o'ralgan bo'lishi kerak. Xomashyo yaxshi saqlanishi uchun bogMami
g‘aramga joylaganda, ba’zi qoidalarga rioya qilish kerak bo'ladi.
G'aramning o‘ita qismi chetiga qaraganda yuqoriroq bo‘lib borishi
kerak. Poyaning pastki qismini g'aramning tashqi tomoniga qaratib
qo'yib, yog‘och kuraklar bilan urib g'aram devori tekislab boriladi.
Poyalami g ‘aramlashda bir qavat g'aram bo'yicha qo'yilib, so'nggisi
eniga qarab qo'yiladi. G'aramlar noto'g'ri joylashgan bolsa,
yog'mgarchilik va shamolda buzilib, suv tushib ketishi natijasida
xomashyoni chiritib yuborishi mumkin. Xomashyoni sifatli saqlash
uchun muntazam ravishda buzilgan joylari tuzatib boriladi, uning
atrofidagi ariqchalar tozalanib, brezent ustidagi qor kurab turilishi
lozim. Xomashyoni saqlash vaqtidagi yo'qotish 1 foizdan oshmasligi
lozim.
Jihoz
va
materiallar:
adabiyotlar, tola namunalari, g'aramlar
tasvirlangan devoriy rasmlar.
0 ‘zlashtirish uchun savollar
1. Kanop va boshqa tolali o'simliklami ta’riflab bering.
2. Hosilni o'rish va dastlabki qayta ishlash qanday tashkil etiladi?
3. Kanop tolalari qanday baholanadi?
4. Kanop xomashyosi qanday saqlanadi?
55-ish. Tamaki tayyorlash
shoxobchalarida xomashyoni qabul
qilish. Tamaki namligi va iflosligini