Makroviruslar axborotni ishlovchi zamonaviy tizimlaming
makrodasturlarini va fayllarini, xususan, M icrosoft Word, Micro
Soft Excel va h. kabi ommaviy muharrirlaming fayl-hujjatlarini va
elektron jadvallarini zaharlaydi.
Tarmoq virus lari o ‘zini tarqatishda kompyuter tarmoqlari va
elektron pochta protokollari va komandalaridan foydalanadi. Ba’-
zida tarmoq viruslarini "qurt" xilidagi dasturlar deb yuritishadi. Tar
moq viruslari Intemet-qurtlarga (Internet bo‘yicha tarqaladi), IRC-
qurtlarga (chatlar, IntemetRelayChat) bo‘linadi.
Kompyuter viruslarining ko‘pgina kombinatsiyalangan xillari
ham mavjud, masalan - tarmoqli makrovirus tahrirlanuvchi hujjat-
lami zaxarlaydi hamda o ‘zining nusxalarini elektron pochta orqali
tarqatadi. Boshqa bir misol sifatida fayl-yuklama viruslarini ko‘rsa-
tish mumkinki, ular fayllami hamda disklaming yuklanadigan sek-
torini zaharlaydi.