S. K. Ganiyev, M. M. Karimov, K. A. Tashev




Download 10,28 Mb.
Pdf ko'rish
bet79/183
Sana25.01.2024
Hajmi10,28 Mb.
#145814
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   183
Bog'liq
Axborot xavfsizligi

Viruslarning hayot davri. Har qanday dasturdagidek, kompyu­
ter viruslari hayot davrining ikkita asosiy bosqichini - saqlanish va 
bajarilish bosqichlarini ajratish mumkin.
Saqlanish bosqichi virusning diskda u kiritilgan obyekt bilan 
birgalikda shundaygina saqlanish davriga to‘g ‘ri keladi. Bu bosqich- 
da virus virusga qarshi dastur ta’minotiga zaif bo‘ladi, chunki u faol 
emas va himoyalanish uchun operatsion tizimni nazorat qila ol- 
maydi.
Kompyuter viruslarining bajarilish davri, odatda, beshta 
bosqichni o ‘z ichiga oladi:
1. Virusni xotiraga yuklash.
2. Qurbonni qidirish.
3. Topilgan qurbonni zaharlash.
4. Destruktiv funksiyalami bajarish.
5. Boshqarishni virus dastur-eltuvchisiga o'tkazish.
Virusni xotiraga yuklash. Virusni xotiraga yuklash operatsion 
tizim yordamida virus kiritilgan bajariluvchi obyekt bilan bir vaqtda 
amalga oshiriladi. Masalan, agar foydalanuvchi virus boigan 
dasturiy faylni ishga tushirsa, ravshanki, virus kodi ushbu fayl qismi 
sifatida xotiraga yuklanadi. Oddiy holda, virusni yuklash jarayoni- 
diskdan operativ xotiraga nusxalash bo‘lib, so‘ngra boshqarish virus 
badani kodiga uzatiladi. Bu harakatlar operatsion tizim tomonidan
173


bajariladi, virusning o'zi passiv holatda bo‘ladi. Murakkabroq vazi- 
falarda virus boshqarishni olganidan so‘ng o ‘zining ishlashi uchun 
qo'shimcha harakatlarni bajarishi mumkin. Bu bilan bog'liq ikkita 
jihat ko‘riladi.
Birinchisi viruslami aniqlash muolajasining maksimal murak- 
kablashishi bilan bog‘liq. Saqlanish bosqichida ba’zi viruslar himo- 
yalanishni ta’minlash maqsadida yetarlicha murakkab algoritmdan 
foydalanadi. Bunday murakkablashishga virus asosiy qismini shifr- 
lashni kiritish mumkin. Ammo faqat shifrlashni ishlatish chala chora 
hisoblanadi, chunki yuklanish bosqichida rasshifirovkani ta’min- 
lovchi vims qismi ochiq ko‘rinishda saqlanishi lozim. Bunday holat- 
dan qutilish uchun viruslami ishlab chiquvchilar rasshifrovka qiluv- 
chi kodni "mutatsiyalash" mexanizmidan foydalanadi. Bu usulning 
mohiyati shundan iboratki, obyektga virus nusxasi kiritilishida 
uning rasshifrovka qiluvchiga taalluqli qismi shunday modifikat- 
siyalanadiki, original bilan matnli farqlanish paydo bo‘ladi, ammo 
ish natijasi o‘zgarmaydi.
Kodni mutatsiyalash mexanizmidan foydalanuvchi viruslar po- 
lim orf viruslar nomini olgan. Polimorf viruslar (polymorphic)-qiyin 
aniqlanadigan viruslar b o iib , signaturalarga ega emas, ya’ni tarkibi- 
da birorta ham kodining doimiy qismi yo'q. Polimorfizm faylli, 
yuklamali va makroviruslarda uchraydi.
Stels-algoritmlardan foydalanilganda, viruslar o ‘zlarini tizimda 
to‘la yoki qisman bekitishlari mumkin. Stels-algoritmlaridan 
foydalanadigan viruslar - stels-viruslar (Stealth) deb yuritiladi. Stels 
viruslar operatsion tizimning shikastlangan fayllarga murojaatini 
ushlab qolish yo'li bilan o ‘zini yashash makonidaligini yashiradi va 
operatsion tizimni axborotni shikastlanmagan qismiga yo‘naltiradi.
Ikkinchi jihat rezident viruslar deb ataluvchi viruslar bilan 
bog'liq. Virus va u kiritilgan obyekt operatsion tizim uchun bir bu- 
tun bo'lganligi sababli, yuklanishdan so'ng ular tabiiy, yagona adres 
makonida joylashadi. Obyekt ishi tugaganidan so'ng u operativ 
xotiradan bo'shaladi. Bunda bir vaqtning o'zida vims ham bo'shalib 
saqlanishning passiv bosqichiga o'tadi. Ammo, ba’zi viruslar xili 
xotirada saqlanish va vims eltuvchi ishi tugashidan so'ng faol qolish 
qobiliyatiga ega. Bunday vimslar rezident nomini olgan. Rezident 
viruslar, odatda, faqat operatsion tizimga ruxsat etilgan imtiyozli
174


