• obyektning hisobdan chiqarilishining natijasi
  • dalolatnoma
  • Hisobdan chiqarish uclum holati qoniqarsiz va manaviy eskirgan adabiyotlar
  • S. Ya. Atamurodov, M. S. Sodikov




    Download 1 Mb.
    bet43/99
    Sana29.05.2024
    Hajmi1 Mb.
    #256546
    1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   99
    Bog'liq
    Atamurodov

    - sonli DALOLATNOMA
    Budjet tashkilotlarida asosiy vositalarni hisobdan chiqarish to‘g‘risida

    AV-4-son shakl budj.
    Zavod raqami Inventar raqami

    Ko‘rsatkichlar nomi

    Ikki yoqlama yozuvlanuvchi hisobvaraq

    Summa,
    so‘m.

    debet

    kredit

    1

    2

    3

    4

    Balans qiymati










    Eskirish hisoblandi






















    Komissiya tarkibi

    (lavozim, familiyasi)
    Buyruq (qaror)ga asosan tayinlandi





    « » 20 y. -son asos
    Ko‘rib chiqildi
    (obyektning nomi)
    6. Texnik holati va hisobdan chiqarishga asos 7. Komissiya xulosasi:
    Ilova: 1.
    2.
    Komissiya a’zolari:
    (lavozimi) (imzo) (F. I. Sh.)
    (lavozimi) (imzo) (F. I. Sh.)
    (lavozimi) (imzo) (F. I. Sh.)
    AV-4-son shakl budj. 2-bet
    obyektning hisobdan chiqarilishining natijasi

    Hisobdan chiqarilishi bilan bog‘liq xarajatlar

    Hisobdan chiqarilishidan materiallar kirim qilindi

    Hujjatning
    nomi

    T3
    O
    ^2
    _'o3
    'cd1
    X

    0$ .
    1 a
    £ o
    p 00
    00

    « 3

    1. 3

    od pH
    CB

    1. '3

    nomi

    Analitik hisob kodi

    buxgalteriya ikki yoqlamali yozuvi

    l-i
    o
    'O
    B

    0$ .
    1 a
    £ o
    p 00
    00

    debet

    kredit

    i

    2

    3

    4

    5

    6

    7

    8

    9

    10





















































































































































































    Jami




    Jami









    (summa yozuvda)
    Inventar kartochkalarga hisobdan chiqarilganligi qayd qilindi. Bosh hisobchi


    (F. I. Sh.)
    (imzo)


    14-jadval
    Tasdiqlayman:
    « » 20 y.
    Tashkilot


    (F. I. O)
    20 y.

    rahbari (imzo)
    « »
    dalolatnoma
    Budjet tashkilotlari kutubxonasida mavjud bo‘lgan
    adabiyotlarni hisobdan chiqarish bo‘yicha

    444-son shakl
    « » 20 y.
    Tashkilotning nomi
    Tarkibiy bo‘linma
    Moddiy javobgar shaxs
    Debet analitik hisobvaraq Kredit analitik hisobvaraq
    Komissiya tarkibi

    (lavozimi, F. I. O)
    « » yildagi -son

    buyruqqa asosan kutubxonadagi adabiyotlar holati tekshirilganda, ro‘yxatda keltirilgan

    adabiyotlar holati qoniqarsizligi va ma’naviy eskirganligi tufayli ushbu adabiyotlar hisobdan chiqarilishi talab etiladi.
    Ilova: hisobdan chiqarish uchun holati qoniqarsiz va ma’naviy eskirgan adabiyotlar ro‘yxati.
    Kutubxona hisobidan chiqarilgan adabiyotlar inventar kitobda belgilangan.
    Komissiya raisi:

    (lavozimi)
    Komissiya a’zolari:

    (imzo)

    (F. I. Sh.)

    (lavozimi)

    (imzo)

    (F. I. Sh.)

    (lavozimi)

    (imzo)

    (F. I. Sh.)

    (lavozimi)

    (imzo)

    (F. I. Sh.)







    kvitansiya bilan topshirildi,
    kvitansiya

    « »




    y.

