S. K. Ganiyev, M. M. Karimov, K. A. Tashev




Download 10,28 Mb.
Pdf ko'rish
bet84/183
Sana25.01.2024
Hajmi10,28 Mb.
#145814
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   183
Bog'liq
Axborot xavfsizligi

Dastur-blokirovka qiluvchilar virusga qarshi monitoringlash 
usulini amalga oshiradi. Virusga qarshi blokirovka qiluvchilar rezi- 
dent dasturlar bo‘lib, virus xavfi vaziyatlarini to ’xtatib qolib, u xu­
susida foydalanuvchiga xabar beradi. Virus xavfi vaziyatlariga vi- 
ruslaming ko’payishi onlaridagi xarakterli chaqiriqlar kiradi. Blo­
kirovka qiluvchilaming afzalliklari sifatida viruslar ko’payishining 
ilk bosqichida ularni to‘xtatib qolishini ko‘rsatish mumkin. Bu, 
ayniqsa, ko‘pdan beri m a’lum virusning muntazam paydo boiishida 
muhim hisoolanadi. Ammo ular fayl va disklarni davolamaydi. Blo­
kirovka qiluvchilaming kamchiligi sifatida ular himoyasining ay- 
lanib o ‘tish yo’llarining mavjudligini va ulaming "xiralikligini" 
(masalan, ular bajariluvchi fayllaming har qanday nusxalanishiga 
urinish xususida muntazam ogohlantiradi) ko’rsatish mumkin. Ta’- 
kidlash lozimki, kompyuter apparat komponenti sifatida yaratilgan 
vimsga qarshi blokirovka qiluvchilar mavjud.
Dastur-immunizatorlar - fayllar zaharlanishini oldini oluvchi 
dasturlar ikki xilga bo’linadi: zaharlanish xususida xabar bemvchi 
va virusning qandaydir xili bo’yicha zaharlanishni blokirovka 
qiluvchi. Birinchi xil immunizatorlar, odatda, fayl oxiriga yoziladi 
va fayl ishga tushirilganda har doim uning o ’zgarishini tekshiradi.
183


Bunday immunizatorlar bitta jiddiy kamchilikka ega. Ular stels- 
virus bilan zaharlanishni aniqlay olmaydilar. Shu sababli bu xil 
immunizatorlar hozirda ishlatilmaydi.
Ikkinchi xil immunizatorlar tizimni virusning m a’lum turi bilan 
zaharlanishdan himoyalaydi. Bu immunizator dastur yoki diskni 
shunday modifikatsiyalaydiki, bu modifikatsiyalash ulaming ishiga 
ta’sir etmaydi, virus esa ulami zaharlangan deb qabul qiladi va suqi- 
lib kirmaydi. Immunizatsiyalashning bu xili universal bo‘la olmay- 
di, chunki fayllami barcha m a’lum viruslardan immunizatsiyalash 
mumkin emas. Ammo bunday immunizatorlar chala chora sifatida 
kompyutemi yangi no‘malum virusdan, u virusga qarshi skanerlar 
tomonidan aniqlanishiga qadar, ishonchli himoyalashi mumkin.
Virusga qarshi dasturning sifat mezonlari. Virusga qarshi 
dastumi bir necha mezonlar bo‘yicha baholash mumkin. Quyida bu 
mezonlar muhimligi darajasi pasayishi tartibda keltirilgan:
- ishonchlilik va ishlash qulayligi - foydalanuvchilardan max- 
sus harakatlami talab etuvchi texnik muammolaming yo‘qligi; vi­
rusga qarshi dasturning ishonchliligi eng muhim mezon hisoblanadi, 
chunki hatto eng yaxshi virusga qarshi dastur skanerlash jarayonini 
oxirigacha olib bora olmasa, u befoyda hisoblanadi;
- viruslami barcha tarqalgan xillarini aniqlash fazilati, ichki 
fayl-hujjatlar/jadvallami (MSOffice), joylashtirilgan va arxivlangan 
fayllami skanerlash, virusga qarshi dasturning asosiy vazifasi-100% 
viruslami aniqlash va ulami davolash;
- barcha ommaviy platformalar (DOS, Windows 95/NT, 
NovellNetWare, OS/2, Alpha, Linux va h.) uchun vimsga qarshi 
dastur versiyalarining mavjudligi; so‘rov bo‘yicha skanerlash va 
"bir zumda" skanerlash rejimlarining borligi, tarmoqni m a’murlash 
imkoniyatli server versiyalarining mavjudligi. Vimsga qarshi das- 
tuming ko‘p platformaliligi muhim mezon hisoblanadi, chunki 
muayyan operatsion tizimga mo‘ljallangan dasturgina bu tizim 
funksiyalaridan to‘la foydalanishi mumkin. Fayllami "bir zumda" 
tekshirish imkoniyati ham vimsga qarshi dasturlaming yetarlicha 
muhim mezoni hisoblanadi. Kompyuterga keluvchi fayllami va 
qo‘yiluvchi disketlami bir lahzada va majburiy tekshirish, vimsdan 
zaharlanmaslikka 100%-li kafolat beradi. Agar vimsga qarshi
184


