• 1.5.4-rasm. Sanoat yalpi qo‘shilgan qiymatining tarkibi, jamiga nisbatan (foizda)
  • -rasm. YaIM tarkibining o‘zgarish dinamikasi (foizda)




    Download 3,95 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet21/148
    Sana16.09.2024
    Hajmi3,95 Mb.
    #271354
    1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   148
    Bog'liq
    150 Xalqaro menejment. Darslik. T 2018

    1.5.3-rasm. YaIM tarkibining o‘zgarish dinamikasi (foizda) 
    Mustaqillik yillarida sanoat tarmog‘i va xizmatlar sohasining 
    rivojlanish salohiyatini yanada kengaytirilishi natijasida YaIM tarkibida 
    qishloq xo‘jaligi ulushining (1995-yilda 32,4 foizdan 2016-yilda 17,6 
    foizga) bosqichma-bosqich kamayish tendensiyasi saqlanib qoldi. Shu 
    bilan birga, YaIM tarkibida qishloq xo‘jaligi ulushining kamayishi qishloq 
    xo‘jaligi mahsulotlarining ijobiy o‘rtacha yillik o‘sish sur’atlari fonida 
    sodir bo‘ldi. 
    Sanoat tarmog‘ini diversifikatsiyalash, modernizatsiyalash, texnik va 
    texnologik yangilash bo‘yicha chora-tadbirlarning qabul qilinishi 
    natijasida sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish umumiy hajmining o‘sishi 
    va YaIM tarkibida sanoatning (qurilishni qo‘shgan holda) ulushi 1995-
    yildagi 27,8 foizdan 2016-yilda 32,9 foizgacha oshishi ta’minlandi. 
    Shu bilan birga, xizmatlar sohasining rivojlanishi mamlakat 
    iqtisodiyoti, bandlik va aholi daromadlari o‘sishining muhim omillaridan 
    biri hisoblanadi. Xizmat ko‘rsatish va servis sohasini isloh qilish bo‘yicha 
    chora-tadbirlarning izchil amalga oshirilishi natijasida, mazkur tarmoq 
    qisqa muddat ichida iqtisodiyotning eng jadal rivojlanayotgan sektoriga 
    aylandi. Xizmatlar sohasining YaIMdagi ulushi 1995-yildagi 39,8 foizdan 
    2016-yilda 49,5 foizgacha oshdi. 


    27 
    Manba: stat.uz 
    1.5.4-rasm. Sanoat yalpi qo‘shilgan qiymatining tarkibi, jamiga 
    nisbatan (foizda) 
    Ichki halqa – 2010-yil, o‘rta halqa – 2015-yil, tashqi halqa – 2016-yil. 
    (1.5.4-rasm). 
    Mustaqillik yillarida YaIM tarkibida mulkchilik shakllari bo‘yicha 
    tub o‘zgarishlar ro‘y berdi. Nodavlat sektori YaIMni ishlab chiqarishda 
    asosiy o‘rinni egalladi va uning ulushi 1995-yildagi 58,4 foizdan 2016-
    yilda 81,3 foizgacha oshdi. 
    Iqtisodiy islohotlarning ilk davrlaridayoq kichik biznes va xususiy 
    tadbirkorlikni rivojlantirish bilan birgalikda ob’ektlarni xususiylashtirish 
    va davlat tasarrufidan chiqarish ko‘p tarmoqli iqtisodiyotni 
    shakllantirishdagi asosiy omil hisoblangan. 


    28 
     
    Manba: stat.uz 

    Download 3,95 Mb.
    1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   148




    Download 3,95 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -rasm. YaIM tarkibining o‘zgarish dinamikasi (foizda)

    Download 3,95 Mb.
    Pdf ko'rish