Agar zaharlangan kompyuter lokal tarmoqqa ulangan bo‘Isa,
virus osongina fayl-server disklariga tushib qolishi,
u yerdan kata-
loglar orqali tarmoqning barcha kompyuterlariga o ‘tishi mumkin.
Shu tariqa virus epidemiyasi boshlanadi. Virus tarmoqda shu virus
tushib qolgan kompyuter foydalanuvchisi huquqlari kabi huquqqa
ega ekanligini tizim m a’muri unutmasligi lozim. Shuning uchun u
foydalanuvchi foydalanadigan barcha kataloglarga tushib qolishi
mumkin. Agar virus tarmoq ma’muri ishchi stansiyasiga tushib
qolsa, oqibati juda og‘ir bo‘lishi mumkin.
Elektron pochta.
Hozirda Internet global tarmog‘i
viruslaming asosiy manbai
hisoblanadi. Viruslar bilan zaharlanishlaming aksariyati MicroSoft-
Word formatida xatlar almashishda sodir boTadi. Elektron pochta
makroviruslami tarqatish kanali vazifasini o ‘taydi, chunki axborot
bilan bir qatorda ko’pincha ofis hujjatlari jo ’natiladi.
Viruslar bilan zaharlash bilmasdan va yomon niyatda amalga
oshirilishi mumkin. Masalan, makrovirus bilan zaharlangan muhar-
rirdan foydalanuvchi o‘zi
shubha qilmagan holda, adresatlarga za
harlangan xatlami jo ‘natishi mumkin. Ikkinchi tarafdan niyati buzuq
odam atayin elektron pochta orqali har qanday xavfli dasturiy kodni
jo ’natishi mumkin.
Troyan Web-saytlar. Foydalanuvchilar virusni yoki troyan
dastumi Internet saytlarining oddiy kuzatishda, troyan Web-saytni
ko‘rganida olishi mumkin. Foydalanuvchi
brauzerlaridagi xatoliklar
ko'pincha troyan Web-saytlari faol komponentlarining foydalanuv
chi kompyuterlariga zarar keltiruvchi dasturlami kiritishiga sabab
bo'ladi. Troyan saytni ko‘rishga taklifni foydalanuvchi oddiy
elektron xat orqali olishi mumkin.
Lokal tarmoqlar.
Lokal tarmoqlar ham tezlikda zaharlanish vositasi hisoblanadi.
Agar himoyaning zaruriy choralari ko‘rilmasa, zaharlangan ishchi
stansiya lokal tarmoqqa kirishda serverdagi bir yoki bir necha xiz-
matchi fayllami zaharlaydi. Bunday fayllar sifatida Login.com xiz-
matchi faylni, firmada qoTlaniluvchi Excel-jadvallar va standart
hujjat-shablonlami ko’rsatish mumkin. Foydalanuvchilar bu tarmoq
qa kirishida serverdan zaharlangan
fayllami ishga tushiradi, natijada
virus foydalanuvchi kompyuteridan foydalana oladi.
178
Zarar keltiruvchi dasturlarni tarqatishning boshqa kanallari.
Viruslami tarqatish kanallaridan biri dasturiy ta’minotning
qaroqchi nusxalari hisoblanadi. Disketlar va CD-disklardagi noqu-
nuniy nusxalarda ko‘pincha turli-tuman viruslar bilan zaharlangan
fayllar boiadi. Viruslami tarqatish manbalariga elektron anjumanlar
va FTP va BBS fayl-serverlar ham taalluqli.
0 ‘quv yurtlarida va Intemet-markazlarida o'rnatilgan va
umumfoydalanish rejimida ishlovchi kompyuterlar ham osongina
viruslami tarqatish manbaiga aylanishi mumkin. Agar bunday
kompyuterlardan biri navbatdagi foydalanuvchi disketidan zaharlan
gan boTsa, shu kompyuterda ishlovchi
boshqa foydalanuvchilar
disketlari ham zaharlanadi.
Kompyuter texnologiyasining rivojlanishi bilan kompyuter
viruslari ham o‘zining yangi yashash makoniga moslashgan holda
takomillashadi. Har qanday onda yangi, oldin m a’lum boim agan
yoki m a’lum bo‘lgan, ammo yangi kompyuter asbob-uskunasiga
moTjallangan
kompyuter vimslari, troyan dasturlari va qurtlar pay-
do boTishi mumkin. Yangi vimslar m a’lum boTmagan yoki oldin
mavjud boim agan tarqatish kanallaridan hamda kompyuter tiziin-
lariga tatbiq etishning yangi texnologiyalaridan foydalanishi mum
kin. Vimsdan zaharlanish xavfini yo’qotish uchun korporativ tar-
moqning tizim ma’muri, nafaqat vimsga qarshi usullardan foyda
lanishi, balki kompyuter vimslari dunyosini doimo kuzatib borishi
shart.