|
§. ish haqi to‘lashning analitik va sintetik hisobi
|
bet | 57/99 | Sana | 29.05.2024 | Hajmi | 1 Mb. | | #256546 |
Bog'liq Atamurodov§. ish haqi to‘lashning analitik va sintetik hisobi
Ish liaqini deponentga o‘tkazilgan summalarining hisobi
To‘lash muddati tugagandan so‘ng g‘aznachi qaydnomani g‘azna hisoboti bilan birga buxgalteriyaga topshiradi. Qaydnomada ish haqini olmagan shaxslarning familiyalari qarshisiga «Deponent- lashtirilgan» tamg‘asi(shtamp)ni bosadi yoki qo‘lda yozib qo‘yadi. Qaydnomaning oxirida haqiqatda to‘langan ish haqi summasi va deponentlashtiriladigan summa ko‘rsatiladi. Xodimlar ish haqining deponentlashtirilgan summalari haqidagi ma’lumotlarni g‘aznachi Deponentlashtirilgan ish haqi va stipendiyalarning analitik hisobi kitobi (441-shakl)ga yozishi kerak. G‘aznachi tomonidan qayd- nomaga qo‘yilgan belgilar va Deponentlashtirilgan ish haqi va stipendiyalarning analitik hisobi kitobidagi yozuvlar tekshirilgandan hamda to‘langan va deponentlashtirilgan summalarni qayta hisoblab chiqilgandan keyin buxgalteriya shu kunning o‘zida haqiqatda to‘langan ish haqi summasiga chiqim orderi yozadi va g‘aznaga bu summani g‘azna bo‘yicha xarajatga chiqarish uchun, ya’ni g‘aznachi hisobotiga qo‘shish uchun beradi. Deponentlashtirilgan summalar ish haqi to‘lash muddati tugagandan so‘ng keyingi kuni bank muassasasiga budjet tashkilotining tegishli depozit hisobvarag‘iga topshiriladi.
Budjet tashkilotining buxgalteriyasi hisob-kitob to‘lov qayd- noma asosida memorial-order tuzadi. Memorial-orderga ish haqini hisoblashga va vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqalari bo‘yicha to‘lovlar uchun asos bo‘lib xizmat qilgan barcha hujjatlar ilova qilinadi. Memorial-order asosida ish haqini hisoblash, undan ushlash va to‘lash bo‘yicha muomalalar yozuvi bosh jurnal kitobiga va boshqa hisob registrlariga amalga oshiriladi.
Bir martalik (vafot etganda, bola tug‘ilganda va boshqa holatlarda beriladigan) nafaqalar tasdiqlovchi hujjatlar asosida g‘azna yoki hisobdor shaxs orqali to‘lanadi. Ishlaydigan pensioner- larga pensiyalar o‘tgan oy uchun ijtimoiy sug‘urta hisobidan ishlovchi pensionerlarga pensiya to‘lash qaydnoma bo‘yicha oyning ikkinchi yarmi uchun ishchi va xizmatchilarga mehnat haqi to‘lash bilan bir vaqtda to‘lanadi. Pensiya to‘lash qaydnoma budjet tashkilotining rahbari va bosh hisobchii hamda mazkur budjet tashkilotining kasaba uyushmasi tashkiloti raisi tomonidan imzolanadi va kasaba uyushmasi qo‘mitasining muhri tushiriladi. Kasaba uyushmasining raisi tomonidan imzolanmagan pensiya va nafaqa to‘lash qaydnomalari qonuniy kuchga emas deb hisoblanadi va bu qaydnomalar bo‘yicha to‘langan summalar ijtimoiy sug‘urtaga qilingan ajratmalar hisobiga qabul qilinmaydi.
|
| |