Rossiyaning iqtisodiy geografik tavsifi




Download 163,5 Kb.
bet14/14
Sana16.12.2023
Hajmi163,5 Kb.
#120055
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
Rossiya

Yirik mar­kazlari: Kaliningrad, Chernyaxovsk, Sovegsk, Baltiysk, Gusev va boshqalar.
Tashqi iqtisodiy aloqalari. Rossiyada bozor tamoyillarining hayotga talonu etilishi bilan mamlakat xorijiy sheriklar uchun tobora oshkora bo`lib bormoqda. Tashqi savdoni samarali tashkil etish, uning tarkibi aa dinamikasi, ko`p jihatdan milliy iqtisodiyotning kelgusida holati, muammo va rivojlanish istiqbolini belgilaydi. Rossiya iqtisodiyotida tashqi savdo roli ortib borayotgagoshgiga karamay, dunyo eksport va importining 1,2-1.5 % i tapjil qilmoqda, xolos. Tashqi savdo ulush yalpi ichki mahsulot xajmida 25 % ga etmaydi va iqtisodiy rivojlangan mamlakatlardan sezilarli darajada past.
Rossiya tashki savdosida an'anaviy MDH mampakatlariga «birlik» saqlanib qolgan bo`lsada, iqtisodiy rivojlangan mamlakatlar bilan aloqalari tez rivojlanib bormoqda. 1994 yil Rossiya va Yevropa Ittifoqi o`rtasida savdo-sotiq shartnomasi imzolandi. Bugungi kunda Rossiya eksportining 40 % i aynan Yevropa Ittifoqi bilan savdo aloqalariga to`g`ri kelmoqda. Asosiy savdo sheriklari Germaniya, Italiya, Yaponiya va Buyuk Britaniyadir. Tashqi savdoda tovar tarkibi o`zgardi va dunyo bozoriga qazib chiqarilayotgan neftning 40 %, tabiiy gazning 30 % dan ortig`i, 30 % neft maxsulotlari, 35 % dan ortiq, mineral o`g`itlar, 25 % yog`och, 60 % dan ortiq; faner chiqarmoqda. Yoqilg`i-energetika resurslari Rossiya ek­sportining 45,9 % tashkil qiladi. Shuningdek, xom ashyo va yarim fabrikatlar, metall, temir rudasi, po`lat, alyuminiy va boshqa maxsulotlar chiqarmoqda.
Ammo mashinasozlik maxsulotlari mamlakat eksportining 9 % ini tashkil qiladi, xolos. Keyingi yillarda eksportga xarbiy sanoat majmuasi maxoulotlari chiqarish kengayib bormoqda.
Rossiya importida mashinasozlik jihozlari va transport vositalari (30 % atrofida) etakchilik qiladi. Ayniqsa, Rossiya ichki bozorini im­port televizor, xolodilnik, videomagnitofon, shaxsiy kompyuter, nusxa qo`chiruvchi va ko`paytiruvchi apparatlar va boshqa murakkab maishiy texnika egallab oldi. Ikkinchi o`rinda oziq-ovqat mahsulotlari (35 % dan iborat bo`lib, go`shtga bo`lgan ehtiyojning 60 %, sariyog`ga bo`lgan exhtiyojning 51 % va o`simlik bo`lgan ehtiyojning 30 % ni bermoqda) turadi. Ochiq: iqtisodiy siyosat ilmiy-texnik hamkorlikning kengayishiga olib kelmoqda. Germaniya, Finlyandiya, Avstriya, Sharqiy Yevropa mamlakatlari kompaniyalari bilan birgalikda bu yo`nalishda tadbirkorlik ishlari kengaymoqda. Ayni vaqtda Rossiya kapitali ishtirokida xorijiy sheriklar bilan birgalikda tadbirkorlik ishlari faollashmoqda. Xorijiy mamlakatlar bilan iqtisodiy hamkorlikning istiqbolli shakli erkin iqtisodiy mintaqalar tashkillanmoqda (Kaliningrad viloyatida).
Rossiya O`zbekiston munosabatlari juda uzoq tarixga ega. XX asr-ning 90-yillaridan ikki mamlakat o`rtasida tent huquqli aloqalar o`rnatildi. O`zbekiston Prezidenti I.A.Karimovning 1998,2001, 2004 yil­da Rossiyaga va Rossiya Prezidenti V.Putinning 2000 va 2003 yillarda, amaldagi Prezident D.Medvedovning 2009 yilda O`zbekistonga tashrifi vaqtida iqtisodiy, ilmiy, madaniy xamkorlikning xuquqiy asoslar. yaratildi va munosabatlar jadal rivojlanib bormoqda. 2006 yildan 5 boshlab O`zbekiston Yevrosiyo ittifoqiga kirishi bilan Rossiya-O`zbekiston o`rtasida iqtisodiy aloqalarning mutlako sifat jihatdan yangi bosqishlarni boshlandi.
2006 yilda Rossiya-O`zbekiston o`rtasida tovar ayirboshlash 1828, mln. dollarga yetdi. O`zbekiston Rossiyaga paxta tolasi, avtomobil, meva-sabzavot maxsulotlari qurilish materiallari, uran eksport qilsa, Rossiyadan mashinasozlik jihozlari, elektrotexnika va elektronika mahsulotlari, transport vositalari, qora metall, farmasevtika xamda boshqa maxsulotlarni import qiladi. Ilmiy-texnik va madaniy aloqalar ri­vojlanib bormoqda. Rossiya bilan xamkorlikda O`zbekistonda 520 dan ort uyshma korxonalar tashkil etilgan. Rossiyaning 40 dan ortiq kompaniyasi O`zbekiston hududida uz vakolatxonalariga ega.
Download 163,5 Kb.
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Download 163,5 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Rossiyaning iqtisodiy geografik tavsifi

Download 163,5 Kb.