    Komissiya raisi:

    Komissiya a’zo1arr

    (lavozimi)

    (imzo)

    (F. I. Sh.)




    (lavozimi)

    (imzo)

    (F. I. Sh.)




    (lavozimi)

    (imzo)

    (F. I. Sh.)

    « »

    (lavozimi)

    (imzo)
    yildagi

    (F. I. Sh.)
    444-son shakl 2-bet
    -son dalolatnomaga ilova.

    Hisobdan chiqarish uclum holati qoniqarsiz va ma'naviy eskirgan adabiyotlar




    RO‘YXATI



    t/r

    Nashrning inventar raqami

    Kitob nomi va muallifi

    Miqdori,
    dona

    Narxi,
    so‘m.

    Summa, so‘m.

    1

    2

    3

    4

    5

    6



















    Jami




    Komissiya raisi:
    (lavozimi) (imzo) (F. I. Sh.)
    Komissiya a’zolari:
    (lavozimi) (imzo) (F. I. Sh.)





    Asosiy vositalarning analitik hisobi AV-6-son shakldagi va AV- 8-son shakldagi inventar kartochkalarda yuritiladi. Kartochkalar har bir inventar obyekt (predmet) bo‘yicha yuritiladi. Bir turdagi predmetlar AV-9-son shakldagi kartochkalarda hisobga olinadi.
    AV-6, AV-8 va AV-9-son shakldagi inventar kartochkalari AV-10-son shakldagi asosiy vositalar hisobi bo‘yicha inventar kartochkalar ro‘yxatida xatlashdan o‘tkaziladi. Ushbu ro‘yxat bir nusxada yuritiladi. Undagi yozuvlar asosiy vositalarni guruhlarga bo‘lib, kartochkalar ochilgan yilni ko‘rsatib amalga oshiriladi. Har bir guruh uchun tegishli miqdorda sahifa ajratiladi. Raqamlash har bir guruh bo‘yicha 1 dan boshlanadi. Asosiy vositalar hisobdan chiqarilganda va joydan-joyga ko‘chirilganda xatlash ro‘yxatining 104
    «Izoh» grafasida memorial orderning sanasi (kun, oy, yil) hamda raqami ko‘rsatiladi.
    Inventar kartochkalar kartotekalarda saqlanadi. Ular tegishli analitik hisobvaraqlar va guruhlar bo‘yicha hamda o‘z ichida moddiy javobgar shaxslarga bo‘lingan holda joylashtiriladi.
    AV-6-son shakldagi inventar kartochka turar-joy imoratlar (010 analitik hisobvaraq), noturar joy imoratlar (011 analitik hisobvaraq), inshootlar (012 analitik hisobvaraq), mashina va jihozlar (013 ana- litik hisobvaraq), transport vositalari (015 analitik hisobvaraq)ni hisobga olish uchun mo‘ljallangan. Inventar kartochkalarni yuri- tishdan maqsad asosiy vositalarni barcha tavsifini va ulardagi o‘zgarishlarni aks ettirishdan iborat.
    Inventar kartochka buxgalteriyada har bir alohida obyekt uchun ochiladi va asosiy vositalarni qabul qilish-topshirish dalolatnomasi, mazkur obyekt uchun tayyorlovchi zavodning pasportlari, texnik va boshqa hujjatlari asosida to‘ldiriladi.
    Asosiy vositalar obyektiga ilova qilinadigan hujjatlarga muvofiq inventar kartochkada obyektning belgilari, ya’ni obyektning inven- tar raqami, chizmasi, loyihasi, modeli, xili, markasi, zavod (yoki boshqa) raqami, chiqarilgan (tayyorlangan) sanasi, qabul qilish dalo- latnomasining sanasi va raqami, dastlabki (tiklash) qiymati, xarid va qayta baholash hujjatlari bo‘yicha eskirishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi.
    Asbob-uskunalar, priborlar, hisoblash texnikasi, muzey qim- matliklari va boshqalar tarkibida qimmatbaho metallar bor bo‘lsa, tarkibida qimmatbaho metall bor bo‘lgan detallar ro‘yxati, pasport- da ko‘rsatilgan detallarning nomi va metall og‘irligi ko‘rsatiladi.
