|
Rivojlantirishning ilmiy asoslari va muammolari ilmiy tadqiqot markazi xalqaro menejmentBog'liq 150 Xalqaro menejment. Darslik. T 2018
1.4.1-rasm. “Boston matritsasi”
Pastki chap katakchada bozorda past o‘sish sur’atlari bilan
sotilayotgan
tovarlar
yoki
xizmatlar
joylashadi.
Ularning
raqobatbardoshligi va sotuvlardagi ulushi ushbu bozorda asosiy
raqobatchilarnikiga nisbatan yuqori, ular kompaniyaga daromad keltiradi
va “sog‘in sigirlar” deb ataladi. Shu bilan birga, sotuvlarning o‘sish sur’ati
unchalik yuqori emas va ishlab chiqaruvchilarga katta investitsiyalar zarur
emas. Demak, bu tovarlar yoki xizmatlar xalqaro kompaniyaga jahon
bozorida yuqori foyda keltiradi (1.4.1-rasm).
Yuqori o‘ng katakchada joylashgan tovarlar yoki xizmatlar sotuv
hajmi o‘sishining bozor o‘rtacha ko‘rsatkichidan yuqoriligi bilan
ifodalanadi, biroq ularning sotuvdagi hajmi asosiy raqobatchinikidan
pastroq. Ularni “savol belgilari” yoki o‘zicha sayr qiluvchi “yovvoyi
mushuklar” deb nomlashadi. Bu tovarlar yoki xizmatlar sotilishining
o‘sish sur’atlari ancha yuqori, lekin raqobatchining juda kuchliligi sababli
kompaniya o‘z raqobatbardoshlik darajasini saqlab qolishni istasa, bu
tovarlar yoki xizmatlarning iste’mol xususiyatlarini takomillashtirishga va
sifatini oshirishga yirik kapital qo‘yilmalarni yo‘naltirishga majbur
bo‘ladi. Ayni vaqtning o‘zida bu tovarlar yoki xizmatlarning umumiy
sotuvlar hajmidagi ulushining nisbatan kamligi sababli, ular katta foyda
keltirmaydi, lekin pullarni hazm qilib yuboradi, natijada ularni sotishdan
qoladigan sof foyda yuqori emas. Bunda eng ma’qul yo‘l – ularning
“yulduzlar” toifasiga o‘tishiga erishish hisoblanadi.
Pastki o‘ng katakchada shunday tovarlar yoki xizmatlar joylashganki,
ularni sotish hajmi bozordagi o‘rtacha ko‘rsatkichdan kamroq o‘sadi,
ularning sotuvdagi ulushi esa asosiy raqobatchinikidan ko‘ra pastroq.
Shuning uchun ularni “itlar” deb ataydilar. Ularga 20:80 qoidasi taalluqli
|
| |