. Bundan tashqari,
iqtisodiyotning barqaror o‘sishini ta’minlashda mazkur soha muhim
o‘rinni egallamoqda.
42
5-jadval
2010-2016-yillarda O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha xizmatlar
sohasi asosiy ko‘rsatkichlari dinamikasi
2010-y.
2011-
y.
2012-y.
2013-y.
2014-y.
2015-y
2016-y.
I. Xizmatlar
hajmi,
trln. so‘m
26,0
33,7
|
| |