• Shaxsiy jamg‘arib boriladigan Pensiya hisobvarag‘i badallari
  • Yagona ijtimoiy to‘lov bo‘yicha hisob-kitoblar




    Download 1 Mb.
    bet69/99
    Sana29.05.2024
    Hajmi1 Mb.
    #256546
    1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   99
    Bog'liq
    Atamurodov

    Yagona ijtimoiy to‘lov bo‘yicha hisob-kitoblar

    1. «Yagona ijtimoiy to‘lov bo‘yicha hisob-kitoblar» analitik hisobvarag‘ida mehnatga haq to‘lash jamg‘armasidan hisoblangan yagona ijtimoiy to‘lovlarning hisobi olib boriladi.

    Yagona ijtimoiy to‘lov bo‘yicha hisob-kitoblar qonunchilikka asosan tartibga solinadi.
    Mehnatga haq to‘lash jamg‘armasidan hisoblangan yagona ijtimoiy to‘lovlar summasi 161 «Yagona ijtimoiy to‘lov bo‘yicha hisob-kitoblar» analitik hisobvaraqning kreditida va haqiqiy xarajatlarni hisobga oluvchi 231, 241, 251, 261 va 271 analitik hisobvaraqlarning debetida aks ettiriladi. Budjet budjet tashkilot tomonidan o‘tkazib berilgan to‘lovlar esa, pul mablag‘larini hisobga oluvchi tegishli analitik hisobvaraqlar kreditida va 161 «Yagona ijtimoiy to‘lov bo‘yicha hisob-kitoblar» analitik hisobvaraqning debetida aks ettiriladi.
    161-»Yagona ijtimoiy to‘lov bo‘yicha hisob-kitoblar» analitik hisobvaraq bo‘yicha analitik hisob 292-son shakldagi joriy hisoblar va hisob-kitoblar daftarida (kartochkasida) olib boriladi.

        1. Shaxsiy jamg‘arib boriladigan Pensiya hisobvarag‘i badallari

    buyicha hisob-kitoblar

    1. «Shaxsiy jamg‘arib boriladigan Pensiya hisobvarag‘i badal- lari bo‘yicha hisob-kitoblar» analitik hisobvarag‘ida budjet tashki- lotlar xodimlarining jamg‘arib boriladigan pensiya to‘lovlari bo‘yi- cha badallari hisobi yuritiladi. Jamg‘arib boriladigan pensiya to‘lov- lari bo‘yicha hisob-kitoblar qonunchilikka asosan tartibga solinadi.

    Budjet tashkilot xodimlarining shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga majburiy badallar hisoblanganda 160 «Budjetga to‘lovlar bo‘yicha budjet bilan hisob-kitoblar» analitik hisobvaraqning debeti va 162 «Shaxsiy jamg‘arib boriladigan Pensiya hisobvarag‘i badallari bo‘yicha hisob-kitoblar» analitik hisobvaraqning krediti bo‘yicha aks ettiriladi. Hisoblangan shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga majburiy badallar o‘tkazib berilganda 162 «Shaxsiy jamg‘arib boriladigan Pensiya hisobvarag‘i badallari bo‘yicha hisob-kitoblar» analitik hisobvaraq debetlanadi va tegishli pul mablag‘larini hisobga oluvchi analitik hisobvaraqlar kreditlanadi.
    Analitik hisob har bir shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga majburiy badallarai o‘tkazuvchi xodimlar bo‘yicha alohida holda yuritiladi.


        1. Download 1 Mb.
    1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   99




    Download 1 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Yagona ijtimoiy to‘lov bo‘yicha hisob-kitoblar

    Download 1 Mb.