• 7.3. Virusga qarshi himoya tizimini qurish
  • S. K. Ganiyev, M. M. Karimov, K. A. Tashev




    Download 10,28 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet85/183
    Sana25.01.2024
    Hajmi10,28 Mb.
    #145814
    1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   183
    Bog'liq
    Axborot xavfsizligi

    Nazorat savollari:
    1. Kompyuter viruslarini aniqlashning asosiy usullari nima- 
    lardan iborat?
    2. Virusga qarshi dastur turlari va ulaming ishlash prinsipi.
    3. Virusga qarshi dasturlaming sifatini baholovchi mezonlami 
    sanab bering.
    4. Virusga qarshi himoyaning profilaktika choralarini tushun- 
    tirib bering.
    7.3. Virusga qarshi himoya tizimini qurish
    Hozirda o ‘rtacha kompaniyaning korporativ kompyuter tarmo- 
    g‘i tarkibida o ‘nlab va yuzlab ishchi stansiyalari, o ‘nlab serverlar, 
    telekommunikatsiyaning turli faol va passiv asbob-uskunalari mav­
    jud bo‘lgan yetarlicha murakkab strukturaga ega (7.2-rasm).
    Korporativ tarmoqdan foydalanuvchilar tarmoqqa viruslarning 
    suqilib kirish fayllari bilan doimo to‘qnashadilar. Intemet/intranet 
    korporativ tizimlariga virus hujumlari muntazam bo‘lib turadi, 
    foydalanuvchi ishchi stansiyasining zaharlangan axborot eltuvchisi 
    tomonidan zaharlanishi esa odat tusini olgan.
    Korporativ tannoq viruslar va boshqa zarar keltiruvchi das- 
    turlar hujumlariga duchor bo‘lganida, tannoqning virusga qarshi hi- 
    moyasi ko‘pincha virusga qarshi lokal dasturiy ta'minot yordamida
    187


    skanerlash va qator ishchi stansiyalami davolash bilan tugaydi va 
    himoya ta’minlanadi deb hisoblanadi. Aslida, muammoni bunday 
    lokalizatsiyalash minimal chora hisoblanadi va korporativ tarmoq- 
    ning keyingi barqaror ishlashini kafolatlamaydi. Boshqacha ayt- 
    ganda, virusga qarshi lokal yechimlaming ishlatilishi korxonani vi- 
    rusdan samarali himoyalash uchun zaruriy, ammo yetarli vosita 
    hisoblanmaydi.
    Virusga qarshi himoyaning samarali korporativ tizimi - "mijoz- 
    server" texnologiyasi bo‘yicha amalga oshirilgan, tarmoqdagi har 
    qanday shubhali harakatni sezgirlik bilan fahmlab oluvchi, teskari 
    bogianishli moslanuvchan tizimdir. Bunday tizim korporativ tar- 
    moqning ichki strukturasi doirasida viruslami va boshqa g ‘anim 
    dasturlaming tarqalishiga yo‘l qo'ymaydi. Virusga qarshi himoya­
    ning samarali korporativ tizimi turli virus hujumlarini-ma’lum va 
    noma’lumlarini, ular namoyon bo‘lishining dastlabki bosqichida 
    aniqlaydi va betaraflashtiradi.
    7.2-rasm. Korporativ tarmoqning namunaviy arxitekturasi.
    188


