17
munosabatlarning farqlanishi valyuta paritetlarining tebranishi, xalqaro
terrorizmning yoyilishi kabi sabablarga ko‘ra bir necha barobar oshib
ketadi.
Xorijiy tadbirkorlik bilan bog‘liq qaltisliklarni kompleks baholash
uchun xorijiy biznes bilan shug‘ullanuvchi firmalar faoliyatiga ta’sir
qiluvchi omillarni turkumlash maqsadga muvofiqdir. Ushbu omillarga
quyidagilar kiradi:
– siyosiy-huquqiy omillar. Ushbu omillarga davlatni boshqarish
shakli,
siyosiy mafkura, soliq qonunchiligi, hukumatning barqarorligi,
hukumatning xorijiy kompaniyalarga munosabati, xorijiy mulk haqidagi
qonunchilik, oppozitsiyaning ta’siri, savdo qonunchiligi, proteksionizm
darajasi,
tashqi siyosat, terroristlarning faolligi, huquqiy tizim kiradi.
Siyosiy-huquqiy omillar xorijiy firma uchun qabul qiluvchi mamlakat
hukumatining harakatlari natijasida o‘z aktivlarini, o‘z firmalari
nazoratini, bozordagi ulushini yo‘qotish bilan bog‘liq.
– iqtisodiy omillar. Ushbu omillarga mamlakatning
iqtisodiy
rivojlanish darajasi,
aholi jon boshiga daromad, YaMM dinamikasi va
yo‘nalishi, hukumatning moliya siyosati, ishsizlik darajasi (aholining
xarid quvvatini va qabul qiluvchi mamlakatdagi firmada mahalliy
mutaxassislarni ishlashga jalb qilish imkoniyatini aniqlashda zarur)
valyuta almashinuvi, mehnat haqining darajasi, raqobat muhiti, iqtisodiy
birlashmalar va mintaqaviy integratsion tashkilotlarda ishtirok etish kiradi.
Oxirgi omil mahalliy sheriklarning mustaqil qaror qabul qilishini
qiyinlashtiradi, chunki mintaqaviy integratsion guruhlarda ishtirok etish
prinsipial qarorlarni integratsion birlashmadagi sheriklar bilan kelishishni
taqozo etadi;
– ijtimoiy-madaniy omillar. Ushbu omillarga milliy urf-odatlar, til,
demografiya, hayot tarzi, din, ajnabiylarga munosabat, turmush darajasi,
ijtimoiy muassasalar va me’yorlar, savodlilik darajasi kiradi.
Ushbu
omillar o‘z firmasida mehnat qilishga mahalliy aholini jalb qilishni
ko‘zlagan menejerlar uchun, ayniqsa, muhim hisoblanadi;
–
texnologik
omillar.
Ushbu
omillarga
texnologiyalarni
ayirboshlashning huquqiy me’yorlari, energiya tashuvchilarning
mavjudligi va qiymati, tabiiy resurslar, transport tarmog‘i, ishchi
kuchining malakasi,
patent himoyasi, infratuzilma, axborot oqimlari
kiradi. Zamonaviy sharoitlarda axborotning birinchi darajali ahamiyatini
hisobga olib, ayrim korporatsiyalar (Yapon kompaniyalari) xorijda yangi
texnologiyalar, asosiy raqobatchilar faoliyatining ahvoli, qonunchilikdagi
18
o‘zgarishlar va hokazolar haqidagi axborotni olish maqsadida o‘z
bo‘limlarini tashkil qiladi.
Xorijiy adabiyotlarda ushbu omillarni o‘rganish STEP–
Тahlil yoki
PEST– Тahlil deb ataladi. PEST– Тahlil (PEST analysis) tashqi
makroiqtisodiy muhit tahlilining asosiy qismi bo‘lib, u o‘z ichiga yuqorida
ko‘rib o‘tilgan siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy-demografik va texnologik
omillarni tahlil qilishni oladi. Tashqi muhitni tahlil qilish xalqaro
menejerlarning asosiy funksional vazifalaridan biri bo‘lib hisoblanadi. Bu
firmaning xorijiy tadbirkorlik bilan shug‘ullanishi uchun qabul qiluvchi
mamlakatni tanlashda muhim ahamiyat kasb etadi.