dastuming server variantida tarmoqni m a’murlash imkoniyati 
bo‘lsa, uning qiymati yanada oshadi;
- ishlash tezligi. Virusga qarshi dastuming ishlash tezligi ham 
uning muhim mezoni hisoblanadi. Turli virusga qarshi dasturlarda 
virusni qidirishning har xil algoritmlaridan foydalaniladi. Bir 
algoritm tezkor va sifatli bo‘lsa, ikkinchisi sust va sifati past bo‘lishi 
mumkin.
Himoyaning profilaktika choralari. Har bir kompyuterda 
viruslar bilan zaharlangan fayllar va disklami o‘z vaqtida aniqlash, 
aniqlangan viruslami tamomila yo'qotish, virus epidemiyasining 
boshqa kompyuterlarga tarqalishining oldini oladi. Har qanday vi­
rusni aniqlashni va yo‘q qilishni kafolatlovchi mutloq ishonchli das- 
turlar mavjud emas. Kompyuter viruslari bilan kurashishning mu­
him usuli o ‘z vaqtidagi profilaktika hisoblanadi.
Virusdan zaharlanish ehtimolligini jiddiy kamaytirish va disk- 
lardagi axborotni ishonchli saqlanishini ta’minlash uchun quyidagi 
profilaktika choralarini bajarish lozim:
- faqat qonuniy, rasmiy yo‘l bilan olingan dasturiy ta’minotdan 
foydalanish;
- kompyutemi zamonaviy virusga qarshi dasturlar bilan ta’­
minlash va ular versiyalarini doimo yangilash;
- boshqa kompyuterlarda disketda yozilgan axborotni o‘qish- 
dan oldin bu disketda virus borligini o ‘zining kompyuteridagi virus­
ga qarshi dastur yordamida doimo tekshirish;
- axborotni ikkilash. Avvalo dasturiy ta’minotning distributiv 
eltuvchilarini saqlashga va ishchi axborotning saqlanishiga e’tibor 
berish;
- kompyuter tarmoqlaridan olinuvchi barcha bajariluvchi fayl- 
lami nazoratlashda virusga qarshi dasturdan foydalanish;
- kompyutemi yuklama vimslardan zaharlanishiga y o i qo‘y- 
maslik uchun, operatsion tizim ishga tushirilganida yoki qayta 
yuklanishida diskovod cho'ntagida disketani qoldirmaslik.
Vimsga qarshi dasturlaming har biri o ‘zining afzalliklariga va 
kamchiliklariga ega. Faqat vimsga qarshi dasturlaming bir necha 
xilini kompleks ishlatilishi maqbul natijaga olib kelishi mumkin.
185


