|
Boshqa debitor va kreditorlar bilan hisob-kitoblar
|
bet | 67/99 | Sana | 29.05.2024 | Hajmi | 1 Mb. | | #256546 |
Bog'liq AtamurodovBoshqa debitor va kreditorlar bilan hisob-kitoblar
«Boshqa debitor va kreditorlar bilan hisob-kitoblar» analitik hisobvarag‘ida yuqorida keltirilmagan barcha hollar bo‘yicha debitor va kreditorlar bilan hisob-kitoblar hisobi olib boriladi.
Shuningdek, ushbu analitik hisobvaraqda shtatda turmagan tarkibga (kompozitorlarga, artistlarga, mualliflarga) shartnoma bo‘yicha bajargan ishlari va chiqimlari uchun, televizor va radio- eshittirishlarda bir marta chiqish uchun qilingan buyurtmalarga beriladigan qalam haqi summalari bo‘yicha hisob-kitoblar, shu- ningdek, uyda nogiron bolalarni o‘qitadigan pedagoglarga to‘lana- digan kompensatsiya to‘lovlari hisobga olinadi.
Boshqa debitorlar va kreditorlar bilan olib boriladigan hisob- kitoblarning analitik hisobi 408-son shakldagi (6-son memorial order) jamlanma qaydnomasida, shuningdek, 292-son shakldagi joriy hisoblar va hisob-kitoblar daftarida (kartochkasida) olib boriladi.
Mustaqil ta’lim uchun savollar
Debitorlik qarzi nima?
Kreditorlik qarzi nima?
Debitorlik va kreditorlik qarzlarining amaldagi muddatlari necha kun?
Kreditorlik qarzdan kimlar ozod qilingan?
Xorijiy fuqarolar ham kreditorlik qarz bo‘lishi mumkinmi?
Xaridor va buyurtmachilar bilan hisob-kitoblar qaysi hisobvaraqda yuritiladi?
Beg‘araz olingan mablag‘lar qanday qarz deyiladi?
Oylik maosh tashkilot g‘aznasiga olib kelindi va xodimlarga tarqa- tilmadi. Tashkilot bosh hisobchisi hisobot topshirish muddati kelmagan bo‘lsa-da uni kreditor qarz deb rasmiylashtirdi. Shu to‘g‘rimi?
|
| |