Q o ‘l p a n ja sin in g geo m etrik sh akli b o ‘y ic h a autentifikatsiya-




Download 10,28 Mb.
Pdf ko'rish
bet77/183
Sana25.01.2024
Hajmi10,28 Mb.
#145814
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   183
Bog'liq
Axborot xavfsizligi

Q o ‘l p a n ja sin in g geo m etrik sh akli b o ‘y ic h a autentifikatsiya- 
laslt tizim lari.
Qo‘l panjasi shaklini o‘quvchi qurilmalar barmoqlar 
uzunligini, q o i panja qalinligi va yuzasini o ‘lchash orqali qo'l 
panjasining hajmiy tasvirini yaratadi. Masalan, Recognition Systems 
kompaniyasining mahsulotlari 90 dan ortiq o'lchamlami amalga 
oshiradi. Natijada keyingi taqqoslash uchun 9 xonali namuna 
shakllantiriladi. Bu natija qo‘l panjasini individual skanerida yoki 
markazlashtirilgan m a’lumotlar bazasida saqlanishi mumkin. Q o‘l 
panjasini skanerlovchi qurilmalar narxining yuqoriligi va o‘lcham- 
larining kattaligi sababli tarmoq muhitida kamdan-kam ishlatilsa-da, 
ular qat’iy xavfsizlik rejimiga va shiddatli trafikka ega bo‘lgan 
hisoblash muhiti (server xonalari ham bunga kiradi) uchun qulay
167


hisoblanadi. Ulaming aniqligi yuqori va inkor koeffitsienti, ya’ni 
inkor etilgan qonuniy foydalanuvchilar foizi kichik.
Yuzning tuzilishi va ovoz b o ‘yicha autentifikatsiyalovchi 
tizimlar. Bu tizimlar arzonligi tufayli eng foydalanuvchan hisob- 
lanadilar, chunki aksariyat zamonaviy kompyuterlar video va audeo 
vositalariga ega. Bu sinf tizimlari telekommunikatsiya tarmoqlarida 
masofadagi foydalanuvchi subyektni identifikatsiyalash uchun ishla- 
tiladi. Yuz tuzilishini skanerlash texnologiyasi boshqa biometrik 
texnologiyalar yaroqsiz bo‘lgan ilovalar uchun to‘g ‘ri keladi. Bu 
holda shaxsni identifikatsiyalash va verifikatsiyalash uchun ko‘z, 
burun va lab xususiyatlari ishlatiladi. Yuz tuzilishini aniqlovchi 
qurilmalarni ishlab chiqaruvchilar foydalanuvchini identifikatsiya- 
lashda xususiy matematik algoritmlardan foydalanadilar.
Ma’lum bo‘lishicha, ko‘pgina tashkilotlarning xodimlari yuz 
tuzilishini skanerlovchi qurilmalarga ishonmaydilar. Ularning 
fikricha, kamera ulami rasmga oladi, so‘ngra suratni monitor ekra- 
niga chiqaradi. Kameraning sifati esa past bo‘lishi mumkin. Undaii 
tashqari yuz tuzilishini skanerlash - biometrik autentifikatsiyalash 
usullari ichida yagona, tekshirishga ruxsatni talab qilmaydigan 
(yashiringan kamera yordamida amalga oshirilishi mumkin) usul 
hisoblanali.
Ta’kidlash lozimki, yuz tuzilishini aniqlash texnologiyasi 
yanada takomillashtirilishni talab etadi. Yuz tuzilishini aniqlovchi 
aksariyat algoritmlar quyosh yorugMigi jadalligining kun bo‘yicha 
tebranishi natijasidagi yorugMik o ‘zgarishiga ta’sirchan bo‘ladilar. 
Yuz holatining o ‘zgarishi ham aniqlash natijasiga ta’sir etadi. Yuz 
holatining 45° ga o ‘zgarishi aniqlashni samarasiz bo‘lishiga olib 
keladi.
Ovoz bo ‘yicha autentifikatsiyalash tizimlari. Bu tizimlar arzon­
ligi tufayli foydalanuvchan hisoblanadilar. Ulami ko‘pgina shaxsiy 
kompyuterlar standart komplektidagi uskuna (masalan mikrofonlar) 
bilan birga o ‘matish mumkin. Ovoz bo‘yicha autentifikatsiyalash 
tizimlari har bir odamga noyob bo'lgan balandligi, modulyatsiyasi 
va tovush chastotasi kabi ovoz xususiyatlariga asoslanadi. Ovozni 
aniqlash nutqni aniqlashdan farqlanadi. Chunki nutqni aniqlovchi 
texnologiya abonent so‘zini izohlasa, ovozni aniqlash texnologiyasi 
so‘zlovchining shaxsini tasdiqlaydi. So‘zlovchi shaxsini tasdiqlash
168


