|
-mavzu. Kabel tarmoqlarida ish bajarishda elektr xavfsizlik qoidalari
|
bet | 3/8 | Sana | 20.12.2023 | Hajmi | 48,21 Kb. | | #124444 |
Bog'liq EXA O\'quv dasturi 3-kurs MM9-mavzu. Kabel tarmoqlarida ish bajarishda elektr xavfsizlik qoidalari.
Kabel elektr tarmoqlarida ish bajarishda ish rahbarini tayinlash. Kabel tarmoqlari. Yer qazish ishlari. Kabel va muftalarni inshootlarga osish va mahkamlash. Muftani ochish, hamda kabelni kesish tartibi. Muftaga qo‘yiladigan birikma bilan ishlash. Kabellarni yotqizish. Kabel va muftalarni boshqa yerga ko‘chirish.
10-mavzu. Havo elektr uzatish tarmoqlarida ish bajarishda tashkiliy choralar. ish rahbarini tayinlash.
Havo elektr uzatish tarmoqlarida ish bajarishda ish rahbarini tayinlash va
unda farmoyish bo‘yicha ish bajarish. Naryad bo‘yicha ko‘pzanjirli havo elektr uzatish tarmoqlarida, ularning kesishgan joylarida va turli uchastkalarida bajariladigan ishlar. Havo elektr uzatish tarmoqlarida kuchlanish ostida ishlash.
11-mavzu. Havo elektr uzatish tarmoqlari ustunlarida bajariladigan ishlar.
Havo elektr uzatish tarmoqlari ustunlaridagi ishlar. Ishlab turgan havo elektr uzatish tarmoqlarini kesishgan joylaridagi ustunlar oralig‘ida, ishlayotgan havo elektr uzatish tarmoqlari ta’siridan paydo bo‘lgan kuchlanish ostida bo‘lgan tarmoqlarda, ko‘p zanjirli havo elektr uzatish tarmog‘ini o‘chirilgan bir zanjirida va havo elektr uzatish tarmog‘i fazalaridagi ishlarni bajarish. Havo elektr uzatish tarmoqlari trassasini daraxtlardan tozalash. Havo elektr uzatish tarmoqlarini ko‘rikdan o‘tkazish va tekshirish. Havo elektr uzatish tarmoqlarini yo‘l bilan kesishgan va yo‘lga yaqin uchastkalaridagi ishlar, hamda ularda bajariladigan har xil ishlar. Taqsimlovchi elektr tarmoqlarni xolatlarini hisoblashdagi ruxsat etishlar. Taqsimlovchi elektr tarmoqlarda kuchlanish isrofining eng katta qiymatini aniqlash.
12-mavzu. Elektr motorlar, kommutatsion apparatlar va komplekt taqsimlovchi uskunalar, hamda tok transformatorlarida ish bajarishda elektr xavfsizligi.
Elektr motorlarida ish bajarishda elektr xavfsizligi. Kommutatsion apparatlar va komplekt taqsimlovchi uskunalarda ish bajarishda elektr xavfsizligi.
|
| |