|
Rossiyaning iqtisodiy geografik tavsifi
|
bet | 7/14 | Sana | 16.12.2023 | Hajmi | 163,5 Kb. | | #120055 |
Bog'liq RossiyaSanoati. Rossiya sanoati bozor iqtisodiyotiga o`tish jarayonida muhim tarmoq o`zgarishlarini boshidan kechirdi. Sanoat maxrulotlari ishlab chiqarishda qazib beruvchi sanoat tarmoqlari (20 %) va yoqilg`i-energetika majmuasi hissasi ortdi (30,6 %) hamda mudofaa va investision faoliyat bilan bog`liq tarmoqlar (kimyo, mashinasozlik, o`rmon, yog`ochni qayta ishlash, sellyuloza-qog`oz) va yengil sanoat ulushi qisqardi.
90-yillarning oxirlaridan boshlab sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish sezilarli darajada rivojlana boshladi (1997 yil 1,5 % ga o`sdi). Bugungi kunda Rossiya huukumati amalga oshirayotgan iqtisodiy siyosat sanoat tarmoqlarini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoit hozirlamoda. 2000 yillar boshlaridan 2010 yilga Rossiyada YaIMni ikki hissa ko`paytirish yuzasidan davlat dasturlari amalga oshirilmoqda.
Rossiya yoqilg`i-energetika majmuasi neft, gaz, ko`mir qazib chiqarish va elektroenergetika sanoatini o`z tarkibiga oladi. Neft zaxiralari jihatidan dunyoda oltinchi o`rinda turadi (Saudiya Arabistoni, Kuvayt, BAA, Iros va Eron) va yiliga 300 mln. yoki dunyoda qazib olinayotgan neftning 11 %i). Neft Shimoliy Kavkaz, Volga-Ural, Timan-Pechora, Rarbiy Sibir (300 dan ortiq neft-gaz konlari ochilgan bo`lib, mamlakatdagi 70 % neft va tabiiy gaz qazib olinmoqda), Uzoq Sharq, Saxalin oroli, Kaliningrad viloyati va boshqa hududlardan qazib olinmoqda. Yirik neftni qayta ishlash zavodlari neft quvurlari, trassalari atrofida va ommaviy iste'mol rayonlarida (Angarsk, Volgagrad, Grozniy, Kirishi, Krasnodar, Komsomolsk
Amur, Kstova, Moskva, Omsk, Perm, Ryazan, Saratov, Szran, Tuapse va boshk.) joylashgan. Neft kazib olishva uni qayta ishlada «Lukoyl», «Surgutnert», «Slavneft», «Rosneft», «Bashneftxim» kompaniya va firmalari asosiy rol o`ynaydi. Qazib olingan neft va neft mahsulotlarining 99,5 % i «Transneft» birlashmasi magistral quvurlari (48,5 ming km) orqali tashiladi. Yirik magistral neft quvurlari Volga - Ural tizimi («Drujba» neft quvuri xam kiradi), Rarbiy Sibir tizimi va Shimoliy Kavkaz tizimlariga kiradi. Rossiya nefti Buyuk Britaniya va Irlandiya, Sharqiy Yevropa, O`rta dengiz bo`yi mamlakatlari, Rarbiy Yevropa, AQSh va Kanadaga eksport qlinadi.
Gaz sanoati rivojlangan bo`lib, uning zaxiralari jihatidan Rossiya Yevropada monopolist hisoblanadi va yiliga 600 mlrd. m3 atrofida qazib chiqaradi. Tabiiy gaz asosan Garbiy Sibir (Urengoy, Yamburg, Medveje va bosh.), Shimoliy Kavkaz (Kuban, Azov buyi, Stavropol), O`ral (Orenburg), Quyi Volga bo`yi (Astraxan), Komi (Vuktl va bosh.), Yoqutiston (Vilyuy) va Saxalindan qazib chiqarilmoqda. Bugungi kunda 90 % qolinayotgan tabiiy gaz Sharqiy rayonlardan (Rarbiy Sibirda va Yamal-Neneskdan 88 %) kazib olinmoqda. Orenburg, Astraxan, Sosnagorsk
(Komi Respublikasi), Rarbiy Sibirda gazni qayta ishlash markazlari shakllandi.
