|
§. budjet tashkilotlarida tovar-moddiy zaxiralar
analitik va sintetik hisobi
|
bet | 49/99 | Sana | 29.05.2024 | Hajmi | 1 Mb. | | #256546 |
Bog'liq Atamurodov§. budjet tashkilotlarida tovar-moddiy zaxiralar
analitik va sintetik hisobi
Tayyor malisulot hisobvarag‘ida xo‘jalik muomalasini aks ettirish
Tovar-moddiy zaxiralarni hisobga olish borasida budjet tashki- lotlarida quyidagi hisobvaraqlar rejasida buxgalteriya yozuvlari amalga oshiriladi:
«Tayyor mahsulot»;
«Boshqa tovar-moddiy zaxiralar».
05 «Tayyor mahsulot» hisobvarag‘i 050 «Tayyor mahsulot» analitik hisobvarag‘idan iborat bo‘lib, ushbu analitik hisobvaraqda
120
tayyor mahsulotlar haqiqiy ishlab chiqarish tannarxi bo‘yicha hisobga olinadi.
Sotish uchun tayyorlangan (olingan) tayyor mahsulotlar, shu jumladan, qisman tashkilotning o‘z ehtiyojlari uchun mo‘ljallangan mahsulotlarning kirim qilinishi 050 «Tayyor mahsulot» analitik hisobvarag‘ining debetida 090 «Tovar (ish, xizmat)larga xarajatlar» analitik hisobvarag‘i bilan bog‘langan holda aks ettiriladi.
Xaridorlar (buyurtmachilar)ga ortib jo‘natilgan tayyor mah- sulotlarning haqiqiy tannarxi ushbu xaridor (buyurtmachi)lar tomonidan hisob-kitob hujjatlari taqdim etilganda 050 «Tayyor mahsulot» analitik hisobvarag‘ining kreditidan 200 «Mahsulot (ish, xizmat)lar realizatsiyasi» analitik hisobvarag‘ining debetiga hisobdan chiqariladi.
Shuningdek, ushbu analitik hisobvaraqda yordamchi qishloq va o‘quv xo‘jaliklarinmg mahsulotlari ham hisobga olinadi. Yordamchi qishloq xo‘jalik va o‘quv-tajriba xo‘jaliklarining mahsulotlari rejadagi bahosi bo‘yicha yil davomida hisobga olib boriladi.
Bu mahsulotlar kirimga olinganda 050 analitik hisobvaraqning debetiga va 090 «Tovar (ish, xizmat)larga xarajatlar» analitik hisob- varag‘ining kreditiga yoziladi.
Mahsulotlarni sotishda sotilgan mahsulotlarning rejadagi tannarxi 050 analitik hisobvaraqning kreditidan 200 analitik hisobvaraqning debetiga yoziladi. Tashkilot o‘zining ehtiyojlari uchun mo‘ljallangan mahsulotlari 050 analitik hisobvaraqning kreditiga va 06 hisobvaraqning tegishli analitik hisobvaraqlari debetiga yoziladi.
Mahsulotning rejadagi tannarxi yil oxirida, yillik hisobot kalku- latsiyasiga asosan, haqiqiy tannarxi bilan muvofiqlashtiriladi. Agar yil davomida olingan qishloq xo‘jalik mahsulotlarining haqiqiy tannarxi rejadagidan yuqori bo‘lsa, sotilmagan mahsulotlarga taalluqli bo‘lgan qismida haqiqiy va rejadagi tannarxi o‘rtasidagi farq summasiga qo‘shimcha provodka qilinadi, bunda ushbu farq summa 050 analitik hisobvaraqning debetiga va 090 analitik hisobvaraqning kreditiga yoziladi, sotilgan mahsulotlarga taalluqli qismida esa 200 analitik hisobvaraqning debetiga va 090 analitik hisobvaraqning kreditiga yoziladi.
Agar yil davomida olingan qishloq xo‘jalik mahsulotlarining haqiqiy tannarxi rejadagidan kam bo‘lsa, u holda rejadagi va haqiqiy tannarxi o'rtasidagi farq summasiga (tejalgan summaga) sotilmagan mahsulotlarga taalluqli bo‘lgan qismida storno bilan (qizil siyoh bilan) buxgalteriya yozuvi qilinadi, ya’ni ushbu farq summa 050 analitik hisobvaraqning debetiga va 090 analitik hisobvaraqning kreditiga yoziladi, sotilgan mahsulotlarga taalluqli qismida esa 200 analitik hisobvaraqning debetiga va 090 analitik hisobvaraqning kreditiga yoziladi.
Tayyor mahsulotlarining analitik hisobi nomi, miqdori va qiymati hamda saqlanadigan joyi bo‘yicha 296-son shakldagi material qimmatliklarning miqdor-qiymat hisobi daftari (kar- tochkasi)da alohida holda yuritiladi.
|
| |