|
Yagona ijtimoiy to‘lov va majburiy sug‘urta badallari bo‘yicha imtiyozlar
|
bet | 61/99 | Sana | 29.05.2024 | Hajmi | 1 Mb. | | #256546 |
Bog'liq AtamurodovYagona ijtimoiy to‘lov va majburiy sug‘urta badallari bo‘yicha imtiyozlar
Budjet tashkiloti bosh hisobchisi yagona ijtimoiy to‘lov va majburiy sug‘urta badallari bo‘yicha quyidagi imtiyozlar borligini inobatga olishi shart:
soliq kodeksining 174-moddasining 5, 8, 9, 11 va 12-band- larida ko‘rsatilgan kompensatsiya to‘lovlari;
hodimga hisoblanadigan va uning roziligi bilan tegishli budjet yoki xayriya jamg‘armalariga o‘tkaziladigan ish haqi tarzidagi daromadlari;
yosh mutaxassislarga oliy o‘quv yurtini tamomlaganlaridan so‘ng ta’til vaqti uchun yuridik shaxslar hisobidan to‘lanadigan nafaqalar;
O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa, Ichki ishlar, Favqulodda vaziyatlar vazirliklarining, O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavsiz- lik xizmatining harbiy xizmatchilariga, ichki ishlar organlarining hamda O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining oddiy, serjant va ofitser tarkiblarida xizmatni o‘tash munosabatlari bilan to‘lanadigan pul ta’minoti, pul mukofotlari va boshqa to‘lovlar;
quyidagi grant mablag‘lari hisobiga olinadigan mehnatga haq to‘lash tarzidagi daromadlar:
davlatlar, davlatlarning hukumatlari, xalqaro va chet elga qarashli tashkilotlar tomonidan berilgan grant mablag‘lari;
O‘zbekiston Respublikasi hukumati tomonidan belgilanadigan ro‘yxatga kiritilgan xalqaro va chet el nohukumat tashkilotlari tomonidan berilgan grant mablag‘lari;
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalar doirasida berilgan grant mablag‘lari;
Respublika Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 17-iyuldagi 328-sonli qarorining 7-bandida ixtisoslashtirilgan sexlar, uchastka- lar va korxonalarda ishlovchi nogironlar mehnatiga haq to‘lash fondidan 4,7 foiz stavka bo‘yicha yagona ijtimoiy to‘lov undirilishi belgilab qo‘yilgan.
|
| |