|
Rossiya federatsiyasining sanoati
|
bet | 10/12 | Sana | 01.12.2023 | Hajmi | 118,19 Kb. | | #109408 |
Bog'liq Rossiya iqtisodiy geografiyasi3.2. Rossiya federatsiyasining sanoati
Neft sanoati. Konlardan qazib olingan neftning katta qismi mamlakat ich- karisidagi uzunligi 70 ming km ga yaqin bo‘lgan neft quvurlari orqali tashiladi. Bu quvurlar neft qazib oluvchi rayonlami davlatning boshqa barcha hududlari bilan bog‘lab turadi. Neft MDH davlatlariga, Sharqiy va G‘arbiy Yevropa mamlakatlari va Xitoyga eksport qilinadi. So‘nggi yillarda o‘rtacha hisobda yiliga 150 mln. tonnagacha neft eksport qilinmoqda.
Gaz sanoati. Rossiya tabiiy gazning sanoat zaxiralari va uni qazib olish haj- mi bo‘yicha dunyoda ikkinchi o‘rinni egallaydi. Bu xomashyoning asosiy qismi G‘arbiy Sibiming shimolida, Shimoliy Kavkazda, Ural rayonida, Volgabo‘yida, Komi Respublikasida, Yakutiyada, Saxalinda qazib olinadi. Uning asosiy qismi G‘arbiy Sibirga to‘g‘ri keladi.
Magistral quvurlarining asosiy tizimlari - G‘arbiy Sibirdagi gazga boy yer- lardan, (Yolgabo‘yi, Ural, Shimoliy Kavkazdan) gazni Markaziy Rossiyaga hamda xorijga yuboradi.
Ko‘mir sanoati. Rossiyada toshko‘mir ham, qo‘ng‘ir ko‘mir ham qazib olinadi. 2012-yilda 300 mln. tonna atrofida ko‘mir qazib olindi. Bundan 30 mln. tonnasi chet el davlatlariga eksport qilindi.
Elektroenergetikasi. Elektroenergiya ishlab chiqarish bo‘yicha Rossiya dunyoda AQSH, Yaponiya va XXR dan keyin to‘rtinchi o‘rinda turadi (2008-yilda 940 mlrd. kYtG’s). Elektr quvvatining eng katta qismi issiqlik stan- siyalarida ishlab chiqariladi (70% dan ortiq). Elektroenergetika balansida gid- ravlik elektrostansiyalaming hissasi 18 % ga, atom elektrostansiyalaming hissa- si 12% ga teng.
Qora metallurgiya. 2012-yilda jami 80,0 mln. t temir rudasi qazib olindi. Qora metallurgiyaga zarur bo‘lgan kokslanadigan ko‘mir Kuzbass va Pechora havzalaridan keltiriladi.
2012-yilda 40 mln. t cho‘yan, 50 mln. t po‘lat eritildi. Bu ko‘rsatkich bo‘yicha Rossiya Xitoy, Yaponiya, AQSH va Koreya Respublikasidan keyin beshinchi o‘rinni egallaydi. Rossiyada qora metall ishlab chiqarish, asosan, uchta muhim qora metallurgiya markazlari - Ural, Markaziy qoratuproq va G‘arbiy Sibir iqtisodiy rayonlarida jamlangan. Yirik markazlari: Nijniy Tagil, Magnitogorsk, Chelyabinsk, Novotroitsk, Novokuznetsk, Cherepoves, Stariy Oskol, Lipetsk va boshqalar.
Rangli metallurgiya. Qo‘rg‘oshin-rux sanoati ishlab chiqarishning joylashishi murakkabligi bilan xarakterlanadi. Polimetall rudalari Shimoliy Kavkaz, Zabaykalye, Uzoq Sharq va Primoryeda qazib olinadi. Xomashyoni metallurgik qayta ishlash, odatda, boshqa rayonlarda amalga oshiriladi (qo‘rg‘oshin-rux konsentratlari tashish uchun qulay).
Achinsk, Bratsk, Boksitogorsk, Yolxov, Volgograd, Kamensk-Uralsk, Kandalaksha, Krasnoyarsk, Novokuznetsk, Shelexov aluminiy sanoatining asosiy markazlaridir.
Mashinasozlik Rossiyaning barcha hududlarida bir tekis tarqalgan. Lekin ba’zi rayonlarda u asosiy tarmoq hisoblansa, boshqa rayonlarda ichki ehtiyojlami qondirishga qaratilgan, xolos.
Energetika mashinasozligi korxonalarida bug‘ qozonlari, bug‘ turbinalari va generatorlar, gidroturbinalar, dizel va elektrodvigatellar tayyorlanadi. Bunday korxonalar Biysk, Barnaul, Taganrog, Belgorod, Sankt-Peterburg, Novosibirskda ishlab turibdi.
Stanoksozlik korxonalari birmuncha tekis tarqalgan. Biroq mahsulotning katta qismi Markaziy, Shimoli-g‘arbiy iqtisodiy rayonlarda va Uralda ishlab chiqariladi.