Quyida virusdan zaharlanish profilaktikasiga, viruslarni aniq- 
lash va yo‘qotishga mo‘ljallangan ba’zi dasturiy komplekslar tav- 
siflangan.
AVP (Antivirus Kasperskogo Personal) - Rossiyaning virusga 
qarshi paketi. Paket tarkibiga quyidagilar kiradi:
- OfficeGuard - blokirovka qiluvchi, makrovirusdan 100% 
himoyalanishni ta’minlaydi;
- Inspector - taftishchi, kompyuterdagi barcha o‘zgarishlami 
kuzatadi, virus faolligi aniqlanganida, diskning asl nusxasini tiklash- 
ga va zarar keltiruvchi kodlami chiqarib tashlashga imkon beradi;
- Monitor - viruslarni ushlab qoluvchi, kompyuter xotirasida 
doimo hozir bo‘lib, fayllar ishga tushirilganida, yaratilishida yoki 
nusxalanishida ulami virusga qarshi tekshiradi;
- Scanner - virusga qarshi modul, lokal va tarmoq disklar tarki- 
bini keng ko‘lamli tekshirish imkonini beradi. Skanerni qo4 yorda- 
mida yoki berilgan vaqtda avtomatik tarzda ishga tushirish mumkin;
- Dr.Web - Rossiyaning virusga qarshi ommaviy dasturi, 
Windows 9x/NT/2000/XP uchun mo4jallangan bo4ib, faylli, yuk- 
lama va fayl-yuklama viruslarni qidiradi va zararsizlantiradi. Dastur 
tarkibida rezident qorovul Spider Guard, Internet orqali virus baza- 
larini yangilashning avtomatik tizimi va avtomatik tekshirish jad- 
valini rejalashtiruvchi mavjud. Pochta fayllarini tekshirish amalga 
oshirilgan. Dr.Webda ishlatiluvchi algoritmlar haqida ma4um ЬоЧ- 
gan barcha virus xillarini aniqlashga imkon beradi. Dr.Web dastu- 
rining muhim xususiyati - oddiy signaturali qidirish natija bermay- 
digan murakkab shifrlangan va polimorf viruslarni aniqlash 
imkoniyatidir;
- Symantec Antivirus - Symantec kompaniyasining korporativ 
foydalanuvchilarga taklif etgan virusga qarshi mahsuloti nabori. 
Symantec mahsulotidan ishchi joylarining umumiy soni 100 va un- 
dan ortiq bo4ganida, shuningdek, bo4maganda bitta Windows 
NT/2000/NetWare serveri mavjudligida foydalanish maqsadga mu- 
vofiq hisoblanadi. Ushbu paketning bashqalardan ajralib turadigan 
xususiyati quyidagilar:
- boshqarishning ierarxik modeli;
- yangi virus paydo bo4ishiga reaksiya qilish mexanizmining 
mavjudligi.
186


- AntiVir Personal Edition - virusga qarshi dastur A VP, 
Dr.Web va h.lar imkoniyatlaridek imkoniyatlarga ega. Dastur komp- 
lektiga quyidagilar kiradi:
- disklami skanerlovchi;
- rezident qo‘riqchi;
- boshqarish dasturi;
- rejalashtiruvchi.
Dastur Internet dan yuklanuvchi fayllami skanerlaydi. Internet 
orqali yangilanishlami avtomatik tarzda tekshirish va yuklash funk- 
siyasi ham mavjud. Dastur xotirani, yuklanish sektorini tekshirishda 
ishlatiladi va unda viruslar bo‘yicha keng ko‘lamdagi ma’lumot- 
noma mavjud.

Download 10,28 Mb.
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   183




Download 10,28 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



S. K. Ganiyev, M. M. Karimov, K. A. Tashev

Download 10,28 Mb.
Pdf ko'rish