25
Qulay
ishbilarmonlik
muhitini
yaratish,
ishlab
chiqarishni
modernizatsiya qilish, texnik va texnologik
yangilashga qaratilgan
iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish jarayonlari
natijasi sifatida
mamlakatimiz iqtisodiyoti 2004-yildan boshlab yillik 7-9 foiz darajasidagi
yuqori va barqaror o‘sish sur’atlarini namoyish qila boshladi.
Oxirgi 10-yilda(2007-2016 yillar) YaIM 2,2 barobardan ko‘proq o‘sdi
(1.5.2-rasm).
Manba: stat.uz
1.5.2-rasm. Oxirgi 10 yillikda (2007-2016-yillar) YaIM va tarmoqlar kesimida
yalpi qo‘shilgan qiymatning o‘sish sur’atlari (2006-y. = 100 %)
Iqtisodiy o‘sishning asosiy omillari
va manbalari tahlili shuni
ko‘rsatadiki, oxirgi 10 yil davomida iqtisodiyotning yuqori o‘sish
sur’atlari qishloq xo‘jaligida 1,9 marta (2007-2016 yillar uchun o‘rtacha
yillik o‘sish 6,5 %), sanoatda1,7 barobar (5,6 %), qurilishda 3,9
barobar
(15,0 %), xizmatlar sohasida 2,5 barobar (9,7 %) o‘sganligi
hisobiga
ta’minlangan.
Qulay ishbilarmonlik
muhitining yaratilishi,
investitsiyalarning keng
jalb qilinishi natijasida nafaqat iqtisodiy o‘sish sur’atlarining oshishi, balki
iqtisodiyot tarkibida muhim sifat o‘zgarishlarining
yuz berishi
ta’minlandi.
Tarkibiy o‘zgarishlar borasidagi siyosatning
izchil amalga oshirilishi
natijasida mamlakat iqtisodiyoti tarkibi diversifikatsiya qilindi.