• O‘tkazish qoidalari
  • Рўйхатга олинган тасдиќланган




    Download 81 Kb.
    bet3/3
    Sana18.11.2023
    Hajmi81 Kb.
    #101092
    1   2   3
    Bog'liq
    11 ilmiy-tadqiqot va konstruktorlik 11 ззщщ

    Aktivning xizmat muddati;
    U dastlab tan olingan vaqtdan boshlab besh yil davomida. Ayrim holatlarda tajriba-konstruktorlik ishlariga qilingan xarajatlar natijasida olingan iqtisodiy naf xo‘jalik yurituvchi sub’yekt boshqa aktivlarni ishlab chiqarishi chog’ida sarflanib ketadi va xarajat sifatida tan olinmaydi. Bunday holatda mazkur xarajatlar amortizatsiyasi boshqa aktiv qiymatining bir qismini tashkil etadi va balans qiymatiga yuritiladi. Masalan, ilgari aktiv deb hisoblangan tajriba-konstruktorlik ishlari xarajatlari ishlab chiqarish tovar-moddiy zaxiralari qiymatiga kiritilishi mumkin ("Tovar-moddiy zaxiralarni hisobga olish" 4-son BHMS). Boshqa aktivlarning balans qiymatiga kiritilgan tajriba-konstruktorlik ishlari xarajatlari shu tariqa ana shu aktivlarning boshqa xarajatlari qilingan paytdagi xarajatlar deb tan olinadi.
    Tajriba-konstruktorlik ishlari xarajatlarining kamaytirilishi
    Loyiha bo‘yicha tajriba-konstruktorlik ishlari xarajatlari miqdorini tajriba-konstruktorlik ishlariga keyin bo‘ladigan xarajatlarni, tegishli ishlab chiqarish xarajatlarini, ma’muriy xarajatlarni va mahsulot yoki texnologiyani bevosita realizatsiya qilish chog’ida qilingan, lekin kelajakdagi daromadlar xisobidan qoplanmaydigan xarajatlarni hisobga olib, amortizatsiya qilinmagan qoldiq miqdorigacha kamaytirish lozim bo‘ladi. Tajriba-konstruktorlik ishlanmalariga amortizatsiya qilinmagan xarajatlar qoldig’i, agar bu xarajatlar ularni 16-bandda keltirilgan aktiv deb hisoblash mezonlariga javob bermasa, hisobdan chiqarib tashlanishi lozim. To‘la yoki qisman hisobdan chiqarib tashlangan miqdorni mazkur qisman yoki to‘la hisobdan chiqarib tashlash amalga oshirilgan davrdagi xarajat deb tan olish lozim bo‘ladi.22-paragrafga muvofiq qisman yoki to‘la hisobdan chiqarib tashlangan tajriba-konstruktorlik ishlari xarajatlarini, to‘la yoki qisman hisobdan chiqarib tashlashga olib kelgan voqea yoki vaziyat tugagandan so‘ng va angi voqea hamda vaziyat kelajakda mavjud bo‘lishiga ishonchli dalil mavjud bo‘lgan hollarda qaytadan tiklash lozim. Qayta tiklangan miqdorni, 17-paragrafga muvofiq to‘la yoki qisman hisobdan chiqarib tashlanmagan bo‘lsa, amortizatsiya sifatida tan olinishi mumkin bo‘lgan miqdorga kamaytirish kerak. Qayta tiklangan miqdorni shu davr xarajati sifatida tan olingan tajriba-konstruktorlik ishlari xarajatlarinshi kamaytirilgan miqdori sifatida e’tirof etish lozim.
    Ochib ko‘rsatish
    Moliyaviy hisobotlar quyidagilarni ochib berishi kerak:
    -Ilmiy tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlab
    chiqishlarini amalga oshirish xarajatlari uchun qabul qilingan hisob
    siyosatini;
    -Ilmiy tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlanmalariga
    hisobot davridagi xarajat, sifatida tan olingan xarajatlar miqdorini;
    -Foydalanilgan amortizatsiya usullarini;
    -Qabul qilingan foydali xizmat muddati yoki amortizatsiya
    me’yorlarini;
    -Hisobot davrining boshida va oxirida
    tajriba-konstruktorlik ishlariga amortizatsiya qilinmagan xarajatlar
    qoldig’ini, bunda quyidagilar ko‘rsatilishi kerak:
    16-bandga muvofiq aktiv deb tan olingan tajriba-konstruktorlik ishlariga qilingan xarajatlar;
    19 va 22-bandlarga muvofiq xarajat deb tan olingan tajriba-konstruktorlik ishlariga qilingan xarajatlar;
    Boshqa aktivlar hisobiga o‘tkazilgan tajriba- konstruktorlik ishlariga qilingan xarajatlar;
    23-bandga muvofiq ravishda qayta tiklangan tajriba- konstruktorlik ishlari xarajatlari.
    O‘tkazish qoidalari
    Ushbu standartning qabul qilinishi hisob siyosatida o‘zgarish bo‘lishiga olib keladigan holatlarda xo‘jalik yurituvchi sub’ekt o‘z moliyaviy hisobotini "Moliyaviy natijalar to‘g’risidagi hisobot" deb atalgan 3-son BHMSga muvofiq ravishda tuzatishi lozim. Shu bilan bir vaqtda xo‘jalik yurituvchi sub’ekt tajriba-konstruktorlik ishlariga ushbu standart kuchga kirgan vaqtdan keyin qilingan xarajatlarnigina 16-bandda sanab o‘tilgan mezonlarga javob bergan taqdirda aktiv sifatida aks ettirishi lozim.
    Download 81 Kb.
    1   2   3




    Download 81 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Рўйхатга олинган тасдиќланган

    Download 81 Kb.