Rossiyada qazib chiqarilayotgan tabiiy gazning 94 % i «Gazprom» hissasiga to`g`ri keladi. Magistral gaz quvurlarining uzunligi Rossiya hududida 80 ming km va MDH doirasida 140 ming km. Asosiy magistral gaz quvurlar Harbiy Sibir, Volga buyi, O`ral, Shimoliy Kavkazdan Markaziy Rossiya, Boltiq bo`yi davlatlari, Belarus, Moldova, Ukraina, Sharqkiy va G`arbiy Yevropa mamlakatlariga yo`nalgan. Bugungi kunda istiqbolli g`oya - «Yamal-Yevropa» gaz quvuri (4000 km) ya'ni Yamal yarim orolidan Markaziy Rossiya, Belarus, Polsha orqali Germaniyaga, shuningdek, Shimoliy Yevropa, Sharqiy Osiyoga, hatto Avstraliyaga qadar yunalgan loyihalar o`rganilmoqda.
Ko`mir sanoatida toshko`mir va qo`ngir ko`mir qazib chiqariladi. Yiliga 244 mln. toshko`mir qazib chiqariladi va 20 mln. eksport qilinadi. Ko`mir yoqilg`i va kimyo sanoatida ishlatiladi. Ko`mir zaxiralari bo`yicha dunyoda 2 o`rinda
(Xitoydan so`ng) turadi. Yirik havzalari - Tungus, Lena, Kansk-Achinsk (qo`ng`ir ko`mir), Kuznesk, Pechora va Taymir, Janubiy Yokutiston va bosh.
Ko`mir qazib olish bilan 72 ta aksiyadorlik jamiyati va 6 ta davlat unitar korxonasi shugullanadi va ularning tarkibida 114 ta shaxta, 125 ta ochiq kon, 68 ta. boyitish va 1 ta briket fabrikasi mavjud.
Rossiya yoqilg`i-energetika balansida neft va tabiiy gaz (70 %) asosiy o`rin tutadi. Shuningdek, yiliga 991 mlrd kVt/s elektr energiyasi (2006 y.) xosil qilinadi. hosil qilinayotgan elektr energiyasining 70 %i IES, 20 %i GES va 10 %i AES lar hissasiga to`g`ri keladi. Yirik IES va IEM -Markaziy iqtisodiy rayon va Volgabuyi, Sibir va Uzoq Sharqda, GES-lar kaskadi Volga-Kama, (Volga-Kama GESlar kaskadi 11 ta gidrouzeldan iborat bo`lib, umumiy quvvati 14 mln. kVt/s), Yenisey va Angara daryolarida (Krasnoyarsk va Sayan-Shushensk GESlarining quvvati 6 mln. kVt.dan, Bratsk quvvati 4 mln. kVt.dan ortiq) qurilgan. Bugungi kunda 9 ta AESlarida 29 ta energobloklar mavjud. Energotalab sanoat korxonalari deyarli elektr uzatish liniyalari (LEP) atrofida joylashgan. Rossiya dunyodagi elektr energiyasi eksport kiluvchi mamlakatlardan biri. Mamlakatda yagona energotizim mavjud. Bu energo tizimni «Rossiya YuS» ochik turdagi aksiyadorlik jamiyati boshqarmasi.
Qora metallurgiya industriyaning uzoq tarmog`i bo`lib, temir rudasi qazib olish, cho`yan va po`lat eritish hamda xilma-xil prokat maxsulotlari ishlab chiqarish majmuasidan iborat. Qazib olinayotgan temir rudasining 80 %i och usulda (yiliga 80 mln. tonna) amalga oshiriladi va uning 20 %i eksportga chiqariladi. Yiliga 40 mln. tonna cho`yan va 50 mln. tonna po`lat eritadi (dunyoda Xitoy, Yaponiya va Asosan 4-o`rinda). Uchta yirik qora metallurgiya rayoni mavjud: Ural (Nijniy-Tagil, Magnitogorsk, Chelyabinsk, Novotroisk), Markaziy (Novotulsk, Novolipesk, Moskva, Nijniy Novgorod, Oskol va bot.) va Sibir (Kuznesk, YEarbiy Sibir, Novosibirsk, Krasnoyarsk va boshkD
Rangli metallurgiya tarkibiga mis, kurgoshin-rux, nikel, kobalt, alyuminiy, titan-magniy, volfram-molibden, shuningdek, asl metallar va kamyob metallar eritish kiradi. Rangli metallurgiya OFHp (mis, qalayi, rux va bosh.), engil (alyuminiy, titan, magniy), asl metallar (oltin, kumush va platina) va kamyob (volfram, molibden, germaniy va bosh.) metallar eritish tarmoqlaridan iborat.