rejimlardan foydalanib, yashash makonini zaharlaydi va ma’lum 
sharoitlarda zararkunandalik vazifasini bajaradi. Rezident viruslar 
xotirada joylashadi va kompyuter o'chirilishigacha yoki operatsion 
tizim qayta yuklanishigacha faol holda bo'ladi.
Rezident bo ‘Imagan viruslar faqat faollashgan vaqtlarida xoti- 
raga tushib, zaharlash va zararkunandalik vazifalarini bajaradi. Ke- 
yin bu viruslar xotirani butunlay tark etib, yashash makonida qoladi.
Ta’kidlash lozimki, viruslami rezident va rezident boMmagan- 
larga ajratish faqat fayl viruslariga taalluqli. Yuklanuchi va makro- 
viruslar rezident viruslarga tegishli.
Qurbonni qidirish. Qurbonni qidirish usuli bo’yicha viruslar 
ikkita sinfga bo‘linadi. Birinchi sinfga operatsion tizim funksiyala- 
ridan foydalanib, faol qidirishni amalga oshiruvchi viruslar kiradi. 
Ikkinchi sinfga qidirishning passiv mexanizmlarini amalga oshi­
ruvchi, ya’ni dasturiy fayllarga tuzoq qo‘yuvchi viruslar taalluqli.
Topilgan qurbonni zaharlash. Oddiy holda zaharlash degan- 
da, qurbon sifatida tanlangan obyektda virus kodining o ‘z-o‘zini 
nusxalashi tushuniladi.
A w al fayl viruslarining zaharlash xususiyatlarini ko‘raylik. 
Bunda ikkita sinf viruslari farqlanadi. Birinchi sinf viruslari o ‘zining 
kodini dasturiy faylga bevosita kiritmaydi, balki fayl nomini o‘zgar- 
tirib, virus badani bo‘lgan yangi faylni yaratadi. Ikkinchi sinfga 
qurbon fayllariga bevosita kiruvchi viruslar taalluqli. Bu viruslar 
kiritilish joylari bilan xarakterlanadi. Quyidagi variantlar boiishi 
mumkin:
1. Fayl boshiga kiritish. Ushbu usul MS-DOSning com-fayllari 
uchun eng qulay hisoblanadi, chunki ushbu formatda xizmatchi 
sarlavhalar ko‘zda tutilgan.
2. Fayl oxiriga kiritish. Bu usul eng ko‘p tarqalgan bo‘lib, vi­
ruslar kodiga boshqarishni uzatish dasturining birinchi komandasi 
(com) yoki fayl sarlavhasini (exe) modifikatsiyalash orqali ta’min- 
lanadi.
3. Fayl о ‘rtasiga kiritish. Odatda, bu usuldan viruslar struktu- 
rasi oldindan ma’lum fayllarga (masalan, Command.com fayli) yoki 
tarkibida bir xil qiymatli baytlar ketma-ketligi bo'lgan, uzunligi 
virus joylashishiga yetarli fayllarga tatbiqan foydalaniladi.
175


Yuklama viruslar uchun zaharlash bosqichining xususiyatlari 
ular kiritiluvchi obyektlar - qayishqoq va qattiq disklaming yuk- 
lanish sektorlarining sifati va qattiq diskning bosh yuklama yozuvi 
(MBR) orqali aniqlanadi. Asosiy muammo-ushbu obyekt o'lcham- 
larining chegaralanganligi. Shu sababli, viruslar o'zlarining qurbon 
joyida sig‘magan qismini diskda saqlashi hamda zaharlangan yuk- 
lovchi original kodini tashishi lozim.
Makroviruslar uchun zaharlash jarayoni tanlangan hujjat-qur- 
bonda virus kodini saqlashdan iborat. Ba’zi axborotni ishlash das- 
urlari uchun buni amalga oshirish oson emas, chunki hujjat fayllari 
formatining makroprogrammalami saqlashi ko‘zda tutilmagan bo‘- 
lishi mumkin.

Download 10,28 Mb.
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   183




Download 10,28 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



S. K. Ganiyev, M. M. Karimov, K. A. Tashev

Download 10,28 Mb.
Pdf ko'rish