Deponentlangan to‘lovlar bo‘yicha hisob-kitoblar




Download 1 Mb.
bet78/99
Sana29.05.2024
Hajmi1 Mb.
#256546
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   99
Bog'liq
Atamurodov

Deponentlangan to‘lovlar bo‘yicha hisob-kitoblar

Budjet tashkiloti hisobvaraqlar rejasining 177 «Deponentlangan to‘lovlar bo‘yicha hisob-kitoblar» analitik hisobvarag‘ida belgi- langan muddat ichida olinmagan ish haqi, stipendiyalar va boshqa to‘lovlarga doir summalar hisobi yuritiladi.
Belgilangan muddat ichida olinmagan ish haqi, stipendiyalar va boshqa to‘lovlarga doir summalar 177 «Deponentlangan to‘lovlar bo‘yicha hisob-kitoblar» analitik hisobvaraqning kreditiga va 171 «Xodimlar bilan ijtimoiy nafaqalar bo‘yicha hisob-kitoblar», 173 «Xodimlar bilan mehnatga haq to‘lash bo‘yicha hisob-kitoblar», 174 «Stipendiya oluvchilar bilan hisob-kitoblar» va boshqa tegishli analitik hisobvaraqlarning debetiga yoziladi. Bunda, hisobvaraqqa topshirilgan mablag‘lar summasiga pul mablag‘larini hisobga oluvchi tegishli analitik hisobvaraqlar debetlanadi hamda 120 «Milliy valutadagi naqd pul mablag‘lari» analitik hisobvaraq kreditlanadi.
To‘langan deponent qarzlar summasiga «Deponentlangan to‘lovlar bo‘yicha hisob-kitoblar» analitik hisobvaraq debetlanadi va 120 «Milliy valutadagi naqd pul mablag‘lari» yoki 172 «Hisobdor shaxslar bilan hisob-kitoblar» analitik hisobvaraqlar kreditlanadi.
Shuningdek, da’vo muddati o‘tib ketgan va tegishli budjet daromadiga o‘tkazilishi lozim bo‘lgan budjet mablag‘lari bo‘yicha yuzaga kelgan deponent qarzlar summasi 177 «Deponentlangan to‘lovlar bo‘yicha hisob-kitoblar» analitik hisobvaraqning debetiga yoziladi, bunda 160 «Budjetga to‘lovlar bo‘yicha budjet bilan hisob- kitoblar» analitik hisobvaraq kreditlanadi.
Da’vo qilish muddati tugagan budjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha yuzaga kelgan deponent qarzlar tegishli budjetdan tash- qari mablag‘larning daromadlarida aks ettiriladi. Bunda, 177 «Deponentlangan to‘lovlar bo‘yicha hisob-kitoblar» analitik hisob- varaq debetlanadi va budjetdan tashqari daromadlarni hisobga oluvchi 242, 252, 262 va 272 analitik hisobvaraqlarning tegishlisi kreditlanadi.
Ish haqi va stipendiyalar bo‘yicha deponentga o‘tkazilgan summalarning hisobi 441-son shakldagi deponent qilingan ish haqi va stipendiyalarning analitik hisobi bo‘yicha daftarda (22-jadval) yuritiladi.
22-jadval

Download 1 Mb.
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   99




Download 1 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Deponentlangan to‘lovlar bo‘yicha hisob-kitoblar

Download 1 Mb.