Mis korxonalari Ural (Krasnouralsk, Revda, Kirovgrad, Mednogorsk va bosh.), Shimoliy (Monchegorsk), Sharqiy Sibir (Norilsk), qo`rg`oshin-rux Shimoliy Kavkaz (Vladikavkaz), Ural (Chelyabinsk), G`arbiy Sibir va Uzoqsharq , nikel-kobalt korxonalari Sharqiy Sibir (Norilsk), Ural (Orsk, Rej, Verxniy Ufaley), Shimoliy (Monchegorsk), qalayi korxonalari G`arbiy Sibir (Novosibirsk), alyuminiy korxonalari Shimoli-G`arbiy bo`yi (Volxov, Boksitogorsk va bosh.), Shimoliy (Kandalaksha), Ural (Kamensk-Uralskiy, Krasnoturilsk), Volgabo`yi (Volgograd), G`arbiy Sibir (Novokuznesk), Sharqiy Sibir (Bratsk, Shelexov, Sayangorsk, Krasnoyarsk, Achinsk), titan-magniy korxonalari Ural (Berezniki, Solikamsk) iqtisodiy rayonlarida joylashgan. Rossiya dunyodagi rangli metallarni eksport qiluvchi yirik mamlakatlardan biri (jahon bozoriga yiliga 100-140 ming tonna nikel, 2 mln. t alyuminiy va bosh. chiqaradi). Eksportning rivojlanishida keyingi yillarda tolling operasiyasi, ya'ni xorijiy sheriklarning xom ashyoni Rossiya metallurgiya korxonalarida eritib, so`ngra xorijga olib ketishi muxim rol o`ynamoqda.
Mashinasozlik majmuasi yuqori malakali ishchi, muxandis-texnik xodimlar to’planganligi bilan ajralib turadi. Keyingi yillarda mashinasozlik sanoatining zamonaviy va uta zamonaviy tarmoklari - elektrotexnika, radioelektronika, priborsozlik, aviaraketa-kosmik sanoat tez rivojlanib bormoqda.
Rossiyada og`ir mashinasozlik korxonalari YEkaterinburg (metallurgiya va boshqa sanoat tarmoqlari uchun jixozlar), Chelyabinsk va Miass (og`ir traktorsozlik, ko`mir sanoati va avtomobilsozlik uchun jihozlar), Nijniy-Tagil (yuk vagonlari), Perm (kemasozlik va mashinasozlik uchun jixozlar), Kemerovo, Krasnoyarsk, Kisilevsk, Prokopevsk (tog`-shaxta
Peterburg, Novosibirsk va bosh., stanoksozlik Markaziy, Shimoli-G`arbiy va Ural iqtisodiy rayonlarida, transport mashinasozligi Nijniy Novgorod, Ijevsk, Miass, Ulyanovsk, Moskva va Tolyatti (engil avto-mobillar), Povlova, Likino (avtobuslar), Engels (trolleybus), Moskva, Nijniy Novgorod, Ulyanovsk, Naberejnie Chelni, Miass (yuk avtomo-billari), teplovoz, elektrovoz va vagonsozlik Nijniy Novgorod, Kolomna, Bryansk, Sankt-Peterburg, Ulan-Ude, Nijniy Tagil, Kaluga, Novocherkassk, Abakan, Altaysk, Mitishchi va bosh., dengiz va daryo kemasozligi Sankt-Peterburg, Astraxan, Nijniy Novgorod, Tyumen, Krasnoyarsk, Xabarovsk, Komsomolsk-na-Amur, Arxangelsk (Severodvinsk shaxrida atom suv osti kemalari ishlab chiqariladi), Murmansk va bosh; samolyotsozlik Moskva, Qozon, Samara, Voronej, Saratov, Smolensk, Rostov-Don, Taganrog, qishloq xo`jaligi mashinasozligi va traktorsozlik Sankt-Peterburg, Chelyabinsk, Vladimir, Lipesk, Volgograd, Petrazavodsk va boshqalarda shaharlarda, shuningdek, deyarli yirik shaxarlarda mashinasozlik korxonalari joylashgan.
