Rossiyaning iqtisodiy geografik tavsifi




Download 163,5 Kb.
bet6/14
Sana16.12.2023
Hajmi163,5 Kb.
#120055
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Rossiya

Xo`jaligi. Rossiya bozor munosabatlari jadal rivojlanayotgan industrial-agrar mamlakat. Iqtisodiyotda sanoat etakchi o`rin tutadi. XX asrning 90-yillardan boshlab chuqur bozor islohotlari amalga oshirilmoqda.
Rossiya milliy iktisodiyoti rivojlanishidagi bugungi xususiyati ikki yoqlama bo`lib, bir tomondan sanoatning, ayniqsa, ilmtalab sanoat tarmoqlarining rivojlanganlik darajasi, ilmiy-texnik saloxiyat, sanoat va qishoq xo`jaligi maxrulotlari ishlab chiqarish xajmi jihatdan dunyoda iqtisodiy rivojlangan mamlakatlar qatoriga kirsa, ikkinchi tomon­dan, aholi jon boshiga YaIM to`g`ri kelishi, turmush darajasi va uning sifat ko`rsatkichlari jixatdan ancha orqada.
Rossiya hissasiga dunyo xo`jaligidagi 11 % qazib chiqarilayotgan neft, 28 % tabiiy gaz va 14 % kumir to`g`ri keladi. Ayni vaqtda Rossiya dunyo mamlakatlari o`rtasida tabiiy gaz qazib chiqarishda 1-o`rinda, kumir qazib chiqarish, kartoshka yetishtirish va sut tayyorlashda 2-o`rinda, neft kazib chiqarish, sulfat kislotasi (monogidrat) ishlab chikarish buyicha 3-o`rinda, elektr energiyasi xosil qilish, chuyan va pulat eritish, temir rudasi qazib chiqarish, yog`och tayyorlash, ip-gazlama ishlab chiqarish, don va dukkaklilar, qand lavlagi etishtirish buyicha 4-o`rinda, tayyor qora metallar, arralanuvchi materiallar, mineral o`g`itlar ishlab chiqarish bo`yicha 5-o`rinda, sellyuloza ishlab chiqarish, go`sht (so`yilgan vaznda),
hayvon yog`i tayyorlash bo`yicha 6-o`rinda, paypoq-chulki maxrulotlari, baliq ovlash bo`yicha 8-o`rinda, engil avtomobillar va sement ishlab chi­karish buyicha 11-o`rinda, jun gazlamalar, poyabzal ishlab chikarish buyicha 12-o`rinda va kog`oz-karton ishlab chiqarish, shakar, o`simlik yog`i tayyorlash bo`yicha 14-o`rinda turadi. Ayni vaktda harbiy sanoat majmuasi va kosmosni o`zlashtirish bo`yicha Rossiya bilan dunyoda faqat AQSH ragbatlantira oladi, xolos.
Shuningdek, Rossiya YaIM hajmi jihatidan dunyoda 8-o`rinda turadi va hisoblash metodikasi (valyuta to`lov kobiliyati yoki ayirboshlash kursi) bo`yicha hisoblanganda, YaIMning 10 %iga teng. Aholi jon boshiga YaIM to`g`ri kelishi jixatdan Rossiya AQShga nisbatan 5 marta orqada. Dunyo mamlakatlari urtasida aholi jon boshiga yillik YaIM buyicha 59-o`rinda, sanoat maxrulotlari ishlab chiqarish bo`yicha 53-o`rinda, ish bi­lan band bo`lgan bir kishi hisobiga sof yillik shartli ishlab chiqarish (mexnat unumdorligi) bo`yicha 70-o`rinda turadi.
Rossiya ulkan imkoniyatlar mamlakati bo`lib, iqtisodiy o`sish sur'atlarining intensiv omillari va resurslariga (iqtisodiy, tabiiy, ilmiy-texnik, inson kapitali va bosh) egadir.Rossiya ijtimoiy-iqtisodiy salohiyatining asosi, bu-inson kapitalidir. Ayniqsa, Rossiya fuqarolarining ma'lumoti va malakaviy tayyorgarlik darajasi yuqori bo`lib, xorijiy sheriklarning ta'kidlashicha, ular istalgan texnik, ilmiy va iqtisodiy muammolarni echishi hamda turli sharoitda ishlab chiqarish va tijorat maqsadlariga tez moslasha olishi bilan ajralib turadi. Keyingi yillarda esa zamonaviy - menejment, marketing, moliya sohalarida tajriba va malakaga ega Rossiya bozorlarida muvaffaqiyatli ishlayotganlar chet el firma va kompaniyalari tomoni-dan ishga taklif qilinmoqda.
2000 yildan boshlab Rossiya iqtisodiyotida sezilarli o`zgarishlar yuz bermoqda. Bu jarayon iqtisodiy isloxotlarning yanada chuqurlashuvida,, milliy iqtisodiyotdagi tarkibiy o`zgarishlar, ilmtalab sohalarning, ayniqsa, avia-raketa-kosmik sanoat bilan bog`liq tarmoqlarning jadal rivojlanishida ko`zga tashlanmoqda. 2008 yilda jaxon moliya buxroniga tortilgan Rossiya iqtisodiyotning pasayish jarayonlarini bartaraf etish yuzasidan bir qator tadbirlarni amalga oshirmoqda.
Ayni vaqtda Rossiya MDH iqtisodiy doirasida etakchi mavqeni egallab turibdi. Uning hissasiga YaIM ning 60 %idan ortigi va hamkorlikdagi sanoat maxsulotlari ishlab chiqarishining 2/3 qismi to`g`ri keladi.

Download 163,5 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Download 163,5 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Rossiyaning iqtisodiy geografik tavsifi

Download 163,5 Kb.