• 6.5. Foydalanuvchilarni biometrik identifikatsiyalash va autentifikatsiyalash
  • A  B : c e r t A, rA, B , S A(rA, rB,B)




    Download 10,28 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet75/183
    Sana25.01.2024
    Hajmi10,28 Mb.
    #145814
    1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   183
    Bog'liq
    Axborot xavfsizligi

    A < - В :rB
    A - > B : c e r t A, rA, B , S A(rA, rB,B)
    A < - B certB, A , S B(rA, rB, A)
    Ushbu protokoldagi xabarlami ishlash oldingi protokoldagidek 
    bajariladi.
    Nazorat savollari:
    1. Q af iy autentifikatsiyalash muolajalarini tushuntirib bering.
    2. Simmetrik algoritmlarga asoslangan qat’iy autentifikatsiya­
    lash sxemasini tushuntirib bering.
    3. Kerberos protokolida domenlararo autentifikatsiyalash xusu- 
    siyatlari nimada?
    4. Bir tomonlama kalitli xesh-funksiyalardan foydalanishga 
    asoslangan qat’iy autentifikatsiyalash sxemasini tavsiflang.
    5. Asimmetrik algoritmlarga asoslangan q a f iy autentifi­
    katsiyalash protokollari ishlash sxemasini tushuntirib bering.
    6. Raqamli imzoga asoslangan qat’iy autentifikatsiyalash 
    protokolini yoritib bering.
    6.5. Foydalanuvchilarni biometrik identifikatsiyalash va 
    autentifikatsiyalash
    Oxirgi vaqtda insonning fiziologik parametrlari va xarakte- 
    ristikalarini, xulqining xususiyatlarini o‘lchash orqali foydala- 
    nuvchini ishonchli autentifikatsiyalashga imkon beruvchi biometrik 
    autentifikatsiyalash keng tarqalmoqda.
    Biometrik autentifikatsiyalash usullari an’anaviy usullarga 
    nisbatan quyidagi afzalliklarga ega:
    - biometrik alomatlaming noyobligi tufayli autentifikatsiya- 
    lashning ishonchlilik darajasi yuqori;
    164


    - biometrik alomatlaming sog‘lom shaxsdan ajratib bo'lmas-
    ligi;
    - biometrik alomatlami soxtalashtirishning qiyinligi.
    Foydalanuvchini autentifikatsiyalashda faol ishlatiladigan bio­
    metrik alomatlar quyidagilar:
    • barmoq izlari;
    • qo‘l panjasining geometrik shakli;
    • yuzning shakli va o ‘lchamlari;
    ovoz xususiyatlari;
    • ko‘z yoyi va to‘r pardasining naqshi.
    Autentifikatsiyaning biometrik qismtizimi ishlashining namu- 
    naviy sxemasi quyidagicha. Tizimda ro‘yxatga olinishida foydala- 
    nuvchidan o‘zining xarakterli alomatlarini bir yoki bir necha marta 
    namoyish qilinishi talab etiladi. Bu alomatlar tizim tomonidan 
    qonuniy foydalanuvchining qiyofasi sifatida ro‘yxatga olinadi. 
    Foydalanuvchining bu qiyofasi tizimda elektron shaklda saqlanadi 
    va o ‘zini qonuniy foydalanuvchi deb da’vo qilgan har bir odamni 
    tekshirishda ishlatiladi. Taqdim etilgan alomatlar majmuasi bilan 
    ro‘yxatga olinganlarining mosligi yoki mos kelmasligiga qarab, 
    qaror qabul qilinadi. Iste’molchi nuqtayi nazaridan biometrik auten- 
    fikatsiyalash tizimi quyidagi ikkita parametr orqali xarakterlanadi:
    • xatolik inkorlar koeffitsienti FRR (false-rejectrate);
    • xatolik tasdiqlar koeffitsienti FAR (false-alarmrate).
    Xatolik inkor tizim qonuniy foydalanuvchi shaxsini tasdiq-
    lamaganda paydo bo‘ladi (odatda FRR qiymati, taxminan, 100 dan 
    bimi tashkil etadi). Xatolik tasdiq tizim noqonuniy foydalanuvchi 
    shaxsini tasdiqlaganida paydo bo‘ladi (odatda FAP qiymati, tax­
    minan, 10000 dan bimi tashkil etadi). Bu ikkala koeffitsient bir-biri 
    bilan bog‘liq: xatolik inkor koeffitsientining har biriga ma’lum 
    xatolik tasdiq koeffitsienti mos keladi. Mukammal biometrik tizim­
    da ikkala xatolikning ikkala parametri nolga teng bo‘lishi shart. 
    Afsuski, biometrik tizim ideal emas, shu sababli nimanidur qurbon 
    qilishga to‘g ‘ri keladi. Odatda tizimli parametrlar shunday sozla- 
    nadiki, mos xatolik inkorlar koeffitsientini aniqlovchi xatolik tasdiq- 
    laming istalgan koeffitsientiga erishiladi.
    165



    Download 10,28 Mb.
    1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   183




    Download 10,28 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    A  B : c e r t A, rA, B , S A(rA, rB,B)

    Download 10,28 Mb.
    Pdf ko'rish