• Amal qilish sohasi
  • Рўйхатга олинган тасдиќланган




    Download 81 Kb.
    bet1/3
    Sana18.11.2023
    Hajmi81 Kb.
    #101092
      1   2   3
    Bog'liq
    11 ilmiy-tadqiqot va konstruktorlik 11 ззщщ




    11-sonli BHMS “ILMIY TADQIQOT VA TAJRIBA-KONSTRUKTORLIK ISHLAB CHIQISHLARGA XARAJATLAR” standartining tavsifi va qo’llanilishi

    Buxgalteriya hisobining ushbu milliy standarti (BHMS) "Buxgalteriya hisobi to‘g’risida"gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni asosida ishlab chiqilgan bo‘lib O‘zbekiston Respublikasida buxgalteriya hisobini me’yoriy tartibga solish tizimining bir qismi hisoblanadi.


    Ushbu standartning maqsadi ilmiy tadkiqot va tajriba-konstruktorlik ishlanmalariga xarajatlarni buxgalteriyada hisobga olish usulini belgilashdan iborat.Ilmiy tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlab chiqishlariga xarajatlarni hisobga olishning asosiy masalasi bunday xarajatlarni aktiv yoki xarajat sifatida tan olishdan iborat. Ularni aktiv yoki xarajat deb tan olishning mezonlari moliyaviy hisobotni tayyorlash va taqdim etish asoslarida belgilab qo‘yilgan.
    Amal qilish sohasi
    Ushbu standart ilmiy tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlab chiqishlariga xarajatlarni hisobga olish chog’ida qo‘llaniladi. Ushbu standart qazib olish tarmoqlarida neft, gaz, mineral konlarni qidirish va ularni ishlab chiqish bo‘yicha xarajatlarga nisbatan qo‘llanilmaydi. Biroq u mazkur tarmoqlardagi boshqa tadqiqotlar va ishlanmalarga nisbatan qo‘llaniladi. Xo‘jalik yurituvchi sub’yekt kontraktga muvofiq boshqa xo‘jalik yurituvchi sub’yekt uchun tadqiqotlar o‘tkazishi va ishlanmalar bilan shug’ullanishi mumkin. Kontrakt shartlariga ko‘ra tadqiqotlar va ishlanmalar bilan bog’liq bo‘lgan barcha xarajatlar va foydalar boshqa sub’yektga o‘tkazilsa yoki o‘tkaziladigan bo‘lsa, bu faoliyatni amalga oshiradigan xo‘jalik yurituvchi sub’ekt "Tovar - moddiy zaxiralar" BHMS yoki "Kapital qurilishga pudrat shartnomalari" BHMS ga muvofiq xarajatlarni hisobga olib boradi. Bu faoliyatdan bo‘ladigan xatarlarni zimmasiga oladigan va keladigan daromadlarni oladigan xo‘jalik yurituvchi sub’yekt ushbu xarajatlarni; standart ma’lumotlariga muvofiq hisobga oladi.Agar xo‘jalik yurituvchi boshqa sub’ekt bilan tuzilgan kontrakt shartlari bo‘yicha ilmiy tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlari bilan bog’liq xarajatlar va daromadlar boshqa xo‘jalik yurituvchi sub’yektga o‘tkazilmasa yoki keyinchalik ham o‘tkazilmasa, u holda ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlanmalari bilan shug’ullanuvchi xo‘jalik yurituvchi sub’ekt o‘z xarajatlarini ushbu standartga muvofiq hisobga olib boradi.
    Bu standartda foydalanilgan atamalar: Ilmiy tadqiqot ishlari - yangi ilmiy yoki texnik bilimlar va g’oyalarni olish maqsadida o‘tkaziladigan yangi va rejali izlanishlar. Tajriba-konstruktorlik ishlari - yangi yoki jiddiy tarzda yaxshilangan materiallar, mexanizmlar, mahsulotlar, texnologiyalar tizimlar yoki xizmatlarni rejalashtirish yoxud loyihalashtirish uchun, ularni tijorat maqsadlarida ishlab chiqarish yoki foydalanishdan oldin, ilmiy tadqiqot ishlari natijalarini yoki boshqa bilimlarni qo‘llash. Ilmiy tadqiqot faoliyatiga quyidagilar kiradi:
    Yangi bilimlar olishga qaratilgan faoliyat;
    Ilmiy tadqiqotlar natijalarini yoki boshqa bilimlarni qo‘llanish yo‘llarini izlash;
    Muqobil texnologiyalar yoki mahsulotlarni izlash;
    Yangi yoki ancha yaxshilangan mahsulot yoki muqobil texnologiyani ishlab chiqish;
