|
Budjet tashkilotlarida asosiy vositalarni ijaraga berish hisobi
|
bet | 44/99 | Sana | 29.05.2024 | Hajmi | 1 Mb. | | #256546 |
Bog'liq AtamurodovBudjet tashkilotlarida asosiy vositalarni ijaraga berish hisobi
Budjet tashkilotlarida bino, inshoot va boshqa asosiy vositalarni ijaraga berish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 8-apreldagi 102-sonli «Davlat mulkini ijaraga berish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori va boshqa qonuniy hujjatlar asosida tartibga solinadi.
Ijarani tartibga soluvchi davlat organi Davlat mulki qo‘mitasi, uning viloyatlardagi va Toshkent shahridagi hududiy boshqarmalari tasarrufidagi davlat mulkini ijaraga berish markazlari tomonidan amalga oshiriladi.
Budjet tashkiloti ijara shartnomasiga asosan binolar, inshootlar yoki ularning qismlari, asbob-uskunalar, transport vositalari shak- lidagi davlat mulki va boshqa mulklarini berishlari mumkin.
Ijara subyektlari-bu ijaraga oluvchi va beruvchilardir, ijara obyekti esa - bu ijara shartnomasi asosida olingan moddiy qiymat- liklardir.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi ijaraga beril- gan davlat mulki bo‘yicha yig‘ma (jamlanma) ma’lumotni O‘zbe- kiston Respublikasi Moliya vazirligiga har chorakda hisobot chora- gidan keyingi oyning 15-kunigacha taqdim etadi.
Ijara to‘lovi bo‘yicha hisob-kitoblar ijara to‘lovini hamda, zaru- rat tug‘ilganda, kommunal va foydalanish to‘lovlarini o‘z ichiga oladi. Ijara to‘lovi ijaraga oluvchi tomonidan ijara to‘lovining oxirgi belgilangan miqdoridan va ijaraning qolgan muddatidan kelib chiqqan holda hisoblangan davrlar (har chorakda, har oyda va shu kabi) bo‘yicha teng miqdorda to‘lanadi. To‘lov ijara shartnomasida ko‘rsatilgan muddatlarda har bir navbatdagi davr (chorak, oy va shu kabilar) uchun yuz foiz oldindan to‘lash shaklida amalga oshiriladi.
|
| |