- troyan dasturlari;
- mantiqiy bombalar;
- masofadagi kompyuterlami yashirincha ma’murlovchi xaker
utilitalari;
- Intemetdan va boshqa konfidensial
axborotdan foydalanish
parollarini o ‘g ‘rilovchi dasturlar.
Ular orasida aniq chegara yo‘q: troyan dasturlari tarkibida vi-
ruslar boiishi, viruslarga mantiqiy bombalar joylashtirilishi mum-
kin va h.
Troyan dasturlar o’zlari ko‘paymaydi va tarqatilmaydi. Tash-
qaridan troyan dasturlar mutlaqo beozor ko‘rinadi,
hatto foydali
funksiyalami tavsiya etadi. Ammo foydalanuvchi bunday dastumi
kompyuteriga yuklab, ishga tushirsa, dastur bildirmay zarar kelti-
ruvchi funksiyalami bajarishi mumkin. Ko‘pincha
troyan dasturlar
viruslami dastlabki tarqatishda, Internet orqali masofadagi kompyu-
terdan foydalanishda, m a’lumotlami o ‘g‘rilashda yoki ulami yo‘q
qilishda ishlatiladi.
Mantiqiy bomba - ma’lum sharoitlarda
zarar keltiruvchi hara-
katlami bajaruvchi dastur yoki uning alohida modullari. Mantiqiy
bomba, masalan, ma’lum sana kelganida, m a’lumotlar bazasida
yozuv paydo bo’lganida yoki yo‘q boiganida va h.
ishga tushishi
mumkin. Bunday bomba viruslarga, troyan dasturlarga va oddiy
dasturlarga joylashtirilishi mumkin.