    Inventar kartochkaning orqa tomonida asosiy vositalarning kelib tushishi (obyektni qabul qilish-topshirish dalolatnomasi asosi- da), joyini o‘zgartirilishi (asosiy vositalar obyektining ichki joyla- shishi joyini o‘zgartirish yukxati asosida), obyektlarning hisob- dan chiqarilishi (asosiy vositalar obyektini (avtotransport vosita- laridan tashqari) hisobdan chiqarish to‘g‘risidagi dalolatnoma yoki avtotransport vositalarini hisobdan chiqarish to‘g‘risidagi dalolatnoma asosida asosiy vositalar obyektining chiqib ketishida
    105
    yoki hisobdan chiqarilishida) to‘g‘risidagi ma’lumotlar, obyektning o‘ziga xos qisqacha tavsifi, uni tashkil qiluvchi predmetlar ro‘yxati va uning asosiy sifat hamda miqdor ko‘rsatkichlari, shuningdek, dalolatnomalar va ilova qilinadigan texnik hujjatlar ma’lumotlari asosida eng kerakli taqab qurilgan binolari, moslamalari va jihozlari keltiriladi.
    AV-8-son shakl inventar kartochka boshqa asosiy vositalarni (019 analitik hisobvaraq) hisobga olish uchun xizmat qiladi.
    Kartochka qabul qilish dalolatnomalari asosida (sotib olish hujjatlari bo‘yicha) ochiladi va unda boshqa asosiy vositalarning, jumladan, hayvonlarning yoshi, rangi (tusi), tamg‘asi, oti va h.k. ko‘rsatilgan holda o‘ziga xos tavsifi keltiriladi.
    Ko‘p yillik o‘simliklar turi, o‘tqazilgan birliklar soni va maydoni ko‘rsatilgan holda inventar obyektlari bo‘yicha hisobga olinadi.
    AV-9-son shakldagi inventar kartochka aynan bir xil ishlab chiqarish ahamiyatiga, texnik tavsifga ega bo‘lgan asosiy vosita- lar obyektlarining bir xil guruhlari: kutubxona fondlari va sahnaga qo‘yish vositalarini hisobga olish uchun mo‘ljallangan. Kartochka- dagi yozuvlar miqdor va summa ifodasida yozib boriladi.
    Inventar kartochka asosiy vositalar obyektlari guruhlarini qabul qilish-topshirish dalolatnomasi, asosiy vositalar obyektlarining ichki joylashish joyini o‘zgartirish yukxati asosida ochiladi va har bir moddiy javobgar shaxs bo‘yicha yuritiladi. Obyektlarni hisobdan chiqarish hisobdan chiqarish to‘g‘risidagi dalolatnoma asosida amalga oshiriladi.
    Kutubxona fondlari uchun bitta inventar kartochka ochiladi. Unda hisob umumiy qiymati bo‘yicha faqat pul ifodasida yuritiladi.
    Sahnaga qo‘yish vositalari hisobi soni va obyektlarning qiymati bo‘yicha inventar kortochkalarda yuritiladi.
    01 «Asosiy vositalar» hisobvarag‘ining debet tomonida asosiy vositalarning kirimi (dastlabki qiymatining oshishi), kredit tomo- nida esa, asosiy vositalarning hisobdan chiqarilishi (dastlabki qiymatining kamayishi) aks ettiriladi.
    Sotib olingan asosiy vositalarning qiymati (sotib olish narxi, shuningdek, yetkazib berish va boshqa qo‘shimcha xarajatlar) hisob- 106 da 072 «Asosiy vositalarga boshqa xarajatlar» analitik hisobvara- g‘ining debetiga va 15 «Turli debitor va kreditorlar bilan hisob- kitoblar» va boshqa hisobvaraqlarning tegishli analitik hisobvaraq- lari kreditiga yoziladi. Asosiy vositaning dastlabki qiymati bo‘yicha kirim qilinishi esa, 01 «Asosiy vositalar» hisobvarag‘ining tegishli analitik hisobvaraqlari debetiga va 072 «Asosiy vositalarga boshqa xarajatlar» analitik hisobvarag‘ining kreditiga yoziladi.