    Albatta, turli vaziyatlar bo‘lishi mumkin, masalan, masofadan 
    foydalanuvchining zaharlangan kompyuterining korporativ serverga 
    ulanishida yoki makroviruslar bo'lgan WORD yoki Excel faylli 
    disketlardan ish joylarida foydalanishda tarmoq zaharlanishi mum- 
    kin. Ammo, sifatli qurilgan virusga qarshi himoyaning korporativ 
    tizimi uchun bu jiddiy emas, chunki, birinchidan, zaharlanishning 
    ko‘rsatilgan holatlari kamdan-kam uchraydi, ikkinchidan, viruslar 
    vaqtida aniqlanadi va betaraflashtiriladi. Natijada ulaming ko‘payi- 
    shiga va korporativ tarmoq doirasida tarqalishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
    Ulanadigan ishchi stansiyalari soni oshgan sari korporativ tar- 
    moqning xizmat ko‘rsatish narxi oshib boradi. Korporativ tarmoqni 
    viruslardan himoyalash xarajatlari korxona umumiy xarajatlari ro‘y- 
    xatida oxirgi bandini egallamaydi.
    Ushbu xarajatlami korporativ tarmoqni virusga qarshi himoya- 
    lashni vaqtning real masshtabida markazlashtirilgan boshqarish or- 
    qali optimallashtirish va kamaytirish mumkin. Bunday yechim kor­
    xona tarmog‘i m a’murlariga virusni barcha suqilib kirish nuqtalarini 
    boshqarishning yagona konsoli orqali kuzatishga va korporativ 
    tarmoqdagi barcha virusga qarshi vositalami samarali boshqarishga 
    imkon beradi. Virusga qarshi himoyani markazlashtirilgan boshqa­
    rish maqsadi juda oddiy - viruslaming barcha suqilib kirish nuq­
    talarini blokirovka qilish. Quyidagi suqilib kirishlami va zaxar- 
    lanishlami ko‘rsatish mumkin:
    - tashuvchi manbalardan (floppi-disklar, kompakt-disklar, Zip, 
    Jazz, Floptical va h.) oxirgi zaharlangan fayllardan foydalanishda 
    ishchi stansiyalarga viruslaming suqilib kirishi;
    - Intemetdan Web yoki FTP orqali olingan lokal ishchi stan- 
    siyasida saqlangan zaharlangan tekin dasturiy ta’minot yordamida 
    zaharlanish;
    - masofadagi yoki mobil foydalanuvchilaming zaharlangan 
    ishchi stansiyalari korporativ tarmoqqa ulanganida viruslaming 
    suqilib kirishi;
    - korporativ tarmoqqa ulangan masofadagi serverdagi vimslar 
    bilan zaharlanish.
    - ilovalarida makroviruslar bilan zaharlangan Excel va Word 
    fayllar bo‘lgan elektron pochtaning tarqalishi.
    189


    Viruslardan va boshqa zarar keltiruvchi dasturlardan himoya- 
    lovchi korporativ tizimni qurish quyidagi bosqichlami o ‘z ichiga 
    oladi.
    Birinchi bosqichda himoyalanuvchi tarmoqning o‘ziga xos xu- 
    susiyatlari aniqlanadi va bir necha virusga qarshi himoya variantlari 
    tanlanadi hamda asoslanadi. Bu bosqichda quyidagilar bajariladi:
    - kompyuter tizimi va virusga qarshi himoya vositalarining au- 
    diti;
    - axborot tizimini tekshirish va kartirlash;
    - viruslaming suqilib kirishi bilan bog‘liq tahdidlaming amalga 
    oshirish ssenariysini tahlillash.
    Natijada virusga qarshi himoyaning umumiy holati baholanadi.
    Ikkinchi bosqichda virusga qarshi xavfsizlik siyosati ishlab 
    chiqiladi. Bu bosqichda quyidagilar bajariladi:
    - axborot resurslarini turkumlashning turi;
    - virusga qarshi xavfsizlikni ta’minlovchi kuchlami yaratish -
    vakolatlami taqsimlash;
    - virusga qarshi xavfsizlikni tashkiliy-huquqiy madadlash;
    - virusga qarshi xavfsizlik instrumentlariga talablami aniqlash;
    - virusga qarshi xavfsizlikni ta’minlash xarajatlarini hisoblash.
    Natijada korxonaning virusga qarshi xavfsizlik siyosati ishlab
    chiqiladi.
    Uchinchi bosqichda dasturiy vositalari, axborot resurslarini 
    inventarizatsiyalash va monitoringini avtomatlashtirish vositalari 
    tanlanadi. Virusga qarshi xavfsizlikni ta’minlash bo'yicha tashkiliy 
    tadbirlar ro‘yxati ishlab chiqiladi.
    Natijada korxonaning virusga qarshi xavfsizligini ta’minlovchi 
    reja ishlab chiqiladi.
    To ‘rtinchi bosqichda virusga qarshi tanlangan va tasdiqlangan 
    xavfsizlik rejasi amalga oshiriladi. Bu bosqichda virusga qarshi vo- 
    sitalar yetkazib beriladi, joriy etiladi va madadlanadi.
    Natijada korporativ virusga qarshi himoyalashning samarali 
    tizimi yaratilishiga imkon tug‘iladi.
    190



    Download 10,28 Mb.
    1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   183




    Download 10,28 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    S. K. Ganiyev, M. M. Karimov, K. A. Tashev

    Download 10,28 Mb.
    Pdf ko'rish