15
1.2. “Xalqaro menejment” kategoriyasi
Xalqaro
menejment
kompaniyalarni
ikki
va
undan
ortiq
mamlakatlarda faoliyat yuritishini
boshqarishni nazarda tutadi, global
menejer malakasiga ega mutaxassis esa keng doiradagi masalalar –
eksport-import bitimlaridan tortib xorijda mahsulot ishlab chiqarishgacha
bog‘liq bo‘lgan faoliyatni amalga oshirishi lozim.
Bunda u turli
madaniyatlarga moyil va global menejment nazariyasi, falsafasi va
psixologiyasini o‘zlashtirib olishi
kerak va har qanday sharoitda, eng
avvalo, mamlakatimiz manfaatlarini ko‘zlashi zarur. Prezidentimiz
ta’kidlaganlaridek: “… davlatimiz tashqi siyosatining ma’no-mazmuni va
maqsadi bitta – u ham bo‘lsa, O‘zbekiston manfaati va yana bir bor
O‘zbekiston manfaatidir”.
Xalqaro menejment xorijda tashqi iqtisodiy
aloqalarning barcha
shakllaridagi (eksport, import, texnologiyalarni ayirboshlash, qo‘shma
korxonalar, xorijda xizmatlarni ishlab chiqarish va ko‘rsatish, xorijiy
investitsiyalarni
amalga oshirish, transmilliy korporatsiyalar) jamoaviy
faoliyat sharoitlarida firmalarni to‘g‘ri boshqarish nazariyasi va
amaliyotidir.
Xorijda
jamoaviy
faoliyat
sharoitlarida
ishlashning
o‘zbek
tadbirkorlari va davlat xizmatchilari orasida
tobora keng tarqalishi bir
qator sabablarga ega. Birinchidan, sobiq Ittifoq hududida mustaqil
davlatlarning tashkil topishi ko‘p hollarda
tadbirkorlar uchun xorijiy
faoliyatga o‘xshash sharoitlarda harakat qilish zaruratini keltirib chiqaradi.
Ikkinchidan, davlatimiz tashqi iqtisodiy aloqalarining kengayishi milliy
firmalarning nafaqat transmilliy korporatsiyalar (TMK), balki turli xalqaro
iqtisodiy tashkilotlar bilan hamkorlik qilishiga olib kelmoqdaki,
bunday
sharoitda ularning tashkiliy tuzilishi va strategiyasini o‘rganish zarur
hisoblanadi. Bunday zaruratning tahlilini