    Boshqa yuridik va jismoniy shaxslardan beg‘araz olingan asosiy vositalar buxgalteriya hisobiga kirim qilish vaqtida belgi- langan tartibda aniqlangan joriy bozor qiymati bo‘yicha 072 «Asosiy vositalarga boshqa xarajatlar» analitik hisobvarag‘ining debetiga va 262 «Budjet tashkilotini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari bo‘yicha daromadlar» analitik hisobvarag‘ining kredi- tiga yoziladi. Agarda, ushbu asosiy vosita bo‘yicha yetkazib berish va ishchi holatga keltirish bilan bog‘liq boshqa xarajatlar amalga oshirilsa, u holda ushbu xarajatlar mazkur asosiy vositaning dastlabki qiymatini oshiradi va hisobda 072 «Asosiy vositalarga boshqa xarajatlar» analitik hisobvarag‘ining debetiga va amalga oshirilgan operatsiyaning mazmunidan kelib chiqqan holda 15 «Turli debitor va kreditorlar bilan hisob-kitoblar» yoki boshqa tegishli hisobvaraqlarning analitik hisobvaraqlari kreditiga yoziladi. Asosiy vositaning dastlabki qiymati bo‘yicha kirim qilinishi 01 «Asosiy vositalar» hisobvarag‘ining tegishli analitik hisobvaraqlari debetiga va 072 «Asosiy vositalarga boshqa xara- jatlar» analitik hisobvarag‘ining kreditiga yoziladi.
    Tashkilotning o‘zi tomonidan, shuningdek, pudrat shartnomasiga asosan qurilgan asosiy vosita obyektlarining kirim qilinishi 01 «Asosiy vositalar» hisobvarag‘ining tegishli analitik hisobvaraqlari debetida va 071 «Tugallanmagan qurilish» analitik hisobvarag‘ining kreditida aks ettiriladi.
    Tugatilishi munosabati bilan asosiy vositalarning dastlabki (tiklanish) qiymatini hisobdan chiqarilishi 01 hisobvaraqning tegishli analitik hisobvaraqlari kreditiga, qoldiq qiymatini hisobdan chiqarilishi asosiy vositaning kirim qilish manbasidan kelib chiqqan holda haqiqiy xarajatlarni hisobga oluvchi 231, 241, 251, 261 yoki
    107
    271 analitik hisobvaraqlarning debetiga, hisoblangan eskirish summasini hisobdan chiqarilishi esa, 02 hisobvaraqning tegishli analitik hisobvaraqlari debetiga yozish yo‘li bilan aks ettiriladi.
    Asosiy vositalarning tugatilishi munosabati bilan keyinchalik foydalanishga yaroqli bo‘lgan tovar-moddiy zaxiralarni kirim qilinishi tovar-moddiy zaxiralarni hisobga oluvchi analitik hisob- varaqlarning debetida va tovar-moddiy zaxiralar summasini maz- kur asosiy vositaning qoldiq qiymati doirasida 231, 241, 251, 261 yoki 271 analitik hisobvaraqlarning kreditida (uni kirim qilish manbasidan kelib chiqqan holda), qoldiq qiymatidan oshgan summa esa 272 «Boshqa budjetdan tashqari daromadlar» analitik hisobvaraqning kreditida aks ettiriladi.
    Budjet tashkilotlarida asosiy vositalarning sotilishi hisobda quyidagicha aks ettiriladi:
    bino va inshootlar (chet elda joylashganlaridan tashqari):
    asosiy vositalarning dastlabki (tiklanish) qiymatini hisobdan chiqarilishi 01 hisobvaraqning tegishli analitik hisobvaraqlari kreditida, qoldiq qiymatining hisobdan chiqarilishi asosiy vosita- ning kirim qilish manbasidan kelib chiqqan holda haqiqiy xara- jatlarni hisobga oluvchi 231, 241, 251, 261 yoki 271 analitik hisobvaraqlarning debetiga, hisoblangan eskirish summasining hisobdan chiqarilishi esa 02-hisobvaraqning tegishli analitik hisob- varaqlari debetiga yozish yo‘li bilan aks ettiriladi;
    2) qolgan asosiy vositalar (chet elda joylashganlaridan tashqari):

