Endi mijoz bu xabarlami qabul qiladi, birinchi xabami o ‘zining
maxfiy kaliti
Ks bilan rasshifrovka qilib,
seans kaliti Ks,tgsni hosil
qiladi. Maxfiy kalit mijoz parolining bir tomonlama xesh-funksiyasi
boiganligi sababli qonuniy foydalanuvchida hech qanday muammo
tug‘ilmaydi. Niyati buzuq odam to‘g ‘ri parolni bilmaydi, demak, u
autentifikatsiyalash serverining javobini rasshifrovka qila olmaydi.
Shu sababli niyati buzuq odam mandatni
yoki seans kalitini
ololmaydi. Mijoz
TGT mandatini va seans kalitini saqlab, parol va
xesh-qiymatni, ulaming obro‘sizlanish ehtimolliklarini pasaytirish
maqsadida, o ‘chiradi. Agar niyati
buzuq odam mijoz xotirasi
tarkibining nusxasini olishga urinsa, u faqat
TGT va seans kalitini
oladi. Bu ma’lumotlar faqat
TGT ta’siri
vaqtidagina muhim
hisoblanadi.
TGT ta’sir muddati tugaganidan so‘ng bu m a’lumotlar
ma’noga ega boTmaydi. Endi mijoz
TGT dan olingan mandat
yordamida unda ko’rsatilgan
TGT ta’sirining butun muddati
mobaynida server
TGS da autentifikatsiyalashdan o‘tish
imko-
niyatiga ega.