I-bob. XALQARO MENEJMENT FANINING NAZARIY




Download 3,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/148
Sana16.09.2024
Hajmi3,95 Mb.
#271354
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   148
Bog'liq
150 Xalqaro menejment. Darslik. T 2018

I-bob. XALQARO MENEJMENT FANINING NAZARIY 
ASOSLARI 
 
1.1. “Xalqaro menejment” fanining nazariy asoslari 
 
“Xalqaro menejment” kategoriyasiga ta’rif berish uchun tovarlar va 
xizmatlarning turli mamlakatlarda ishlab chiqarilishi va sotilishiga 
imkoniyat yaratuvchi tadbirkorlik shakli sifatida xalqaro biznes 
tushunchasini aniqlab olish zarur. Global menejment nazariyasining asosiy 
prinsiplari bo‘lib, mutlaq ustunliklar, nisbiy afzalliklar, mahsulotning 
xalqaro hayotiylik davri va bevosita xorijiy investitsiyalar tamoyillari 
hisoblanadi. 
Mutlaq ustunliklar tamoyili boshqa davlatlarga nisbatan mehnat 
unumdorligi yuqori va ishlab chiqarish xarajatlari past bo‘lgan 
mamlakatda tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarishni tashkil qilishni 
nazarda tutadi. Bunday sharoitlar mutlaq ustunliklarga ega mamlakatdan 
boshqa davlatlarga tovarlar va xizmatlar eksportini amalga oshirish 
imkoniyatini beradi. Mutlaq ustunliklar, shuningdek, nisbiy ustunliklar 
ham xalqaro biznesni rivojlantirishni rag‘batlantiradi. 
Nisbiy afzalliklar tamoyili mamlakatda bir necha xil tovarlar va 
xizmatlar ishlab chiqarishni tashkil qilish imkoniyatlarini asoslab beradi. 
Bu holda menejer mutlaq ustunliklarga ega bo‘lgan mahsulotni tanlashi va 
uni ishlab chiqarish va eksport qilishga kuch-quvvatlarni jamlashi zarur 
bo‘ladi. Qolgan tovar va xizmatlar esa faqat ichki bozor uchun 
mo‘ljallanishi va unga bo‘lgan ehtiyojlarning bir qismi import hisobiga 
qondirilishi mumkin. Mutlaq va nisbiy ustunliklarning kombinatsiyasi har 
bir mamlakatga tegishli bo‘lgan ishlab chiqarishni tashkil qilish va davlat 
siyosati bilan birga turli mamlakatlarning firmalariga raqobat sharoitlarida 
yuqori obro‘ni ta’minlaydi. Tajribaga ko‘ra, AQSh korporatsiyalarining 
yo‘lovchi samolyotlarini (“Boing” kompaniyasi), qudratli kompyuterlarni 
(“IBM” kompaniyasi), kompyuter dasturlari (“Microsoft” kompaniyasi), 
atrof-muhit muhofazasi uchun uskunalar, o‘g‘itlarni ishlab chiqarishdagi 
raqobatbardoshligi, shubhasiz. Jahon bozorlarida Germaniya firmalari 
avtomobillar, kimyoviy mahsulotlar, qishloq xo‘jalik mashinalari, optik 
asboblar, poligrafiya uskunalari kabi tovarlar bo‘yicha yuqori 
raqobatbardoshligi bilan mashhur. Jahon bozorlarida uglerodli tolalar, 
telekommunikatsiya uskunalari, dengiz kemalari, avtomobillar, maishiy 
elektronika ishlab chiqaruvchi Yapon kompaniyalari ham mashhurdir. 
Italiya firmalari esa keramik va to‘qimachilik mahsulotlarini, sport 


