|
Rossiya ulkan imkoniyatlar mamlakati bo`lib, iqtisodiy o`sish sur'atlarining intensiv omillari va resurslariga (iqtisodiy, tabiiy, ilmiy-texnik, inson kapitali va bosh) egadir
|
bet | 7/12 | Sana | 01.12.2023 | Hajmi | 118,19 Kb. | | #109408 |
Bog'liq Rossiya iqtisodiy geografiyasi2.3. Rossiya iqtisodiy rayonlari
Rossiya iqtisodiy rayonlari tabiiy, ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlarning o`zaro uyg`unlashuvi asosida shakllangan. Rossiya hududida 11 ta Markaziy, Markaziy Qoratuproq, Volp Vyatka. Shimoliy, Shimoli-g`arbiy, Volgaboyi, Shimoliy Kavkaz, Ural. G`arbiy Sibir, Sharqiy Sibir, Uzoq_ Sharq iqtisodiy rayonlari shakllangan. Kaliningrad viloyati alohida kichik rayon.
1. Markaziy iqtisodiy rayon. Maydoni 485,1 ming km. Aholisi 30,4 mln. kishi. Sertarmoq mashinasozlik, kimyo, o`rmon, engil (toq`imachlik), poligrafiya, oziq-ovqat sanoati rivojlangan Sut-go`sht chorvachiligi, kartoshka, sabzavot, kanop, qand lavlagi va boshqalar, yetishtiriladi. Mamlakat poytaxti Moskva-yirik megalopolis siyosiy iqtisodiy-ijtimoiy, madaniy, ilmiy-texnik va transport markazi. Shuningdek, iqtisodiy rayonda Ryazan, Tula, Vladimir, Smolensk, Bryansk Gver, Kostroma, Ivanovo, Kaluga va boshqa yirik sanoat markazlari joyalashgan.
2. Shimoli-G`arbiy iqtisodiy rayon, hududi 196,5 ming km2, aholisi 8,05 mln. kishi. Industrial rayon. Xo`jalik ixtisoslashuvida talab va yuqori malakali mexnatga asoslangan mashinasozlik, rangli metallurgiya, kimyo va engil sanoat rivojlangan. Sut chorvachiligi, cho`chqachilik, parrandachilik, sabzavot va kartoshka, kanop etishtiriladi. Qulay transport-geografik mavqega ega.
Yirik markazlari: Sankt-Peterburg, Novgorod, Pskov va boshqalar;.
3. Shimoliy iqtisodiy rayon. Xududi 1466,3 ming km2, axolisi 5,9 mln. kishi. Xo`jalik ixtisoslashuvida qazib beruvchi va o`rmon sanoati etakchi o`rin tutadi. Rangli va qora metallurgiya, mashinasozlik va kimyo sanoati rivojlangan. Bug`uchilik, baliqchilik (baliqchilik sanoati). janubda-em-xashak ekinlari asosida sut chorvachiligi etakchi o`rin tutadi. Kanop etishtiriladi.
Yirik markazlari: Murmansk, Arxangelsk, Vologda, Petrozavodsk, Sktvkar, Kondapoga, Segeja, Kotlas, Vorkuta va boshqalar.
4. Markaziy qoratuproq iqtisodiy rayoni. Hududi 167,7ming km2, aholisi 7,9 mln. kishi. Rayonda metallurgiya, mashinasozlik sanoati uchun jihozlar ishlab chiqarish, kimyo va oziq-ovqat sanoati, qishloq xo`jaligi (donli va texnika ekinlari: bug`doy, makkajuxori, arpa, roj, qand lavlagi va kungaboqar), kartoshka va sabzavot, bog`dorchilik va shahar a atrofi xo`jaligi, chorvachilik rivojlangan.
Yirik markazlari: Voronej, Kursk, Lipesk, Tambov, Belgorod, Michurinsk, va boshqalar.
5. Volga-Vyatka iqtisodiy rayoni. Hududi 263,3 ming km2, aholisi 8,04 mln. kishi. Iqtisodiy rayon mashinasozlikka ixtisoslashgan bo`lib, kimyo va o`rmon sanoati rivojlangan. Transport mashinasozligi (avtomobilsozlik, kemasozlik), metallni talab (priborsozlik va elektrotexnika) va stanoksozlik etakchi sohalardir. Qishloq, xo` jaligi sertarmok., chorvachilikda yirik shoxli ^ayvonlar, k_uy va chuch ka-chilik rivojlangan, dexdonchilikda kartoshka, don va texnika ekishsh ya etishtiriladi. Yirik markazlari: Nijniy Novgorod, Pavlovo, Saran-k, Dzerjinsk, Kirov. Cheboksari va boshqalar.
