31
Mamlakatda
investitsion
faoliyat
rivojlanishining
asosiy
ko‘rsatkichlari asosiy kapital jamg‘arilishning
mahalliy va xorijiy
investitsiyalarni jalb qilish va o‘zlashtirish hisobiga barqaror o‘sib
borayotganligidan dalolat beradi. So‘nggi yillarda (2001-2016 yillar)
asosiy kapitalning jamg‘arilish me’yori YaIMning 25 foizini tashkil etdi,
bu esa dunyoning rivojlangan va jadal rivojlanayotgan
mamlakatlari
ko‘rsatkichlariga mos keladi.
2001-2016-yillar davomida asosiy kapitalning yalpi jamg‘arilishi 5,4
barobardan ko‘proqqa ortdi, o‘rtacha yillik o‘sish sur’ati esa 11,5 %
tashkil etdi, bu esa kuzatilayotgan davrdagi YaIMning o‘rtacha yillik
o‘sish sur’ati (7,3 %)dan ko‘proqni tashkil etadi.
3. Yalpi hududiy mahsulot.
Mustaqillik yillarida milliy iqtisodiyotning
hududiy jihatdan
muvozanatlashganligini ta’minlash va mintaqaviy nomutanosibligini
kamaytirish O‘zbekistonda davlat siyosatining ustuvor vazifasiga aylandi.
Keyingi yillarda mamlakatning tarkibiy o‘zgarishida
hududlarning
roli sezilarli darajada oshdi. Hududlarning iqtisodiy salohiyati va
raqobatbardoshligini oshirishga yo‘naltirilgan
bir qator chora-tadbirlar
qabul qilindi.
Manba: stat.uz
1.5.8-rasm. 2016-yil uchun yalpi hududiy mahsulot (mlrd. so‘m)
Maqsadli hududiy dasturlarning amalga oshirilishi natijasida
Toshkent
shahri
(2000-yil
bilan
taqqoslaganda
4,3
marta),
32
Qoraqalpog‘iston Respublikasida (3,5 marta), Jizzax (3,9 marta),
Samarqand (3,8 marta), Namangan (3,5 marta), Andijon (3,3 marta),
Surxondaryo (3,3 marta) viloyatlarida YaHMning izchil o‘sish su’atlari
ta’minlandi.
Shuningdek, kuzatilayotgan davr uchun YaHMning o‘rtacha
yillik o‘sish sur’ati Toshkent shahrida 109,6 %, Qoraqalpog‘iston
Respublikasida 108,2 %, Jizzax viloyatida 109,0 %, Samarqand viloyatida
108,7 %, Namangan viloyatida 108,1 %, Andijon viloyatida 107,9 %,
Surxondaryo viloyatida 107,8 %ni tashkil qildi.
Manba: stat.uz