13 
poyabzali, qadoqlash uskunalarining yirik ishlab chiqaruvchilari 
hisoblanadi. 
Mahsulotning xalqaro hayotiylik davri tamoyili Amerikalik iqtisodchi 
R.Vernan tomonidan ishlab chiqilgan mahsulotning hayotiylik davri 
nazariyasiga asoslanadi. U ichki va tashqi bozorlarga yangi mahsulotlar 
bilan chiqishda tez o‘zgaruvchan kon’yunktura va o‘tkir raqobat kurashi 
sharoitlarida tadbirkorlarning e’tiborini tovarlar va xizmatlarni ishlab 
chiqarish va sotish samaradorligi muammolariga qaratish maqsadida har 
qanday tovarni sotish jarayonini 4 bosqichga ajratadi: 
1-bosqich – yangilik kiritish bosqichi. Ushbu bosqich mahsulotning 
konstruktiv xususiyatlari va texnik tavsiflari xaridorlar tomonidan hali 
to‘la o‘rganilmagan vaqtda talabning qat’iy emasligi, bozorning 
egallanmaganligi, yangi tovarga talab o‘sishining sekin kechishi bilan 
ifodalanadi. Bu bosqichda xaridorlar bozorda yangi mahsulotga e’tibor 
berib, uning afzalliklarini baholab boradilar, natijada xaridlar hajmi sekin 
o‘sa boshlaydi. 
2-bosqich – xarid hajmining ko‘payish bosqichi. Ushbu bosqichda 
tovarning yuqori iste’mol xususiyatlarining xaridorlar tomonidan tan 
olinishi evaziga talabning o‘sishi bilan bog‘liq holda ishlab chiqarish va 
xarid hajmi ko‘payadi. Bu birinchi bo‘lib ommaviy mahsulot ishlab 
chiqarishni yo‘lga qo‘ygan firmalar uchun maksimal foyda olish vaqti 
hisoblanadi. 
3-bosqich – bozorni to‘ldirish bosqichi. Ushbu bosqich xaridorlarning 
asosiy qismini ushbu tovarga bo‘lgan o‘z ehtiyojlarini qondirib 
bo‘lganligi, uning ishlab chiqarilishi raqobatchilar tomonidan o‘zlashtirila 
boshlanganligi va raqobat belgilari paydo bo‘lganligi bilan tavsiflanadi. 
4-bosqich – kamayish bosqichi. Ushbu bosqichda mahsulotning 
hayotiylik davrini uzaytirish uchun uni ishlab chiqarish nisbatan past 
ishlab chiqarish xarajatlariga ega bo‘lgan, ko‘pincha, rivojlanayotgan 
mamlakatlarga bevosita investitsiyalar yo‘li bilan ko‘chiriladi. Bu 
mamlakatlarga ushbu mahsulotni eksport qilish, odatda, bu yerda ularni 
ishlab chiqarishdan ilgari boshlangan bo‘ladi. Mahalliy ishlab chiqarish 
rivojlantirilishi natijasida mahsulotni xorijiy mamlakatlardan import qilish 
qisqaradi. 
Bevosita xorijiy investitsiyalar bevosita sarmoyador firma va qabul 
qiluvchi firma o‘rtasida uzoq muddatli faoliyatga oid munosabatlarga 
mo‘ljallangan kapital qo‘yilmalardir. Bu munosabatlarda bevosita 
investorning maqsadi qabul qiluvchi mamlakatda korxonani boshqarishni 
tashkil qilishga jiddiy ta’sir ko‘rsatish va uning faoliyatini nazorat qilish 


14 
hisoblanadi. Bevosita xorijiy investitsiyalar turli mamlakatlarning 
firmalari o‘rtasida dastlabki bitimning boshlang‘ich bosqichi sifatida 
xizmat qilib, shuningdek, ular o‘rtasidagi barcha keyingi kelishuvlarni o‘z 
ichiga oladi. Bu bitimlar va kelishuvlarning sub’yektlari sifatida asosiy 
ishtirokchilardan tashqari ular bilan bog‘liq firmalar ham faoliyat 
ko‘rsatishi mumkin. Investorning bevosita xorijiy investitsiyalarni kiritish 
mamlakatini tanlashda iqtisodiy o‘sish sur’atlari, bank foizi va kredit 
shartlari, tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish xarajatlari, tashqi 
qarzdorlik, siyosiy va makroiqtisodiy barqarorlik asosiy ustunliklar 
hisoblanadi. 
O‘zbekiston Respublikasining “Chet el investitsiyalari to‘g‘risida”gi 
qonunining (30.04.1998 y.) 3-moddasiga binoan xorijlik investorlar , 
asosan, daromad (foyda) olish maqsadida tadbirkorlik faoliyati va qonun 
hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa turdagi faoliyat ob’yektlariga 
qo‘shadigan barcha turdagi moddiy va nomoddiy boyliklar va ularga doir 
huquqlar, shu jumladan intellektual mulkka doir huquqlar, shuningdek, 
xorij investitsiyalaridan olingan har qanday daromad O‘zbekiston 
Respublikasi hududida xorij investitsiyalari deb e’tirof etiladi. 
Keyingi yillarda O‘zbekiston iqtisodiyotiga kiritilayotgan xorijiy 
investitsiyalar hajmining izchil va barqaror o‘sib borayotgani e’tiborga 
sazovor bo‘lib, bunda mamlakatimizda tarkibiy o‘zgarishlarni izchil 
amalga oshirishda qulay investitsiya muhitining yaratilgani asosiy omil 
bo‘lib kelmoqda. O‘zlashtirilgan barcha investitsiyalarning 50 foizga 
yaqini ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish va texnik qayta jihozlashga 
yo‘naltirilgandir. Eng muhimi, xorijiy investitsiyalarning 74 foizini 
to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalar tashkil etdi.
Mamlakatimizda

bugungi kunda iqtisodiyotimizni modernizatsiya 
qilish, texnik va texnologik yangilash, uning raqobatdoshligini keskin 
oshirish, eksport salohiyatini yuksaltirishga qaratilgan muhim ustuvor 
loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha dastur ishlab chiqilgan bo‘lib, “

bu 
dastur iqtisodiyotimizning asosiy tarmoqlarini modernizatsiya qilish va 
texnik yangilash, mamlakatimizning yangi marralarni egallashi uchun 
kuchli 
turtki 
beradigan 
va 
jahon 
bozorida 
raqobatdoshligini 
ta’minlaydigan zamonaviy innovatsion texnologiyalarni joriy qilish 
bo‘yicha maqsadli loyihalarni o‘zida mujassam etishi darkor”. 

Download 3,95 Mb.
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   148




Download 3,95 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



I-bob. XALQARO MENEJMENT FANINING NAZARIY

Download 3,95 Mb.
Pdf ko'rish