6. Volgabuyi iqtisodiy rayoni. Hududi 536,4 ming km2, aholisi 16,9 mln. kishi. Xo`jalik ixtisoslashuvida neft qazib chiqarish va neftgaz qayta ishlash, gaz va kimyo, shuningdek, elektroenergetika va murakkab mashinasozlik, qurilish materishshari ishlab chiqarish yetakchi sohalardir. Ziroatchilikda donli ekinlar (roj, bug`doy), texnika ekinlari sabzavot va poliz ekinlari (Volga va Axtuba daryo shahri oraligida), go`sht sut chorvachiligi rivojlangan.
Yirik markazlar: Samara, qozon, Volgograd, Saratov, Tolyatti, Ulyanovsk, Naberejnoe Chelni va boshqalar.
7. Shimoliy Kavkaz iqtisodiy rayoni. Xududi 355,1 ming km2, axolisi 17,7 mln. kishi. Qishloq. xujaligi yuqori darajada rivojlangan va sertarmoq, sanoatda mashinasozlik, yoqilg`i va oziq-ovqat sanoati etakchi sohalar. Mamlakatning yirik qishloq xujaligi rayoni. Donli ekinlar (bug`doy, makkajuxori va bosh.), texnika ekinlari (qand lavlagi, tamaki, kungaboq va boshqalar.), sabzavotchilik, bog`dorchilik, uzumchilik, noy (Krasnodar o`lkasi) etishtirish rivojlangan. Yirik sanoat markazlari: Rostov-Don, Taganrog, Millerovo, Novocherkassk, Krasnodar
8. Ural iqtisodiy rayoni. Xududi 824 ming km2, aholisi 20,4 mln. kishi. Mamlakatning «xazinasi», yirik va xilma-xil foydali qazilmalarga juda boy.
Qazib beruvchi sanoat, metallurgiya (qora va rangli metallurgiya), mashinasozlik, kimyo va o`rmon sanoati mansulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan.
Qishloq xujaligida, shimol, o`rta va janubiy mintaqalar agroiqlimiy omillar va relef asosida bir-biridan farqlanadi. Janubda don-chorvachilik yunalishida qoramolchilik, qo`ychilik va echkichilik (maisur Orenburg echkilari), Boshqirdistonda asalarichilik rivojlangan.
Yirik shaxarlari: Chelyabinsk, Yekaterinburg, Nijniy Tagil, Perm, Ufa, Magnitogorsk
9. G`arbiy Sibir iqtisodiy rayoni. Hududi 2427,2 ming km2, aholisi 15,1 mln. kishi. Yengil sanoati (neft, tabiiy gaz va ko`mir qazib chiqarish), qora metallurgiya, kimyo, neft-kimyo, mashinasozlik va don yetishtirishga ixtisoslashgan. Shuningdek, buguchilik, baliqchilik, qo`ychilik, parrandachilik, Tog`li Oltoyda echkichilik qutoschilik rivojlangan.
Yirik markazlari: Novosibirsk, Omsk Tomk Tyumen, Kemerovo; yangi shaxarlar: Nadm, Medveje, Urengoy va boshqalar.
Sharqiy Sibir iqtisodiy rayoni. hududi 4122, ming km2, axolisi 9,1 mln. kishi. Xo`jalik ixtisoslashuv rangli metallurgiya, o`rmon va sellyuloza. Qog`oz sanoati etakchi o`rin tutadi. Qishloq. Xo`jaligi rayon janubida rivojlangan bo`lib ( go`sht, go`sht-jun chorvachiligi (yaylov va o`tloqlar qishloq xo`jaligiga yaroqli yerlarning 30 % dan ortig`ini tashkil qiladi), donli ekinlar (bug`doy, tariq, arpa), sabzavotchilik va kartoshkachilik, shimolda bug`uchilik:
Yirik markazlari: Krasnoyarsk, Irkutsk, Ula -Ude, Chita, Norilsk, Bratsk va boshqalar.
Uzoq Sharq iqtisodiy rayoni. Hududi 6125,9 ming km2, aholisi 7,4 mln. kishi. Uzoq, Sharq xo`jaligida metallurgiya (qora a rangli metallurgiya), olmos qazib chiqarish, baliqchilik, o`rmon va sellyuloza qog`oz, kema ta'mirlash tarmoqlari etakchi o`rin tutadi. Qishloq, xo`jaligi janubiy mintaqalarda rivojlangan (musson iqlimi tufayli), soya, sholi, sabzavot, kartoshka etishtiriladi. Taygada ovchilik muhim o`rin tutadi. Juda katta baliq zaxiralari mavjud.
Yirik shaxarlari: Komsomolsk-Amur, Xabarovsk:, Vladivostok. Shuningdek, Vladivostok, Naxodka, Vanino, Yujniy Saxalinsk, Petropovlovsk-Kamchatka shaxarlari dengiz port shaxarlari bo`lib, Rossiya tashqi savdosi amalga oshiriladi.
