|
Asosiy vositalarni balansdan ehiqarish liisobi
|
bet | 40/99 | Sana | 29.05.2024 | Hajmi | 1 Mb. | | #256546 |
Bog'liq AtamurodovAsosiy vositalarni balansdan ehiqarish liisobi
Budjet tashkilotlarida ishlab chiqarish yoki xizmat ko‘rsatish sohalarida ishlatilib, xizmat muddatini o‘tab bo‘lgan asosiy vositalar O‘zbekiston Respublikasi «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi» Qonuni va 2003 -yil 9-oktabrdagi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirining 114-son buyrug‘i hamda 2004-yil 1-yanvardagi O‘zbe- kiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1299-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan «Asosiy vositalar» nomli buxgalteriya hisobining milliy andazasi va boshqa taalluqli me’yoriy-huquqiy hujjatlar talablari doirasida balans hisobidan chiqariladi.
92
Asosiy vositalar quyidagilar natijasida budjet tashkiloti balans hisobidan chiqariladi:
tugatish;
Tugatilishi munosabati bilan asosiy vositalarning hisobdan chiqarilishi:
Debet: 02-hisobvaraqning tegishli analitik hisobvaraqlari
Kredit: 01-hisobvaraqning tegishli analitik hisobvaraqlari
qoldiq qiymatini hisobdan chiqarilishi
Debet: 231, 241, 251, 261 yoki 271 analitik hisobvaraqlarning tegishlisi
Kredit: 01-hisobvaraqning tegishli analitik hisobvaraqlari
asosiy vositalarning tugatilishi munosabati bilan keyinchalik foydalanishga yaroqli bo‘lgan tovar-moddiy zaxiralarning kirim qilinishi:
qoldiq qiymati doirasida;
Debet: 06-hisobvaraqning tegishli analitik hisobvaraqlari
Kredit: 231, 241, 251, 261 yoki 271 analitik hisobvaraqlarning tegishlisi
qoldiq qiymatidan oshgan summaga
Debet: 06-hisobvaraqning tegishli analitik hisobvaraqlari
Kredit: 272 Hisobdor shaxslar bilan hisob-kitoblar
belgilangan xizmat qilish muddati tugagandan so‘ng (eskirish to‘la hisoblanganda);
fizik (jismoniy) eskirishi, avariya, tabiiy ofat, foydalanishning me’yoriy shartlari buzilishi natijasida foydalanishga yaroqsiz holatga kelishi munosabati bilan;
ma’naviy eskirganda;
tegishli hukumat organlarining qarorlari bo‘yicha chiqarilishi munosabati bilan;
qurilish olib borilishi, kengaytirilishi, rekonstruktsiya qilini- shi va budjet tashkiloti qayta yangi texnika bilan ta’minlanishi munosabati bilan balansdan chiqarilishi mumkin.
sotish;
Asosiy vositalarning sotilishi:
bino va inshootlar (chet elda joylashganlaridan tashqari):
hisoblangan eskirish summasini hisobdan chiqarilishi Debet: 02-hisobvaraqning tegishli analitik hisobvaraqlari Kredit: 01-hisobvaraqning tegishli analitik hisobvaraqlari
qoldiq qiymatini hisobdan chiqarilishi
Debet: 231, 241, 251, 261 yoki 271 analitik hisobvaraqlarning tegishlisi
Kredit: 01-hisobvaraqning tegishli analitik hisobvaraqlari
qolgan asosiy vositalar (chet elda joylashganlaridan tashqari):
asosiy vositalarning dastlabki qiymatini hisobdan chiqarilishi Debet: 201 Asosiy vositalar va boshqa aktivlar realizatsiyasi Kredit: 01-hisobvaraqning tegishli analitik hisobvaraqlari
asosiy vositalarning hisoblangan eskirish summasini hisobdan chiqarilishi
Debet: 02-hisobvaraqning tegishli analitik hisobvaraqlari Kredit: 201 Asosiy vositalar va boshqa aktivlar realizatsiyasi
Asosiy vositalarning sotish qiymati
Debet: 15-hisobvaraqning tegishli analitik hisobvaraqlari Kredit: 201 Asosiy vositalar va boshqa aktivlar realizatsiyasi
qolgan asosiy vositalar bir vaqtning o‘zida tegishli budjet daromadiga hisoblangan summa
Debet: 201 Asosiy vositalar va boshqa aktivlar realizatsiyasi Kredit: 160 budjetga to‘lovlar bo‘yicha budjet bilan hisob- kitoblar
pul mablag‘larini kelib tushishi
Debet: 113 Boshqa budjetdan tashqari mablag‘lar Kredit: 15-hisobvaraqning tegishli analitik hisobvaraqlari
budjetga hisoblangan summalarning o‘tkazib berilishi Debet: 160 budjetga to‘lovlar bo‘yicha budjet bilan hisob-kitoblar Kredit: 113 Boshqa budjetdan tashqari mablag‘lar
asosiy vositalarning sotilishidan ko‘rilgan ijobiy moliyaviy natija (daromad)
Debet: 201 Asosiy vositalar va boshqa aktivlar realizatsiyasi Kredit: 272 Boshqa budjetdan tashqari daromadlar
asosiy vositalarni sotilishidan ko‘rilgan salbiy moliyaviy natija (zarar)
Debet: 231, 241, 251, 261 yoki 271 analitik hisobvaraqlarning tegishlisi
Kredit: 201 Asosiy vositalar va boshqa aktivlar realizatsiyasi.
Budjet tashkilotlari asosiy vositalarni tugatishni qonunda bel- gilangan tartibda tegishli yuqori tashkilotning roziligi bilan, yuqori tashkilot bo‘lmagan taqdirda esa qonun hujjatlariga muvo- fiq hisobdan chiqariladi.
Moddiy javobgar shaxs almashgan taqdirda uning javobgarligida bo‘lgan asosiy vositalarni inventarlashsi o‘tkaziladi va bu haqda qabul qilish-topshirish dalolatnomasi rasmiylashtiriladi. Bu dalo- latnoma (9-jadval) tashkilot rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
9-jadval
|
| |