S. Ya. Atamurodov, M. S. Sodikov




Download 1 Mb.
bet39/99
Sana29.05.2024
Hajmi1 Mb.
#256546
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   99
Bog'liq
Atamurodov

Joriy ta'mirlash- asosiy vositalar obyektini ishchi holatida saqlab turish maqsadida amalga oshiriladigan ta’mirlashdir.
O‘rtacha ta'mirlashda ta’mirlanayotgan agregatni qisman ajratish va detallammg qismlarini tiklash yoki almashtirish amalga oshiriladi.
Uskunalar va transport vositalarini kapital ta'mirlash- agregatni to‘liq ajratib yig‘ish amalga oshiriladigan ta’mirlashdir, bazaviy va korpus detallari va uzellarini ta’mirlash, barcha eskirgan detallar va uzellami almashtirish yoki tiklash hamda agregatni yig‘ish, sozlash va sinab ko‘rishdir.
Binolar va inshootlarni kapital ta’mirlash - bazaviy va korpus detallari va uzellarini ta’mirlash, barcha eskirgan konstruktsiya-
91
larning detallari va uzellarini almashtirish yoki tiklash amalga oshiriladigan ta’mirlashdir.
Asosiy vositalarda amalga oshirilgan joriy va o‘rta ta’mirlash xarajatlari va ularning dastlabki qiymatini o‘zgartirishga sabab bo‘lmaydigan kapital ta’mirlash xarajatlari asosiy vositalar tarkibiga kiritilmaydi hamda hisobotlarda O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti xarajatlari iqtisodiy tasnifining (keyingi o‘rinlarda iqtisodiy tasnif deb yuritiladi) tegishli kodlari bo‘yicha haqiqiy xarajatlar sifatida aks ettiriladi va hisobot yilining oxirida moliyalashtirish manbasi bo‘yicha hisobdan chiqariladi.
Kutubxonalarning inventar fondiga kiritilgan kitoblar, darsliklar va boshqa nashrlar ularning dastlabki muqovalash qiymatlarini ham qo‘shib, dastlabki qiymati bo‘yicha hisobga olinadi. Kitoblarni ta’mirlash va tiklash, shu jumladan ikkinchi marta muqovalash xarajatlari kitoblarning qiymatini oshirishga kiritilmaydi va hisobotlarda iqtisodiy tasnifning tegishli kodlari bo‘yicha haqiqiy xarajatlar sifatida aks ettiriladi va hisobot yilining oxirida moliya- lashtirish manbasi bo‘yicha hisobdan chiqariladi.
Asosiy vositalarning qoldiq qiymati ularning yuqorida ko‘rsa- tilgan o‘zgarishlarni hisobga olgan holdagi dastlabki qiymatidan belgilangan tartibda aniqlangan eskirish summasini farqi sifatida aniqlanadi.
Asosiy vositalar aktiv sifatida tan olinganda ular boshlang‘ich qiymat bo‘yicha baholanadi.


      1. Download 1 Mb.
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   99




Download 1 Mb.