tahlil uchun namunachalar ajratishga o‘tiladi.
Misol: Donning iflosligini aniqlash uchun 50 g namuna ajratish
zarur. Buning uchun ikkala cho‘michdan donni bo‘lgich voronkasiga
to‘kiladi, jumrak ochiladi. Don o'tkazilganidan
keyin jumrak
berkitiladi va don pastki cho‘michda shunday miqdorda don qolsinki,
uning og irligi tahlil uchun zarur namunachadan birmuncha ortiq
bo'lishi kerak.
Bo‘lgichdan oxirgi marta o'tkazilgandan
keyin don torozi
pallachalariga to‘kilib tortiladi. 50 g va undan ortiq namunani
tortishdagi aniqlik 0,5 g atrofida bolishi shart. Agar donni ortiqchaligi
namuna oglrligining 10% idan oslrmasa (masalan, 50
g namuna
uchun 5 g ortiqcha), bu ortiq miqdorini tarozi pallasidan qoshiqcha
bilan butun qatlam qalinligi bo‘yicha turli yerlardan olinadi. Agar
namunadagi ortiqcha miqdor
10
%
dan ortiqcha bo Isa, unda hamma
ajratilgan don stolning tekis sathiga to ‘kiladi, yupqa qatlam qilib
tekislanadi va qatlamning butun qalinligining
turli joylaridan
xokondozcha bilan ortiqchasi olinadi.
Bolgich apparatida eng kamida 50 g namuna ajratish mumkin, 50
g kam namuna ajratish uchun quyidagicha ish yuritiladi: aw al
boigichda 50 g miqdorda don namunasi ajratiladi, so'ngra don
ajratish taxtasiga o‘tkaziladi va kesma holida bo'lishi
bilan zarur
hajmli namunacha izchil usulda ajratiladi.