    • dastlabki (tiklanish) qiymatini hisobdan chiqarilishi 01 hisobvaraqning tegishli analitik hisobvaraqlari kreditida va 201 «Asosiy vositalar va boshqa aktivlar realizatsiyasi» analitik hisob- varag‘ining debetida, hisoblangan eskirish summasini hisobdan chiqarilishi esa 02 hisobvaraqning tegishli analitik hisobvaraqlari debetida va 201 «Asosiy vositalar va boshqa aktivlar realizatsiyasi» analitik hisobvarag‘ining kreditida aks ettiriladi;

    • asosiy vositalarning sotish qiymati 15 hisobvaraqning tegishli analitik hisobvaraqlari debetida va 201 «Asosiy vositalar va boshqa aktivlar realizatsiyasi» analitik hisobvarag‘ining kreditida, bir vaqt- ning o‘zida tegishli budjet daromadiga hisoblangan summa 201 108 «Asosiy vositalar va boshqa aktivlar realizatsiyasi» analitik hisob- varag‘ining debetida va 160 «Budjetga to‘lovlar bo‘yicha budjet bilan hisob-kitoblar» analitik hisobvarag‘ining kreditida aks ettiriladi;

    • pul mablag‘larining kelib tushishi 15 hisobvaraqning tegishli analitik hisobvaraqlarining kreditida va 113 «Boshqa budjetdan tashqari mablag‘lar» analitik hisobvarag‘ining debetida, budjetga hisoblangan summalarni o‘tkazib berilishi esa 113 «Boshqa budjetdan tashqari mablag‘lar» analitik hisobvarag‘ining kreditida va 160 «Budjetga to‘lovlar bo‘yicha budjet bilan hisob-kitoblar» analitik hisobvarag‘ining debetida aks ettiriladi;

    • asosiy vositalarning sotilishidan ko‘rilgan ijobiy moliyaviy natija (daromad) 201 «Asosiy vositalar va boshqa aktivlar reali- zatsiyasi» analitik hisobvarag‘ining debetida va 272 «Boshqa budjetdan tashqari daromadlar» analitik hisobvarag‘ining krediti- da, salbiy moliyaviy natija (zarar) esa asosiy vositaning kirim qilish manbasidan kelib chiqqan holda haqiqiy xarajatlarni hisobga oluvchi 231, 241, 251, 261 yoki 271 analitik hisobvarag‘larning debetida va 201 «Asosiy vositalar va boshqa aktivlar realizatsiyasi» analitik hisobvarag‘ining kreditida aks ettiriladi.

    3) chet elda joylashgan tashkilotlarning asosiy vositalari (bino va inshootlardan tashqari):

    • dastlabki (tiklanish) qiymatining hisobdan chiqarilishi 01 hisobvaraqning tegishli analitik hisobvaraqlari kreditida va 201 «Asosiy vositalar va boshqa aktivlar realizatsiyasi» analitik hisob- varag‘ining debetida, hisoblangan eskirish summasini hisobdan chiqarilishi esa 02 hisobvaraqning tegishli analitik hisobvaraqlari debetida va 201 «Asosiy vositalar va boshqa aktivlar realizatsiyasi» analitik hisobvarag‘ining kreditida aks ettiriladi;

    • asosiy vositalarning sotish qiymati 15 hisobvaraqning tegishli analitik hisobvaraqlari debetida va 201 «Asosiy vositalar va boshqa aktivlar realizatsiyasi» analitik hisobvarag‘ining kreditida aks ettiriladi;

    • pul mablag‘larini kelib tushishi 15 hisobvaraqning tegishli analitik hisobvaraqlarining kreditida va 113 «Boshqa budjetdan

    109
    tashqari mablag‘lar» analitik hisobvarag‘ining debetida aks ettiriladi;

    • asosiy vositalarni sotish natijalari bo‘yicha ijobiy moliyaviy natija (daromad) 201 «Asosiy vositalar va boshqa aktivlar reali- zatsiyasi» analitik hisobvarag‘ining debetida va 272 «Boshqa budjetdan tashqari daromadlar» analitik hisobvarag‘ining kreditida, salbiy moliyaviy natija (zarar) esa asosiy vositaning kirim qilish manbasidan kelib chiqqan holda haqiqiy harajatlarni hisobga oluvchi 231, 241, 251, 261 yoki 271 analitik hisobvaraqlarning debetida va 201 «Asosiy vositalar va boshqa aktivlar realizatsiyasi» analitik hisobvarag‘ining kreditida aks ettiriladi.