ba’zi chegaralanishlarga ega. Turli odamlar o ‘xshash ovozlar bilan 
gapirishi mumkin, har qanday odamning ovozi vaqt mobaynida 
kayfiyati, hissiyotlik holati va yoshiga bog‘liq holda o ‘zgarishi 
mumkin. Uning ustiga telefon apparatlaming turli-tumanligi va 
telefon orqali bog'lanishlaming sifati so‘zlovchi shaxsini aniqlashni 
qiyinlashtiradi. Shu sababli, ovoz bo‘yicha aniqlashni, yuz tuzilishi- 
ni yoki barmoq izlarini aniqlash kabi boshqa usullar bilan birgalikda 
amalga oshirish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
K o ‘z yoyi to ‘r pardasining shakli bo ‘yicha autentifi- 
katsiyalash tizimi. Bu tizimlami ikkita sinfga ajratish mumkin:
- ko‘z yoyi rasmidan foydalanish;
- ko‘z to‘r pardasi qon tomirlari rasmidan foydalanish.
Odam ko‘z pardasi autentifikatsiya uchun noyob obyekt hisob­
lanadi. K.o‘z tubi qon tomirlarining rasmi hatto egizaklarda ham 
farqlanadi. Identifikatsiyalashning bu vositalaridan xavfsizlikning 
yuqori darajasi talab etilganida (masalan, harbiy va mudofaa 
obyektlarining rejimli zonalarida) foydalaniladi.
Biometrik yondashish “kim bu kim” ekanligini aniqlash jara- 
yonini soddalashtirishga imkon beradi. Daktiloskopik skanerlar va 
ovozni aniqlovchi qurilmalardan foydalanish, xodimlami tarmoqqa 
kirishlarida murakkab parollami eslab qolishdan xalos etadi. Qator 
kompaniyalar korxona masshtabidagi bir martali autentifikatsiya 
SSO (Single Sign-On)ga biometrik imkoniyatlami integratsiyalaydi- 
lar. Bunday biriktirish tarmoq m a’murlariga parollami bir martali 
autentifikatsiyalash xizmatini biometrik texnologiyalar bilan al- 
mashtirishga imkon beradi. Shaxsni biometrik autentifikatsiya- 
lashning birinchilar qatorida keng tarqalgan sohalaridan biri mobil 
tizimlari bo‘ldi. Muammo faqat kompyuter o ‘g ‘irlanishidagi yo‘qo- 
tishlarda emas, balki axborot tizimining buzilishi katta zararga olib 
kelishi mumkin. Undan tashqari, noutbuklar dasturiy bog‘lanish 
(mobil kompyuterlarda saqlanuvchi parollar yordamida) orqali 
korporativ tarmoqdan foydalanishni tez-tez amalga oshiradi. Bu 
muammolami kichik, arzon va katta energiya talab etmaydigan bar­
moq izlari datchiklari yechishga imkon beradi. Bu qurilmalar mos 
dasturiy ta’minot yordamida axborotdan foydalanishning mobil 
kompyuterda saqlanayotgan to‘rtta sathi - ro‘yxatga olish, ekranni
169


saqlash rejimidan chiqish, yuklash va fayllami deshifratsiyalash 
uchun autentifikatsiyani bajarishga imkon beradi.
Foydalanuvchini biometrik autentifikatsiyalash maxfiy kalit- 
dan foydalanishni modul ko‘rinishida shifrlashda jiddiy ahamiyatga 
ega bo‘lishi mumkin. Bu modul axborotdan faqat haqiqiy xususiy 
kalit egasining foydalanishiga imkon beradi. So‘ngra kalit egasi 
o‘zining maxfiy kalitini ishlatib, xususiy tarmoqlar yoki Internet 
orqali uzatilayotgan axborotni shifrlashi mumkin.

Download 10,28 Mb.
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   183




Download 10,28 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Q o ‘l p a n ja sin in g geo m etrik sh akli b o ‘y ic h a autentifikatsiya-

Download 10,28 Mb.
Pdf ko'rish