|
Ish haqi hisoblash yuzasidan buxgalteriya ikki yoqlamali yozuvlari hisobi
|
bet | 58/99 | Sana | 29.05.2024 | Hajmi | 1 Mb. | | #256546 |
Bog'liq AtamurodovIsh haqi hisoblash yuzasidan buxgalteriya ikki yoqlamali yozuvlari hisobi
Budjet tashkilotida xodimlarga bir oy davomida ikki yoki bir marotaba mehnati ushun haq beriladi. Hujjatlashtirish ishlarini bosh buxgalter hisob-kitob buxgalteri bilan birgalikda amalga oshiradi. Budjet tashkilotining gaznachisi rasmiylashtirilgan hujjatlar asosida belgilangan ish haqlarini bankdan olib kelib, to‘lov qaydnomasida ko‘rsatilgan mablag‘larni xodimlarga yetib borishini ta’minlaydi. Har bir xodim o‘ziga tegishli mablag‘ni pasportini ko‘rsatgan holda shaxsiy imzosini to‘lov qaydnomasiga qayd etib oladi. Boshqa uchunchi shaxslarning ish haqi uchun beriladigan mablag‘larni olishi mumkin emas. G‘aznachi tomonidan boshqa xodimlarning mablag‘larini har xil vajlar bo‘lganda ham berib yuborish mumkin emas.
Aytaylik, 170 ta xodimdan 2 nafari ma’lum sabablarga ko‘ra oylik maoshlarini oylik maoshlarni tarqatish vaqtida ololmay qoldi. Biz bilamizki, gazna yuritish tartiblariga ko‘ra g‘aznachi ish haqi uchun bankdan olib kelingan pul mablag‘larini gazna seyfida 3 kundan ortiq davr mobaynida saqlashi mumkin emas. Budjet tashkiloti gazna bolimida ushlab qolingan 2 nafar xodimning ish haqlari uchun ajratilgan mablag‘ gaznachi tomonidan deponentga o‘tkazish uchun rasmiylashtiriladigan hujjat to‘ldirilib, bank depozit hisobvarag‘iga o‘tkaz ishlarini amalga oshiriladi. Mazkur jarayonga, ya’ni vaqtida olinmagan xodimlarni ish haqi deponentga o‘tkazilganda quyidagicha buxgalterya yozuvlari amalga oshiriladi.
Debet: 173 Xodimlar bilan mehnatga haq to‘lash bo‘yicha hisob- kitoblar Kredit:
177 Deponentlangan to‘lovlar bo‘yicha hisob-kitoblar Hisoblangan yagona ijtimoiy to‘lov summasiga tashkilotning buxgalteriyasida qanday buxgalteriya yozuvi beriladi.
Debet: 231 Budjet mablag‘lari bo‘yicha haqiqiy xarajatlar Kredit: 161 Yagona ijtimoiy to‘lov bo‘yicha hisob-kitoblar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 2004-yil 21-dekabrdagi «Fuqarolarning jamg‘arib boriladigan pensiya ta’minoti to‘g‘risida» gi qaroriga asosan ish haqidan shaxsiy jamg‘a- rib boriladigan pensiya hisobvarag‘iga ajratma hisoblanganda
Debet: 160 Budjetga to‘lovlar bo‘yicha budjet bilan hisob- kitoblar
Kredit: 162 Shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvarag‘i badallari bo‘yicha hisob-kitoblar
Hisoblangan yagona ijtimoiy to‘lov summasi soliq idora- siga o‘tkazib berilganida qanday buxgalteriya provodkasi rasmiy- lashtiriladi?
Debet: 161 Yagona ijtimoiy to‘lov bo‘yicha hisob-kitoblar Kredit: 232 budjetdan moliyalashtirish
G‘aznadan xodimlarga vaqtinchalik ish qobiliyatini yo‘qotgan- ligi uchun hisoblangan nafaqa berilganda qanday buxgalteriya provodkasi rasmiylashtiriladi?
Debet: 171 Xodimlar bilan ijtimoiy nafaqalar bo‘yicha hisob- kitoblar
Kredit: 120 Milliy valutadagi naqd pul mablag‘lari Ish haqidan ijro varaqalariga asosan ushlanmalar amalga oshirilganda
Debet: 173 Xodimlar bilan mehnatga haq to‘lash bo‘yicha hisob- kitoblar
Kredit: 176 Xodimlarning ish haqidan ushlab qolinadigan haq bo‘yicha hisob-kitoblar
Da’vo muddati o‘tgan deponentlashtirilgan ish haqi hisobdan chiqarildi
Debet: 177 Deponentlangan to‘lovlar bo‘yicha hisob-kitoblar Kredit: 230, 240, 250, 260
«Davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha nafaqalar tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida nizom» ga asosan bola tug‘ilganda berila- digan nafaqalar tayinlanganda
Debet: 231,241,251,261, 271 hisobvaraqlar Kredit: 171 Xodimlar bilan ijtimoiy nafaqalar bo‘yicha hisob- kitoblar
|
| |