    Tashkilotlar tomonidan asosiy vositalar beg‘araz berilganda uning dastlabki (tiklanish) qiymatini hisobdan chiqarilishi 01 hisobvaraqning tegishli analitik hisobvaraqlari kreditida, qoldiq qiymatining hisobdan chiqarilishi kirim qilish manbasidan kelib chiqqan holda haqiqiy xarajatlarni hisobga oluvchi 231, 241, 251, 261 yoki 271 analitik hisobvaraqlarning debetida, hisoblangan eskirish summasini, hisobdan chiqarilishi esa 02 hisobvaraqning tegishli analitik hisobvaraqlari debetida aks ettiriladi.
    Budjet tashkilotida asosiy vositalarning hisobdan chiqarilishi tekshirish komissiyasining asoslovchi dalolatnomalari orqali amalga oshiriladi:

    • asosiy vositalarni tugatish dalolatnomasi;

    • transport vositalarini tugatish dalolatnomasi;

    • asboblarni, ishlab chiqarish va xo‘jalik inventarlarini hisobdan chiqarish dalolatnomasi (443-shakl);

    • kutubxonadan chiqarilgan adabiyotlarni hisobdan chiqarish dalolatnomasi (444-shakl) rasmiylashtiriladi.

    Tekshirish komissiyasining asoslovchi dalolatnomalarni tuzish chog‘ida quyidagilarga e’tibor beriladi:

    1. tegishli texnik hujjatlardan (pasport, darajama-daraja rejalar va boshqa hujjatlar) hamda buxgalteriya hisobi ma’lumotlaridan foydalangan holda qaysi asosiy vositalarni hisobdan chiqariladi- ganligini belgilab oladi;

    2. ularni tiklab yana ishlatsa bo‘lish yoki aksincha holatdaligiga baho beradi;

    110

    1. asosiy vositalarni hisobdan chiqarish sabablari o‘rganiladi;

    2. asosiy vositalarning oldinroq chiqarilishiga ma’sul shaxslar bor-yo‘qligi aniqlanadi va shu kabilar yuzasidan budjet tashkiloti rahbariga taklif kiritadi.

    Asosiy vositalar obyekti qisman tugatilgan holatda uning boshlang‘ich (tiklash) qiymati va jamlangan amortizatsiyasi tegish- ligicha obyektning tugatilgan qismining boshlang‘ich (tiklash) qiymati va jamlangan amortizatsiyasi summasiga kamaytiriladi.
    Asosiy vositalar obyektlarining chiqib ketishidan moliyaviy natija (foyda yoki zarar) asosiy vositalarning chiqib ketishidan olin- gan daromaddan ularning qoldiq (balans) qiymatini, asosiy vosita- larning chiqib ketishi bilan bog‘liq bo‘lgan bilvosita soliqlar va xarajatlarni chegirib tashlash orqali aniqlanadi.
    Asosiy vositalar obyektlarining chiqib ketishidan ko‘rilgan moliyaviy holatni aniqlashda avvalgi qayta baholangan asosiy vositalar obyektlarini qo‘shimcha baholash summasi, mazkur asosiy vositalar obyektini avvalgi qo‘shimcha baholashlar summasining ilgarigi arzonlashtirishlar summasidan oshib ketishi «Mol-mulkni qayta baholash bo‘yicha tuzatishlar» hisobvarag‘i bo‘yicha zaxira sarmoyasini bir yo‘la kamaytirish bilan asosiy vositalarning chiqib ketishidan olingan daromad tarkibiga kiritiladi.


    1. Download 1 Mb.
    1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   99




    Download 1 Mb.