Biometrik autentifikatsiyalashning daktiloskopik tizimi




Download 10,28 Mb.
Pdf ko'rish
bet76/183
Sana25.01.2024
Hajmi10,28 Mb.
#145814
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   183
Bog'liq
Axborot xavfsizligi

Biometrik autentifikatsiyalashning daktiloskopik tizimi.
Biometrik tizimlaming aksariyati identifikatsiyalash parametri 
sifatida bannoq izlaridan foydalanadi (autentifikatsiyaning dakti­
loskopik tizimi). Bunday tizimlar sodda va qulay, autentifikatsiya­
lashning yuqori ishonchliligiga ega. Bunday tizimlaming keng 
tarqalishiga asosiy sabab, barmoq izlari bo'yicha katta ma’lumotlar 
ba’zasining mavjudligidir. Bunday tizimlardan dunyoda asosan 
politsiya, turli davlat va ba’zi bank tashkilotlari foydalanadi.
Autentifikatsiyaning daktiloskopik tizimi quyidagicha ishlaydi. 
Avval foydalanuvchi ro‘yxatga olinadi. Odatda, skanerda barmoq- 
ning turli holatlarida skanerlashning bir necha varianti amalga oshi- 
riladi. Tabiiyki, namunalar bir-biridan biroz farqlanadi va qandaydir 
umumlashtirilgan namuna, «pasport» shakllantirilishi talab etiladi. 
Natijalar autentifikatsiyaning m a’lumotlar bazasida xotirlanadi. 
Autentifikatsiyalashda skanerlangan barmoq izi ma’lumotlar baza- 
sidagi «pasportlar» bilan taaqoslanadi.
Barmoq izlarining skanerlari. Barmoq izlarini skanerlovchi 
an’anaviy qurilmalarda asosiy element sifatida barmoqning xarak- 
terli rasmini qaydlovchi kichkina optik kamera ishlatiladi. Ammo, 
daktiloskopik qurilmalami ishlab chiqaruvchilaming ko’pchiligi 
integral sxema asosidagi sensorli qurilmalarga e ’tibor bermoqdalar. 
Bunday tendensiya bannoq izlariga asoslangan autentifikatsiya- 
lashni qo'llashning yangi sohalarini ochadi.
Bunday texnologiyalami ishlab chiquvchi kompaniyalar bar­
moq izlarini olishda turli, xususan, elektrik, elektromagnit va bosh- 
qa usullami amalga oshiruvchi vositalardan foydalanadilar.
Skanerlardan biri barmoq izi tasvirini shakllantirish maqsadida 
teri qismlarining sig’im qarshiligini o ‘lchaydi. Masalan, Veridicom 
kompaniyasining daktiloskopik qurilmasi yarim-o‘tkazgichli datchik 
yordamida sig‘im qarshiligini aniqlash orqali axborotni yig‘adi. 
Sensor ishlashining prinsipi quyidagicha: ushbu asbobga qo’yilgan 
barmoq kondensator plastinalarining biri vazifasini o ’taydi (6.6- 
rasm). Sensor sirtida joylashgan ikkinchi plastina kondensatoming 
90000 sezgir plastinkali kremniy mikrosxemasidan iborat. Sezgir 
sig‘im datchiklari barmoq sirti do‘ngliklari va pastliklari orasidagi 
elektrik maydon 
kuchining o ’zgarishini o ’lchaydi. Natijada
166


do‘ngliklar va pastliklargacha bo‘lgan masofa aniqlanib, barmoq izi 
tasviri olinadi.
Integral sxema asosidagi sensorli tekshirishda AuthenTec kom- 
paniyasida ishlatiluvchi usul aniqlikni yana ham oshirishga imkon 
beradi.
Qator ishlab chiqaruvchilar biometrik tizimlarni smart-kartalar 
va karta-kalitlar bilan kombinatsiyalaydilar.
Pastlikkacha
masofa
Do‘nglikkacha
masofa
Integral sxemalar asosidagi barmoq izlari datchiklarining ki- 
chik oMchamlari va yuqori bo‘lmagan narxi, ulami himoya tizimi 
uehun ideal interfeysga aylantiradi. Ulami kalitlar uchun breloklarga 
o'matish mumkin. Natijada foydalanuvchi kompyuterdan boshlab to 
kirish y o ii, avtomobillar va bankomatlar eshiklaridan himoyali 
foydalanishni ta'minlaydigan universal kalitga ega bo‘ladi.

Download 10,28 Mb.
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   183




Download 10,28 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Biometrik autentifikatsiyalashning daktiloskopik tizimi

Download 10,28 Mb.
Pdf ko'rish