|
Budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi bilan hisob-kitoblar
|
bet | 70/99 | Sana | 29.05.2024 | Hajmi | 1 Mb. | | #256546 |
Bog'liq AtamurodovBudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi bilan hisob-kitoblar
«Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi bilan hisob- kitoblar» analitik hisobvarag‘ida budjet tashkilotlarning xodimlariga hisoblangan ish haqlaridan budjetdan tashqari Pensiya jamg‘arma- siga ajratma qilinadigan badallari, qonunchilikka muvofiq sotilgan mahsulot (ish, xizmat)larning haqiqatdagi hajmidan majburiy ajratmalarning hisobi, shuningdek, davlat ijtimoiy sug‘urtasi va boshqa budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi hisobidan amalga oshiriladigan to‘lovlar bo‘yicha budjetdan tashqari Pensiya jamg‘ar- masi bilan olib boriladigan hisob-kitoblari hisobi yuritiladi.
Xodimlarning hisoblangan ish haqlaridan Pensiya jamg‘arma- siga ushlangan majburiy badallar summalari 173 «Xodimlar bilan mehnatga haq to‘lash bo‘yicha hisob-kitoblar» analitik hisob- varaqning debetida va 163 «Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi bilan hisob-kitoblar» analitik hisobvaraqning kreditida aks ettiri- ladi. O‘tkazib berilgan badallar summalari esa 163 «Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi bilan hisob-kitoblar» analitik hisob- varaq debetida va tegishli pul mablag‘larini hisobga oluvchi analitik hisobvaraqlar kreditida aks ettiriladi.
Qonunchilikka muvofiq sotilgan mahsulot (ish, xizmat)larning haqiqatdagi hajmidan hisoblangan ajratmalar 163 «Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi bilan hisob-kitoblar» analitik hisob- varaqning kreditida va 211 «Davr xarajatlari» analitik hisob- varag‘ining debetida, o‘tkazib berilgan ajratma summalari esa 163 «Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi bilan hisob-kitoblar» analitik hisobvaraqning debetida va tegishli pul mablag‘larini hisobga oluvchi analitik hisobvaraqlar kreditida aks ettiriladi.
Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi hisobidan amalga oshiriladigan Davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha to‘lovlar va boshqa to‘lovlar hisoblanganda 163 «Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi bilan hisob-kitoblar» analitik hisobvaraqning debetida va 171 «Xodimlar bilan ijtimoiy nafaqalar bo‘yicha hisob-kitoblar» analitik hisobvaraqning kreditida aks ettiriladi. Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limlaridan budjet tashkilot hisobvarag‘iga kelib tushgan summalarga pul mab- lag‘larini hisobga oluvchi tegishli analitik hisobvaraqlar debetlanadi va 163 «Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi bilan hisob- kitoblar» analitik hisobvaraq kreditlanadi.
Analitik hisob budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi hisobidan amalga oshiriladigan to‘lovlami oluvchilar bo‘yicha alohida holda yuritiladi.
|
| |