|
S. K. Ganiyev, M. M. Karimov, K. A. Tashev Pdf ko'rish
|
bet | 71/183 | Sana | 25.01.2024 | Hajmi | 10,28 Mb. | | #145814 |
Bog'liq Axborot xavfsizligiK erberos xavfsizligi.
Kerberos, kriptografik himoyalashning boshqa har qanday
dasturiy vositasi kabi, ishonchsiz dasturiy muhitda ishlaydi. Ushbu
muhitning hujjatlashtirilmagan imkoniyatlari yoki noto‘g‘ri konfi-
guratsiyasi jiddiy axborotning sirqib chiqishiga olib kelishi mumkin.
Hatto kalitlar, foydalanuvchi ishlash seansida faqat operativ xotirada
saqlansa ham, operatsion tizimdagi buzilish kalitlaming qattiq disk-
da nusxalanishiga olib kelishi mumkin.
Kerberos dasturiy ta’minoti o ‘matilgan ishchi stansiyasidan
ko‘pchilik foydalanuvchi rejimning ishlatilishi yoki ishchi stansiya-
lardan foydalanishning nazorati bo‘lmasligi, dastur-zakladkani kiri-
tish yoki kriptografik dasturiy ta’minotni modifikatsiyalash imko-
niyatini tug‘diradi.
Shu sababli, Kerberos xavfsizligi ko‘p jihatdan ushbu protokol
o ‘matilgan ishchi stansiyasi himoyasining ishonchligiga bogiiq.
Kerberos protokolining o ‘ziga quyidagi qator talablar qo‘yi-
ladi:
- Kerberos xizmati xizmat qilishdan voz kechishga yo'nal-
tirilgan hujumlardan himoyalanishi shart;
- vaqt belgisi autentifikatsiya jarayonida qatnashishi sababli,
tizimdan foydalanuvchilarining barchasi uchun tizimli vaqtni
sinxronlash zarur;
- Kerberos parolni saralash orqali hujumlashdan himoya-
lamaydi. Muammo shundaki, KDCda saqlanuvchi foydalanuvchi ka-
liti uning parolini xesh-funksiya yordamida qayta ishlash natijasidir.
Parolning bo'shligida, uni saralab topish mumkin;
- Kerberos xizmati ruxsatsiz foydalanishining barcha turlaridan
ishonchli himoyalanishi shart;
- mijoz olgan mandatlar hamda maxfiy kalitlar ruxsatsiz foyda-
lanishdan himoyalanishi shart.
Yuqorida keltirilgan talablaming bajarilmasligi, muvaffaqiyatli
hujumga sabab bo'lishi mumkin.
Hozirda Kerberos protokoli autentifikatsiyalashning keng tar-
qalgan vositasi hisoblanadi. Kerberos turli kriptografik sxemalar,
xususan, ochiq kalitli shifrlash bilan birgalikda ishlatilishi mumkin.
|
| |