|
Mustaqil ta’lim uchun savollar
|
bet | 31/99 | Sana | 29.05.2024 | Hajmi | 1 Mb. | | #256546 |
Bog'liq AtamurodovMustaqil ta’lim uchun savollar
Davlat budjetidan xarajatlarning qaysi guruhdari bo‘yicha moliya- lashtirish amalga oshiriladi?
G‘azna tekshirilganda aniqlangan ortiqcha mablag‘ kirim qilinganida budjet tashkilotining buxgalteriyasi qanday buxgalteriya ikki yoqla- mali yozuvini tuzadi?
Xodimlarga mehnat haqi to‘langanida budjet tashkilotining buxgal- teriyasi qanday buxgalteriya ikki yoqlamali yozuvini tuzadi?
Talabalarga va aspirantlarga stipendiya to‘langanida budjet tashki- lotining buxgalteriyasi qanday buxgalteriya ikki yoqlamali yozuvini tuzadi?
Hisobdor shaxsga berilgan bo‘nak summasiga budjet tashkilotining buxgalteriyasi qanday buxgalteriya ikki yoqlamali yozuvini tuzadi?
Deponent summalar g‘aznadan to‘langanida budjet tashkilotining buxgalteriyasi qanday buxgalteriya ikki yoqlamali yozuvini tuzadi?
G‘aznada aniqlangan kamomad summasiga budjet tashkilotining buxgalteriyasi qanday buxgalteriya ikki yoqlamali yozuvini tuzadi?
G‘azna orqali haqiqiy xarajatlar to‘langanida budjet tashkilotining buxgalteriyasi qanday buxgalteriya ikki yoqlamali yozuvini tuzadi?
bob. BUDJET TASHKILOTLARIDA
G‘AZNA MUOMALALARI HISOBI
§. G‘AZNA HISOBVARAG‘I VA UNDAGI MUOMALALARNI
RASMIYLASHTIRISH
Budjet tashkiloti g‘aznasi tomonidan xarajatlarining hisobi
Budjet tashkilotlari budjetdan ajratilgan mablag‘lar hisobiga o‘z moliyaviy xarajatlarini maqsadli yo‘naltirishi lozim. Bu jarayonda albatti meyoriy-huquqiy hujjatlar talablari doirasida ish yuritib, tasdiqlangan smeta ijrosini ta’minlashi lozim.
Budjet tashkilotlari kunlik va davriy majburiyatlari doirasida naqd (plastik kartochka) yoki naqd pulsiz shaklda xarajatlar uchun to‘lovlarni amalga oshirishni ko‘rishimiz mumkin.
Naqd pul-ko‘rinishdagi xarajatlar uchun to‘lovlar tashkilotni ichida faoliyat ko‘rsatuvchi g‘azna orqali amalga oshiriladi. Budjet tashkilotida tasdiqlangan smeta yoki ko‘zda tutilgan tashkiliy ishlari uchun, shuningdek, mazkur tashkilot ishchi-xodimlarining mehnat sarfi, qobiliyatlari, intilishlari va yutuqlari kabilarni inobatga olib, direktor buyrug‘i hamda buxgalteriya bo‘limidan tegishli hujjatlarai rasmiylashtirish ishlari (uchunchi bobga qaralsin) amalga oshiriladi:
avans;
oylik ;
pensiya;
xizmat safari;
mukofot va shu kabilardir.
Naqd pulisiz - ko‘rinishda xarajatlar uchun to‘lovlar tashkilotning bankdagi hisobvarag‘idagi mavjud mablag‘lar hisobidan smeta xarajatlarining ijrosini ta’minlash maqsadida o‘z hisobvarag‘idan boshqa tashkilotning hisobvarag‘iga pul mablag‘larini o‘tkazib berishi tushuniladi. Albatta, bu jarayon ham tomonlar o‘rtasida tas-
diqlangan shartnoma, direktor buyruqlari, farmoyishlari hamda shu kabi buxgalteriya hujjatlarini rasmiylashtirilgandan so‘ng xarajatga to‘lovlar amalga oshiriladi.
kommunal to‘lovlar;
soliq to‘lovlari;
shartnoma bo‘yicha to‘lovlar;
jarimalar;
ma’muriy-boshqaruv xarajatlari shular jumlasidandir.
Budjet tashkilotlari xarajatlari: tashkilotlarining xarajatlari g‘az- na xarajatlari va haqiqiy xarajatlarga bo‘linadi.
G‘azna xarajatlari- budjet tashkilotining shaxsiy hisobvarag‘i orqali g‘aznachilik organi tomonidan naqd pul va pulsiz hisob-ki- toblar yo‘li bilan to‘langan xarajatlardir. budjet tashkilotning g‘azna- sidan to‘langan mablag‘lar g‘azna xarajatlariga kirmaydi, chunki bu mablag‘lar budjet tashkilotning budjetdan tashqari bo‘lgan hisob- varag‘i orqali olinganida ular g‘azna xarajatlariga qo‘shiladi.
Haqiqiy xarajatlar- budjet tashkilotni saqlashga budjet mablag‘- lari hisobidan qilingan xarajatlardir, ya’ni budjet mablag‘lari hisobi- dan amalga oshirilgan haqiqiy xarajatlarni tashkil qiluvchi mab- lag‘lardir.
|
| |