Kimyo sanoati tarkibiga tog`-kon kimyosi, asosiy kimyo, organik sintez kimyosi, polimer materiallar ishlab chiqarish (kimyoviy tolalar, sintetik smola va plastmassa, sintetik kauchik va bosh.), kimyoviy reaktiv va alohida toza maxsulotlar, lak-bo`yoq; va maishiy kimyo kiradi. Asosiy kimyo (kislotalar, ishqorli va mineral o`g`itlar) korxonalari Shelkova, Novomoskovsk, Voskrasensk, Dzerjinsk, Perm (sulfat kislotasi va bosh.), Perm, Bonirdiston, Oltoyda (soda), Voskrasensk, Sankt-Peterburg, Kingisepp, Solikamsk, Berezniki, Dzerjinsk, Novomoskovsk (Tula oblasti), Kemerovo va bosh. (fosfatli, kaliyli va azotli o`g`itlar, shuningdek, kompleks mineral o`g`itlar: ammofos, nitrofos, karboammofos), organik sintez kimyosi Qozon, Volgograd, Nijniy Tagil, Ufa, Salavat, YEkaterinburg, Sankt-Peterburg (plastmassa ishlab charish), sun'iy va sintetik tolalar Tver, Ryazan, Kemerovo, Novosibirsk, Barnaul, Kursk, Krasnoyarsk va bosh., sintetik kauchik va rezina maxsulotlari Omsk, Tomsk, Yaroslavl, Krasnoyarsk, Sankt-Peterburg, Ufa, Perm kabi shaxarlarda rivojlangan.
Shuningdek, kimyo sanoati bilan texnik va texnologik jihatdan neft-kimyo, mikrobiologiya, farmasevtika, Rossiya Federatsiyasi yumeriya-kosmetika sanoati yirik shaxarlarda rivojlanib bormoqda (Moskva, Sankt-Peterburg, Krasnoyarsk, Xabarovsk, Chita, Novosibirsk, YEkaterinburg,Qozon va bosh;.).
O`rmon sanoati boy o`rmon resurslariga tayanadi (Rossiyadagi urmon may-donlari 766 mln. ga bo`lib, AQSh, Kanada, Shvesiya va Norvegiyadagi
O`rmonlarni birgalikda olganda ham kopdir). Sanoat asoslarida foydalaniladigan o`rmonlar Sibir, Uzoq Sharq va Rossiyaning Yevropa qismi shimolida joylashgan bo`lib, tayyorlanayotgan yog`ochning 75 % ni beradi.
O`rmon sanoati majmuasida yog`och tayyorlash, yog`ochsozlik, sellyuloza-qog`oz, gidroliz va yog`och kimyosi muxim o`rin tutadi. Yirik markazlari Shimoliy rayonda (Kondopogo, Arxangelsk, Kotlas, Suktuvkar), O`ralda (Krasnokamsk, Solikamsk va bosh), Volga-Vyatka rayonida (Balaxna, Pravdinsk, Voljsk), Sibir va Uzoq Sharqda (Krasnoyarsk, Bratsk, Ust-Ilim, Selenginsk, Baykalsk) joylashgan.
Yengil sanoat keyingi shaharda iqtisodiy qiyinchiliklarni boshdan kechirmoqda (xom ashyo muammosi va xorij tovarlarining yuqori raqobat-bardoshliligi tufayli) va sanoat ishlab chiqarishining umumiy hissasidagi ulushi qisqarib bormoqda. Yirik markazlari: Moskva, Sankt-Peterburg, Ivanova, Yaroslav, Orexovo-Zuevo, Noginsk, Tver, Kostroma, Vyazniki va bop. Asosan ip-gazlama, shoyi va jun gazlama, to`qimachilik, tikuvchilik, teri-poyabzal, mo`yna, gilam to`qish va boshqa tarmoqlar rivojlangan.
Oziq-ovqat sanoatida qand-shakar, moy, vino-aroq krupa (yorma), choy, konserva va baliq tarmoqlari xom ashyo rayonlarida, chunonchi, meva konservalari korxonalari Shimoliy Kavkaz, Volgabo`yi, go`sht kombinatlari chorvachilik rayonlari, baliq konservalari ishlab chiqarish port shaxarlarida joylashgan. Iste'mol mintaqalarida yirik non, makaron, qandolatchilik, pivo va boshqa tarmoqlar rivojlangan.
Rossiya oziq-ovqat korxonalari xorij firmalari raqobatiga dosh bera olmayapti. Mamlakat katta miqdorda va ko`plab assortimentda oziq-ovqat mahsulotlarini import qiladi. Garchi Rossiya baliqchilik xo`jaligi va baliqchilik sanoati murakkab xolatda (sob Ittifoqning parchalanishi tufayli baliq ovlash flotining yaxshi kemalari Ukraina, Boltiqbuyi mamlakatlarida) bo`lishiga qaramay, eksportga baliklarning qimatli sortlari: treska, seld, kambala, sudak, losos, osetr va bosh. Krab va ikra chikaradi.
|
| |