Bugungi kunda «erkin iqtisodiy mintaqa» deb e'lon qilingan. Hududi 15,1 ming km2, aholisi 932 ming kishi. Xo`jalikda bosh ixtisoslashuv: baliq sanoati, mashinasozlik, sellyuloza-qog`oz ishlab chiqarish. Sut-go`sht chorvachiligi va em-xashak ekinlari etishtirish, kurort xujaligi (Pionersk, Svetlogorsk va boshqalar) rivojlangan. Kaliningrad viloyatining istiqboldagi rivojlanishi uning «erkin iqtisodiy mintaqa» maqomi bilan bog`liq.
Yirik markazlari: Kaliningrad, Chernyaxovsk, Sovegsk, Baltiysk, Gusev va boshqalar.
Tashqi iqtisodiy aloqalari. Rossiyada bozor tamoyillarining hayotga talonu etilishi bilan mamlakat xorijiy sheriklar uchun tobora oshkora bo`lib bormoqda. Tashqi savdoni samarali tashkil etish, uning tarkibi aa dinamikasi, ko`p jihatdan milliy iqtisodiyotning kelgusida holati, muammo va rivojlanish istiqbolini belgilaydi. Rossiya iqtisodiyotida tashqi savdo roli ortib borayotgagoshgiga karamay, dunyo eksport va importining 1,2-1.5 % i tapjil qilmoqda, xolos. Tashqi savdo ulush yalpi ichki mahsulot xajmida 25 % ga etmaydi va iqtisodiy rivojlangan mamlakatlardan sezilarli darajada past.
Rossiya tashki savdosida an'anaviy MDH mampakatlariga «birlik» saqlanib qolgan bo`lsada, iqtisodiy rivojlangan mamlakatlar bilan aloqalari tez rivojlanib bormoqda. 1994 yil Rossiya va Yevropa Ittifoqi o`rtasida savdo-sotiq shartnomasi imzolandi. Bugungi kunda Rossiya eksportining 40 % i aynan Yevropa Ittifoqi bilan savdo aloqalariga to`g`ri kelmoqda. Asosiy savdo sheriklari Germaniya, Italiya, Yaponiya va Buyuk Britaniyadir. Tashqi savdoda tovar tarkibi o`zgardi va dunyo bozoriga qazib chiqarilayotgan neftning 40 %, tabiiy gazning 30 % dan ortig`i, 30 % neft maxsulotlari, 35 % dan ortiq, mineral o`g`itlar, 25 % yog`och, 60 % dan ortiq; faner chiqarmoqda. Yoqilg`i-energetika resurslari Rossiya eksportining 45,9 % tashkil qiladi. Shuningdek, xom ashyo va yarim fabrikatlar, metall, temir rudasi, po`lat, alyuminiy va boshqa maxsulotlar chiqarmoqda.
Ammo mashinasozlik maxsulotlari mamlakat eksportining 9 % ini tashkil qiladi, xolos. Keyingi yillarda eksportga xarbiy sanoat majmuasi maxoulotlari chiqarish kengayib bormoqda.
Rossiya importida mashinasozlik jihozlari va transport vositalari (30 % atrofida) etakchilik qiladi. Ayniqsa, Rossiya ichki bozorini import televizor, xolodilnik, videomagnitofon, shaxsiy kompyuter, nusxa qo`chiruvchi va ko`paytiruvchi apparatlar va boshqa murakkab maishiy texnika egallab oldi. Ikkinchi o`rinda oziq-ovqat mahsulotlari (35 % dan iborat bo`lib, go`shtga bo`lgan ehtiyojning 60 %, sariyog`ga bo`lgan exhtiyojning 51 % va o`simlik bo`lgan ehtiyojning 30 % ni bermoqda) turadi. Ochiq: iqtisodiy siyosat ilmiy-texnik hamkorlikning kengayishiga olib kelmoqda. Germaniya, Finlyandiya, Avstriya, Sharqiy Yevropa mamlakatlari kompaniyalari bilan birgalikda bu yo`nalishda tadbirkorlik ishlari kengaymoqda. Ayni vaqtda Rossiya kapitali ishtirokida xorijiy sheriklar bilan birgalikda tadbirkorlik ishlari faollashmoqda. Xorijiy mamlakatlar bilan iqtisodiy hamkorlikning istiqbolli shakli erkin iqtisodiy mintaqalar tashkillanmoqda (Kaliningrad viloyatida).
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Rossiya ulkan imkoniyatlar mamlakati bo`lib, iqtisodiy o`sish sur'atlarining intensiv omillari va resurslariga (iqtisodiy, tabiiy, ilmiy-texnik, inson kapitali va bosh) egadir
|