Robototexnika asoslari




Download 234,56 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana15.02.2024
Hajmi234,56 Kb.
#156991
1   2   3
Bog'liq
2-сон-40-42 (1)
ehtimollik m
Kalit so’zlar: uzviylik, uzluksizlik, o’quv dasturlar, darslik, xalqaro talablar
ijodkorlik, mantiqiy fikrlash, texnologiya, robototexnika, mexatronika. 
Hozirgi kunda ilm-fan, ta’lim va ishlab chiqarish o’rtasidagi o’zaro integratsiya 
jarayonlarini rivojlantirish dolzarb masalalardan. Jumladan, texnologiya ta’limini 
modernizatsiyalashda maktabgacha ta’lim tashkiloti, umumiy o’rta ta’lim, professional 
ta’lim va oliy ta’lim tizimlarining o’zaro integratsiya jarayonlarini bosqichma-bosqich, 
oddiydan-murakkabga qarab yo’lga qo’yilishi natijasida ishlab chiqarish sohalari 
uchun yetuk mutaxassis kadrlarni tayyorlashga erishiladi. 


“Ilm-fan va ta’lim” ilmiy jurnali
2181-4325 

https://ilmfanvatalim.uz/ 

№ 2
~ 41 ~ 
Yangi tahrirda chiqqan 5-6-7 sinf texnologiya fani darsligi mazmuniga 
mexatronika, robototexnika, elektrotexnika, avtomatika, arduino kabi O’zbekiston 
iqtisodiyoti rivoji uchun zarur bo’ladigan komponentlarning kiritilganligi bo’lajak 
maktab bitiruvchisi va mutaxassislarning kasbiy sifatlariga albatta ijobiy ta’sir 
ko’rsatadi. 
Bugungi kunda mavjud oliy ta’lim muassasalarida texnologiya fani yo’nalishida 
o’qituvchi pedagog-kadrlarni tayyorlash sifati ushbu yangi kiritilgan elementlarni 
o’qitish talablariga mos kelmasligi texnologiya fanini o’qitishni tubdan qayta ko’rib 
chiqish va zamon talabiga mos ravishda yangilashni taqozo etmoqda. 
Oliy ta’lim muassasalarida texnologiya ta’limi yo’nalishlari amaldagi joriy holati 
va to’plangan tajribalar tahlilidan kelib chiqib bitiruvchi kurslar o’quv rejasida 
“Robototexnika asoslari” fani mavjud, biroq fanning mazmuni maktab darsligi 
mazmuni bilan tubdan farq qilishi ta’lim mazmuning uzviyligi ta’minlanmaganligini 
bildiradi. Fanning mazmuniga elektron loyihalarni yaratish uchun arduino platformasi, 
manipulyator shaklida boshqaruv funksiyalariga ega turli sensorlar va ularni dasturlash 
qismlari va ularning ish mazmuni kiritilishi maqsadga muvofiq. 
Ta’limning mazmunini o’quv dasturlari belgilar ekan, ularning ta’lim turlari 
o’rtasida bog’liqlik, fanlararo, sinflar, kurslar o’rtasida uzviy bo’lishi muhim. 
Ta’limning barcha bosqichlarida keng ko’lamli islohotlar bo’lmoqda, bunda shaklan 
o’zgarish bilan birga sifatni ta’minlovchi mazmun o’zgartirishini qilishimiz kerak. 
Bunda o’quv dasturlari mazmunini xalqaro talablarga moslashtirish hamda 
tadqiqotlarda munosib ishtirok etishini ta’minlash lozim. 
Muammoni yechimi sifatida kelajak kasblari mutaxasislariga jamiyat, davlat 
tomonidan talab qilingan yuqori professional malakalarni shakllantirish uchun 
quyidagilar tavsiya qilinadi: 
1.kelajak kasblari uchun asos sifatida robototexnikaning didaktik salohiyatini 
o’rganish; 
2.robototexnika fanini uzluksiz ta’lim barcha bosqichlari o’rtasida uzviylikni 
tashkil etish; 
3.robototexnika o’quv dasturining yangi madelini ishlab chiqish; 
4.ma’lum ta’lim bosqichlarida robototexnika fanining moddiy texnik- ta’minotini 
shakllantirish; 
Xulosa qilib, bugungi kunda robototexnika fani o’quvchilarni maktab yoshidan 
ijodkorlik jarayoniga jalb qilish, mantiqiy fikirlashlarni rivojlantirish, kelajakda o’z 
kasb yo’lini tanlash imkonini berishi uchun mavjud qarama-qarshiliklarni bartaraf etib, 
uzluksiz ta’lim turlariaro rorbototexnikani o’qitishning uzviyligini ta’minlash 
maqsadida oliy ta’limda texnologiya yo’nalishi “Robototexnika asoslari” fani o’quv 
dasturining yangi modelini ishlab chiqishni asos deb hisoblayman. 
 


“Ilm-fan va ta’lim” ilmiy jurnali
2181-4325 

https://ilmfanvatalim.uz/ 

№ 2
~ 42 ~ 

Download 234,56 Kb.
1   2   3




Download 234,56 Kb.
Pdf ko'rish