Rossiyaning avtomobil sanoati yengil avtomashinalar, yuk mashinalari, avtobuslar, trolleybuslar ishlab chiqaradi. Bu tarmoqning ilk yirik korxonalari Moskva, Yaroslavl va Nijniy Novgorodda qurilgan edi. Hozirgi vaqtda Nijniy Novgorod, Ijevsk, Miass, Ulyanovsk, Moskva, Tolyatti shaharlaridagi korxonalarda yengil avtomobillar ishlab chiqariladi. Pavlovo (Nijniy Novgorod oblasti) va Likino (Moskva oblasti) shaharlarida avtobuslar ishlab chiqariladi. Yuk avtomobillari Moskva, Nijniy Novgorod, Ulyanovsk, Naberejniye Chelni shaharlarida ishlab chiqariladi. Shu bilan bir qatorda motorlar va dizellar ishlab chiqaruvchi maxsus korxonalar ham faoliyat ko‘rsatib turibdi. Engels shahrida (Saratov oblasti) trolleybuslar ishlab chiqariladi.
Temiryo‘l mashinasozligining yirik korxonalari Nijniy Novgorod, Sankt- Peterburg, Ulan-Ude, Nijniy Tagil, Kolomna, Kaluga, Lyudinov, Murom, Novocherkassk shaharlarida joylashgan. Vagonlar (metro vagonlari, tram- vaylar va temiryo‘l vagonlari) Bryansk, Mitishi, Nijniy Tagil, Tver hamda Abakan, Altaysk, Sankt-Peterburg, Ust-Katav va boshqa shaharlarda ishlab chiqariladi.
Dengiz va daryo kemasozligi, kema ta’mirlash Sankt-Peterburg, Astraxan, Nijniy Novgorod, Tyumen, Krasnoyarsk, Xabarovsk, Blagoveshensk, Kom- somolsk-Amur, Arxangelsk, Murmansk, Yaroslavl, Ribinsk, Zelenodolsk sha- harlarida amalga oshiriladi.
Samolyotsozlik Moskva, Qozon, Samara, Yoronej, Saratov, Smolensk, Rostov-Don, Taganrog, Komsomolsk-Amur kabi yirik sanoat markazlarida rivojlangan.
Kimyo va neft-kimyo sanoati. Superfosfat sanoatining eng yirik korxonalari Yoskresensk (Moskva oblasti), Sankt-Peterburg, Kingisepp (Leningrad oblasti) dagi kombinatlardir. Azot o‘g‘itlarini ishlab chiqarish bo‘yicha esa Dzerjinsk (Nijniy Novgorod yaqinida), Novomoskovsk (Tula oblasti), Nevinnomisk (Stavropol o‘lkasi), Kemerovo shaharlaridagi kombinatlar katta ahamiyatga ega. Uralda (Solikamsk, Berezniki) kaliy o‘g‘itlari ishlab chiqariladi. So‘nggi yillarda organik sintez kimyosining ahamiyati ortib bormoqda.
Sun’iy va sintetik tola yetkazib beruvchi kimyo korxonalari Tver, Ryazan, Balakov (Saratov oblasti), Barnaul, Kursk, Engels, Yoljskiy, Krasnoyarsk kabi shaharlarda joylashgan.
O‘rmon, yog‘ochni qayta ishlash va selluloza-qog‘oz sanoati. Bu tarmoq juda katta ahamiyatga ega. Rossiya o‘rmonlarga juda boy va ular hudud bo‘yicha keng tarqalgan. Umumiy o‘rmon maydonlari 766 mln. gektami tashkil etadi.
Selluloza-qog‘oz sanoati korxonalarini joylashtirishda xomashyo omilining ahamiyati juda katta. Hozirgi vaqtda bu tarmoqning asosiy markazlari Shimoliy rayonda (Kondopoga, Arxangelsk, Kotlas, Siktivkar), Uralda (Krasnokamsk, Krasnovishersk, Solikamsk), Volga-Vyatka rayonida (Balaxna, Pravdinsk, Voljsk) joylashgan. Sibirda (Krasnoyarsk, Bratsk, Ust-Ilimsk, Selenginsk, Baykalsk) va Uzoq Sharqda yirik kombinatlar ishlaydi.
Yengil sanoat. So‘nggi yillarda bu tarmoqda jiddiy vaziyat yuzaga kelgan. RF sanoati tizimidagi uning salmog‘i sezilarli kamaydi. Shunga qaramasdan, hozirgi vaqtda tez sur’atlar bilan rivojlanmoqda. Yirik to‘qimachilik sanoati markazlari qatoriga Ivanovo, Moskva, Yaroslavl, Orexovo-Zuyevo, Noginsk, Tver; jun gazlama tarmog‘i markazlariga Moskva, Tver; zig‘ir gazlama sanoati markazlariga Kostroma, Vyazniki; ipak gazlama markazlariga Moskva, Naro- Fominsk shaharlari kiradi.
|
| |