    Va boshqalar.
    -Tajriba-konstruktorlik faoliyatiga quyidagilar kiradi:
    -Muqobil texnologiyalar yoki mahsulotlarni baholash;
    -Tajriba namunalari va modellarini loyihalashtirish, ularni
    yasash va sinab ko‘rish;
    -YAngi texnologiyalarni qo‘llanib, asboblar, qisqich
    moslamalari, quyilma qoliplar va matritsalarni ishlab chiqish;
    - Miqyoslari bo‘yicha tijorat ishlab chiqarishi maqsadlariga
    mo‘ljallanmagan eksperimental qurilmalarni loyihalashtirish, yasash va
    sinab ko‘rish;
    Va boshqalar.
    Ilmiy tadkiqot va tajriba-konstruktorlik faoliyati bilan chambarchas bog’liq bo‘lgan, lekin ular qatoriga qo‘shilmaydigan faoliyat turlari:
    - Ishlab chiqarishning dastlabki bosqichida muhandislik
    jihatidan qo‘llab-quvvatlash;
    -Ishlab chiqarish jarayonida sifatni nazorat qilish, jumladan
    mahsulotni har kuni sinab ko‘rshi;
    -Ishlab chiqarish jarayonida vujudga keladigan nosozliklarni
    bartaraf etish;
    -Mavjud mahsulotni yangilashga, kengaytirishga yoki boshqa
    yo‘l bilan sifatini yaxshilashga qaratilgan kundalik sa’y-harakatlar;
    Va boshqalar.
    Ilmiy tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlab chiqishlari xarajatlari tarkibi
    Ilmiy tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlab chiqishlari xarajatlariga ilmiy tadqiqot va tajriba-konstruktorlik faoliyati bilan bevosita bog’liq bo‘lgan yoki asosli ravishda faoliyatning bu turlariga kiritilishi mumkin bo‘lgan barcha xarajatlar kiritiladi. Ilmiy tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlab chiqishlariga quyidagi xarajatlar kiritiladi:
    -Ilmiy tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlab chiqishlari
    bilan band bo‘lgan xodimlarga ish haqi to‘lash va boshqa to‘lovlar bo‘yicha
    xarajatlar;
    -Ilmiy tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlab chiqishlari
    chog’ida foydalaniladigan materiallar va xizmatlar qiymati;
    -Ilmiy tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlab
    chiqishlarida mazkur aktivlardan foydalanish chog’ida asosiy vositalarning
    eskirishi;
    -Ilmiy tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlab chiqishlari
    bilan bevosita bog’liq bo‘lgan qo‘shimcha xarajatlar;
    -Ilmiy tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlab
    chiqishlarida mazkur aktivlardan qanday foydalanilsa, shu darajadagi
    patentlar va litsenziyalar amortizatsiyasi va boshqa shu singari xarajatlar.
    -Realizatsiya xarajatlari ilmiy tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlab chiqishlari xarajatlariga kiritilmaydi. Ilmiy tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlab chiqishlarga xarajatlarining tan olinishi. Ilmiy tadqiqot ishlab chiqishlarga xarajatlari shu xarajatlar qilingan hisobot davridagi xarajat sifatida tan olinadi va keying davrda aktiv deb tan olinmasligi lozim. Tajriba-konstruktorlik ishlab chiqishlarga xarajatlari, agar ular 16-paragrafda ko‘rsatilgan aktivni tan olish mezonlarini qanoatlantirmasa, shu xarajatlar qilingan hisobot davridagi xarajatlar
    sifatida tan olinadi.Dastlab xarajat sifatida tan olingan tajriba-konstruktorlik
    ishlab chiqishlarga xarajatlarini keyingi hisobot davrlarida aktivlar
    sifatida tan olmaslik kerak. Tajriba-konstruktorlik ishlanmalari xarajatlari quyidagi
    mezonlarga javob bergan taqdirdagina aktiv sifatida tan olinadi:

    Download 81 Kb.
      1   2   3




    Download 81 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Рўйхатга олинган тасдиќланган

    Download 81 Kb.