Tabiiy sharoiti va resurslari




Download 163,5 Kb.
bet3/14
Sana16.12.2023
Hajmi163,5 Kb.
#120055
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Rossiya

Tabiiy sharoiti va resurslari. Rossiya Federatsiyasi hududining 70%i tekisliklardan iborat. Uchta yirik - Sharkiy Yevropa (yoki Rus) tekisligi, O`rta Sibir yassi tog`ligi va harbiy Sibir tekisliklari alohida ajralib turadi. G`arbda Sharkiy Yevropa (Rus) tekisligi joylashgan bo`lib, unda balandligi 250-400 m bulgan Valday, Urta Rus, Volgabuyi, Bugulma-Belebey, Yuqori Kama va boshqa qirlar, Oka-Don, Kaspiybuyi pastekisliklari, sharqda Ural tog` tizmasi, G`arbiy Sibir tekisligi, Yenisey va Lena daryolari oralig`ida O`rta Sibir yassi tog`i, uning sharqida Markaziy Yokutiston pasttekisligi bor. Mamlakatning sharki va janubida tog`lar ko`p. Katta Kavkaz tog`ining shimoliy yon bag`rida Rossiyadagi eng baland nuqta - Elbrus tog`i (5642 m) joylashgan. Sibirda Oltoy, Kuznesk Olatovi, „ G`arbiy Sayan tog`lari, Tuva, Baykalbuyi, Baykal ortidagi toglar va Sta­novoy tizmasi, Verxoyansk, Chersk tog tizmalari va yassi toglar, Uzoq Sha­rqda Chukotka, Koryak va boshka tog tizmalari mavjud.
Yevropa qudratli tog` hosil bo`lish jarayonlari va litosfera plitasi harakati (Tinch okeani va Yevrosiyo) davom etmoqda. Natijada, intensiv yer qimirlashlari va dengizning halokatli toshqinlari bo`lib turadi. Vulqon faoliyati kuchli, geyzerlar (shlis suvlar va bug`lar) otilib turadi (Kamchat­ka yarim oroli). Xilma-xil relef shakllari, katta xudud, geologik tuzilishi, tabiiy-iqlimiy shart-sharoitlar ko`plab foydali qazilmalarning shakllanishga olib kelgan.
Foydali qazilmalari. Rossiya Federatsiyasi zaminida Mendeleev davriy jadvalidagi deyarli barcha elementlar mavjud. Mamlakat energiya xom ashyosi zaxiralari jihatidan milliy iqtisodiyotini barqaror rivojlantirish, balki, jahon iktisodiyotida ham etakchi o`rinni egallaydi. Chunonchi, dunyodagi bashorat qilingan neft zaxiralarining 13-15 %i, tabiiy gaz zaxiralarining 42 % va ko`mirning 43 %i Rossiya xissasiga to`g`ri keladi. Rossiyaning chekka shimolidagi istiqbolli dengiz (shelf) mintaqasidagi neft zaxiralari Fors Rossiya Federatsiyasi va Kaspiy dengizi xavzalariga qiyoslanmoqda. Bugungi kunda razvedka qilingan dunyodagi neft zaxiralarining 13 % (7 mlrd. tonna), 35 % tabiiy gaz va 12 % kumirning Rossiyaga tug`ri kelishi, mamlakatning yakin istiqbolda ham jahon iktisodiyoti «o`txonasi» rolini o`ynashidan dalolat beradi. Yirik neft-gaz havzalari Shimoliy Kav­kaz, Volgabuyi va Ural oldi, Timan-Pechora, Rarbiy Sibir (tabiiy gaz - Urengoy, Yamburg, Medveje va boshqa, neft - Samotlor, Megionsk, Surgut va bosh.), Yoqutiston va Saxalin, Barens va Kara dengiz shelf mintaqalari (tabiiy gaz), toshkumir - Kuznesk, Rostov (Donesk), Pechora, Sibir va Uzoq Sharqda (Kansk-Achinsk, Tungus va Yokugiston (Lena) havzalari va bosh;.), temir rudasi KMA40, Kola yarim oroli (Olenogorsk, Kovdar, Kostomuksha), Ural, Sibir va Uzos Sharq, rangli metallardan mis, boksit, qo`rgoshin-rux, nikel, nodir va kamyob metallar va qimmat-baho toshlar, olmos, oltin, kumush, platina, kobalt va bota minerallarga ega. Noruda mahsulotlardan fosforit, osh tuzi, kaliyli tuzlar (Kola yarim oroli, Kirov viloyati, Solikamsk va bosh.), qurilish meteriallariga goyat boydir. Unchalik tul bo`lmagan ma'lumotlarga ko`ra, Rossiya Federatsiyasi yer osti boyliklari 80 trln. AQSH dollardan yuqoriroq baholanadi.
Iqlimi. Rossiya iqlimining uziga xos xususiyatlari bir qator geogra­fik omillar - geografik holati xududining garbdan-sharqqa va shimoldan-janubga katta masofaga chuzilganligi, g`oyat xilma-xil relef va okeanlar (Atlantika okeani, Shimoliy Muz okeani va qisman Tinch okeani) bilan bog`diq kontinental, shuningdek, shimoli-garbda dengiz iqlimi, Si­bir va Uzoq: Sharkning shimolida keskin kontinental iklim bulsa, ja­nubida musson iq (qish sovuq, qor kam yogadi va yozi mo`tadil iliq). Yanvarning o`rtacha harorati Yevropa qismining G`arbida va Shimoliy Kavkazda - 0-5°, Saxa sharqda - 40°-50°, jumladan, Oymyakonda - 72,2° bo`ladi. Yoz nisbatan iyulning o`rtacha harorati - 1° dan (Sibir shimoli) - 24-25° gacha. Yillik yog`in miqdori Kavkaz tog`larida 3200 mm., Uzoq Sharqda 1000 mm, Sharkiy Yevropa tekisligining o`rmon zonasida 850 mm, Kaspiybuyi tekisligining cho`llarida 170 mm. Rossiya xududining katta qismidagi dehqonchilik uchun noqulay. Mamla-katda shimoldan-janubga tomon uziga xos tabiat zonalari arktika saxrolari, tundra, o`rmon-tundra, o`rmon, o`rmon-cho`l, cho`l, chala cho`llar shakllangan.

Download 163,5 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Download 163,5 Kb.