§. budjet tashkilotlarida tovar-moddiy zaxiralarning kelib tushushi va sarflanishini




Download 1 Mb.
bet47/99
Sana29.05.2024
Hajmi1 Mb.
#256546
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   99
Bog'liq
Atamurodov

§. budjet tashkilotlarida tovar-moddiy
zaxiralarning kelib tushushi va sarflanishini


RASMIYLASHTIRISH TARTIBI

      1. Budjet tashkilotiga tovar-moddiy zaxiralarning kirimini hisobga olish

Budjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobida tovar-moddiy zaxi- ralarning hisobi yuritiladi va quyidagilar natijasida tashkilotga kirim qilinadi:

  • shartnoma asosida sotib olganda;

  • beg‘araz berilganda

  • uzoq muddatli aktivlar tarkibidan o‘tkazish;

  • ortiqcha tovar-moddiy zaxiralarni aniqlash;

  • budjet tashkilotning o‘zi ishlab chiqarganda;

  • qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa hollar.

Tovar-moddiy zaxiralar tashkilotning buxgalteriya balansiga
tannarxi bo‘yicha kiritiladi, u sotib olish qiymati va ularni sotib olish bilan bog‘liq bo‘lgan barcha xarajatlarai o‘z ichiga oladi. Ya’ni sotib olinayotgan tovar-moddiy zaxirani sotish bahosi 100000 so‘m, olib kelish bilan bog‘liq 5000 so‘m qo‘shimcha xarajat qilindi. Natijada mazkur budjet tashkiloti ushbu tovar-moddiy zaxirani 105000 so‘m qiymatda balansga kirim qiladi.
Shuningdek, tovar-moddiy zaxiralarni sotib olish bilan bog‘liq bo‘lgan va ularning tannarxiga kiritiladigan xarajatlar quyidagilar bo‘lishi mumkin:

  • bojxona bojlari va yig‘imlari;

  • tovar-moddiy zaxiralarni sotib olish bilan bog‘liq bo‘lgan soliq va boshqa majburiy to‘lovlar summalari;

  • tovar-moddiy zaxiralar ular orqali sotib olingan ta’minotchi va vositachi tashkilotlarga to‘lanadigan vositachilik haqi;

  • tovar-moddiy zaxiralarni sertifikatlash va tovar-moddiy zaxiralarni sotib olish bilan bog‘liq bo‘lgan texnik shartlarga muvo- fiq ularni sinash bo‘yicha xarajatlar;

  • tovar-moddiy zaxiralarni tayyorlash va ularni joriy joylashish yoki foydalanish joyiga yetkazib berish bo‘yicha transport-tayyorlov xarajatlari. Ular tayyorlash, yuklash-tushirish ishlari, tovar-moddiy zaxiralarni barcha turdagi transport bilan ularni joriy joylashish yoki foydalanish joyiga tashish uchun tariflarni to‘lash bo‘yicha xarajatlar, shu jumladan tovar-moddiy zaxiralarni tashishda xatar- larni sug‘urtalash bo‘yicha xarajatlardan tashkil topadi;

  • tovar-moddiy zaxiralarni sotib olish bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan boshqa xarajatlar.

Sotib olingan tovar-moddiy zaxiralarga haq to‘lash bilan bog‘liq xarajatlar (akkreditiv ochish xarajatlari, o‘tkazmalar uchun bank komissiyasi, tovar-moddiy zaxiralarni chet el valutasiga sotib olish chog‘ida valutani konvertatsiyalash bo‘yicha komissiya va boshqa bank xizmatlari), tovar-moddiy zaxiralarni sotib olish bo‘yicha kontraktlarni tayyorlash, ro‘yxatdan o‘tkazish va yopish bilan bog‘liq xarajatlar hamda aktivlarni sotib olish bilan bevosita bog‘liq bo‘lmagan boshqa xarajatlar tovar-moddiy zaxiralarning tannarxiga kiritilmaydi, balki ular sodir bo‘lgan hisobot davrida haqiqiy xarajatlar sifatida aks ettiriladi.
Tovar-moddiy zaxiralarni sotib olish bo‘yicha xarajatlar ularning yuzaga kelishini tasdiqlovchi boshlang‘ich hisob hujjatlari asosida belgilanadi.
Transport-tayyorlov xarajatlarining summasi alohida yig‘iladi va tovar-moddiy zaxiralarning tegishli turlari o‘rtasida taqsimlanadi.
Tashkilot tomonidan beg‘araz olingan hamda asosiy vositalar va boshqa mol-mulkning chiqib ketishi natijasida olingan tovar-moddiy zaxiralarning tannarxi ularning buxgalteriya hisobiga qabul qilinish sanasidagi joriy qiymatidan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
Ortiqcha (hisobga olinmagan) tovar-moddiy zaxiralarni inven- tarlash natijasida aniqlangan aktivlar tannarxi ular aniqlangan sanadagi joriy qiymatdan kelib chiqqan holda belgilanadi.
Bitta umumiy summaga sotib olingan barcha tovar-moddiy zaxiralardan har birining tannarxi ushbu summani alohida tovar- moddiy zaxiraning joriy qiymatiga mutanosib ravishda taqsimlash yo‘li bilan aniqlanadi.
Tashkilotga tegishli bo‘lmagan, vaqtinchalik tashkilotda foydala- nishda bo‘lgan shartnoma asosida mas’ul saqlashga olingan tovar- moddiy zaxiralar buxgalteriya hisobida balansdan tashqari 02 «Mas’ul saqlashga olingan tovar-moddiy qimmatliklar» hisobvara- g‘ida shartnomada ko‘rsatilgan qiymat bo‘yicha hisobga olinadi.
Tovar-moddiy zaxiralar chet el valutasi hisobiga sotib olinishida sotib olinayotgan material zaxiralarning qiymati operatsiya sodir etilgan sanadagi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki kursi bo‘yicha chet el valutasini so‘mga hisoblab o‘tkazish yo‘li bilan aniqlanadi.


      1. Download 1 Mb.
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   99




Download 1 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



§. budjet tashkilotlarida tovar-moddiy zaxiralarning kelib tushushi va sarflanishini

Download 1 Mb.