16
Xalqaro menejmentni o‘rganish ta’lim
oluvchilarning xalqaro
toifadagi rahbarlar uchun zaruriy bo‘lgan sifatlarga: tashabbus, oqlangan
qaltislikka
tayyorlik, o‘ziga ishonch, global ko‘lamda fikrlash, xorijiy
sheriklar
bilan
konstruktiv
aloqalarni
o‘rnatish
qobiliyatini
shakllantirishga erishishga yordam beradi.
Ushbu kurs materiallarini o‘rganish ta’lim
oluvchilarga dunyoda
xalqaro menejment rivojlanishining quyidagi asosiy yo‘nalishlarini
ko‘rsatib beradi:
– bo‘ysunuvchilarga yuklanadigan javobgarlik ulushining ortishi;
– iste’molchilarning xohish-istaklariga e’tiborni kuchaytirish;
– firmalar faoliyatida marketing rolini oshishi;
– ishlab chiqarish texnologiyasini uzluksiz
takomillashtirish hamda
mahsulot va xizmatlar assortimentini yangilash;
– qisqa muddatli natijaga va uzoq muddatli maqsadlarga ega tadbirlar
aniq ajratilishi;
– milliy manfaatlarga rioya qilish.
1.3. Xorijiy tadbirkorlik sharoitlarida yuqori tavakkalchilik
“Tadbirkorlik” atamasi keng ma’noda firmani tashkil qiluvchi yoki
uni boshqaruvchi shaxslarning tavakkalchilikka
tayyorligining alohida
jihatlari majmui sifatida aniqlanadi. “Tadbirkorlik” so‘zi inglizcha
“entepeneurship” yoki fransuzcha “entrependre” so‘zidan kelib chiqadi va
“imkoniyatlarni amalga oshirish, qo‘llash yoki novatorlik faoliyati, yoxud
korxona tuzish yo‘li bilan ehtiyojlar va istaklarni qondirish” ma’nolarini
anglatadi.
Firma tovarlar va xizmatlarni ishlab chiqarish (yoki sotish)
funksiyalariga ega xo‘jalik birligi sifatida o‘z faoliyatini rivojlantiradi va
demak, ikki yo‘nalishda tavakkal qiladi. Ulardan biri firmani joylashtirish
o‘rnini
tanlashni, ishlatiladigan texnologiya, xomashyo,
yarimtayyor va
tayyor mahsulotning harakatlanish logistikasini nazarda tutuvchi